Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Borliq va yo‘qlik
Borliq tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu yo‘qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo‘qlik tushunchasi esa o‘sha joyda nimaningdir mavjud emasligini anglatib, «nima»ning aksi bo‘lgan «hyech nima»ni aks ettiradi. Borliq, yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo‘lib, muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbatan muayyan sifatiy holda mavjud bo‘lgan yaxlit ob'ektiv va sub'ektiv reallikni o‘ziga qamrab oladi. Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qaerdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo potensial borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur'ati (tempi) va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqyelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya'ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir. Olingan individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo, uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma'noda nisbiy mazmun kasb etadi. Yo‘qlik(hyech nima)ni gnoseologik ma'noda ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan ob'ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqyelikning muayyan joyida ma'lum bir sinfga mansub ob'ektlar, ularning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Masalan, fizik vakuumda bizga ma'lum bo‘lgan biror fizik ob'ekt uchramaydi. Aslida, u joyda ham biz hali bilmaydigan shakldagi gipotetik olamlar va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. O‘tgan asrlarda elektromagnit maydoni, ko‘pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yo‘q edi. Aniqrog‘i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun «yo‘qlik» hisoblanar edi. Mana shunga «borliq va yo‘qlikni gnoseologik tushunish» deyiladi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling