Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Materiya (modda) falsafa va tabiiyotshunoslikning kategoriyasi sifatida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
1-§. Materiya (modda) falsafa va tabiiyotshunoslikning kategoriyasi sifatida
Kishilar dastlab voqyelikning moddiy shakllariga duch keladilar. Ilk materializm tarafdorlari olamda hamma narsaning boshida turgan va hamma narsalarni keltirib chiqargan, hamma narsaning tarkibiga kiruvchi bosh sabab «pramateriya»ni, ya'ni materiyaning bobokalonini izlashgan. R.Dekartning fikricha, bunday «pramateriya» rolini efir egallaydi. Sharq falsafasida materiya dunyoning asosida yotuvchi moddiy sabab, ilohiy sababning hosilasi sifatida qaraladi. Al-Kindiy fikricha materiya Allohning amri bilan yo‘qdan bunyod bo‘lgan302. Forobiy, Ibn Sino, Tusiy va boshqalar materiyani har doim bo‘lgan (daxr - mangu) deb hisoblagan. Islom falsafasida mangulik sifati faqatgina Allohgagina xos sifatdir deb hisoblanadi. Jism, modda o‘tkinchidir. Bir payt paydo bo‘ladi va boshqa paytda yo‘qoladi. Ruh yaratilgan, ammo u abadiy yashaydi deb talqin etiladi. Shu sababli islom falsafasida materiyaning manguligini isbotlashga urinuvchi faylasuflarni daxriylar (daxr - mangulik) deb atashgan. Materiya moddiy ob'ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ayrim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgilarni aks ettiruvchi abstraksiyadir. Shunga o‘xshash materiya tushunchasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob'ektiv reallikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya ongdan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqyeligi, moddiy voqyelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob'ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir. Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta'limotning asosiy tomonlari quyidagilardan iboratdir: - materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish; - materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning ob'ektivligini tan olish; - materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyusiyasini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling