12-13-AMALIY MASHG’ULOT: Fe’l so‘z turkumi sifatida.Fe’llarning nisbat kategoriyasi.Fe’llarning mayl kategoriyasi.Fe’llarning zamon kategoriyasi. Fe’llarning shaxs-son kategoriyasi.Fe’lning vazifadosh shakllari.
Sifatdosh, harakat nomi.Fe’lning yasalishi. Fe’lning modal shakllari va tuzilish jihatdan turlari. 4-soat.
Mashg’ulotning borishi:
Asosiy anglash bosqichi.
Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi:
Mualliflar R. Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyevlarning “Ona tilidan” mashqlar to‘plami kitobidan quyidagi mashqlar bajariladi
223-mashq. O‘qing, o‘timli va o‘timsiz fe’llarni topib, ma’nolaridagi farqni tushuntiring. Avval o‘timli, keyin o‘timsiz fe’llar ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
SHu o‘rinda olis zamonlarda o‘tgan ajdodimiz SHiroqning Vatan yo‘lidagi buyuk fidokorligi yodimga tushadi. Biz bu odamning oddiy cho‘pon bo‘lganini bilamiz, xolos. Uning o‘zi qanaqa odam bo‘lgan, yoshmi, keksami, bola-chaqalari bo‘lganmi-yo‘qmi ekanidan butunlay bexabarmiz. Lekin shuni aniq aytish mumkinki, u biror maktabda o‘qib, xat-savod chiqarmagan bo‘lsa kerak. Yana shunisi aniqki, u televizor ko‘rmagan, radio eshitmagan, gazeta o‘qimagan. Binobarin, Vatanni sevish, unga jon fido qilish kerakligi haqidagi xitoblar-u siyqasi chiqqan balandparvoz chaqiriqlarni eshitmagan. Lekin yurtiga bostirib kelgan yovni sahroga olib borib adashtirib kelishga qaror qilganida, sahrodan o‘zining ham sog‘ qaytib kelmasligini yaxshi bilgan. Demak, ona-Vatanini yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan. (O. SHarafiddinov)
224-mashq. O‘qing. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni aniqlab, o‘timli-o‘timsizlik qanday usul bilan ifodalanganini tushuntiring.
Hayajondan Yo‘lchining yuragi, sandonga tushgan og‘ir bolg‘aday, ko‘krakni "gurs-gurs" urmoqda edi. ...Alamli va yarali ko‘ngillardan ro‘yi-rost otilib, havoni yangratgan haqiqat ovozi uning butun vujudini titratdi, mazlumlarning, haqoratlanganlarning, tepkilanganlarning ulug‘, azamat kuni tug‘ilganiga shubha qolmadi. Qanday kun? Zolimlarning, zamon zo‘ravonlarining yoqalarini tutib, toptalgan huquqlarini dovlash, qonxo‘r oq podshohning qora dovrug‘ini, uning mazlum xalqlar boshida jilpanglagan ilon qamchinini sindirish kuni! Yo‘lchi ko‘pdan kutgan va sevgisi qadar chuqur, ma’noli bir kun! U ko‘p yillardan buyon bu kunga intizor emasmidi? Ko‘p yillardan buyon bu kunning dardi va sevgisi bilan yashamasmidi? Ayniqsa, keyingi vaqtlarda bu ulug‘ kunning ruhini o‘z yuragi bilan chuqur sezib, har yerda: mahallada, choyxonada, bozorda o‘zi kabi ezilganlar, alamdiydalarning ko‘kragini bu ruhning otashi bilan yondirishga intilmaganmidi? (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |