Amaliy mashg’ulot: Fe’l so‘z turkumi sifatida. Fe’llarning nisbat kategoriyasi. Fe’llarning mayl kategoriyasi. Fe’llarning zamon kategoriyasi. Fe’llarning shaxs-son kategoriyasi. Fe’lning vazifadosh shakllari


Download 32.17 Kb.
bet8/10
Sana01.03.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1238628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-амалий

252-mashq. O‘qing, buyruq-istak mayli shaklida qo‘llangan fe’llarni topib, shaxs-sonini izohlang.
1. Ulug‘ ishingizni aslo tashlamang! Siz yaratgan «Xamsa» san’at olamida chinakam mo‘’jiza bo‘ldi. SHu bilan qanoatlanib qolmang. O‘z ona tilingizda bitgan g‘azallaringizni bir necha devonga to‘plagansiz; shularni bir-biridan ajrating va har qaysisini o‘ziga munosib nom bilan bezang. (L. Batь.) 2. Sizlarning shu yerda yuqori hosil olishingiz — to‘qayni o‘zlashtirish bilan barobar, iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo‘linglar. Oltin yerimizni ko‘z qorachig‘iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. (H. G‘.) 3. Qizim, baxtli ekansanki, ...paxtakorlik yo‘liga kiribsan. Bu yo‘ldan zinhor-zinhor toyma, yildan-yilga naxtani ko‘paytiraver. Bizning mashinalarimiz tolasi uzun-uzun, birinchi sort paxtani yaxshi ko‘radi. Buniyam unutma. (O.) 4. Kel ipakday sochlaringga men Nurdan lenta yasab taqayin. (Mirm.) 5. Mingdan ortiq xaridor... Biri deydi: «Yuz jiyron — Sovg‘a qilay, ol, jiyan!» Boshqasi der: «Ming bosh qo‘y — Beray qilgin katta to‘y!» Yana biri der: «Do‘stim, Ol qirqta suvsar po‘stin. Faqat oting ber menga!» Ovchi unga der: «Nega?» (Q. H.)
253-mashq. O‘qing. Shart mayli shaklidagi fe’llarni topib, yasalishi va tuslanishi, zamon ifodalash xususiyatini tushuntiring.
1. Xayol bilan bo‘lib ko‘chaga chiqayotsam, eshik oldida sariq fufayka kiygan, kulcha yuzli notanish bir qiz ro‘para bo‘ldi. (O. Husanov.) 2. Sen hayqirsang ko‘pirib, g‘uncha tabassum etar, Bulbul qo‘shig‘i bilan bo‘ston jaranglab ketar. (S. Nazar.) 3. Kimga kulib boqsa quyoshli davron, Saodat o‘lkasi bo‘lsa diyori, Bo‘lmas yuragida zarracha armon, Yashnar menikiday ko‘ngil bahori. (S. Nazar.) 5. Kiyintirsam seni bahorga, Yulduzlarni o‘rasam qorga, Olib kelib oldingga qo‘ysam, Ham yulduzni, ham seni suysam... SHunda sening ko‘ngling to‘lurmu? (H. O.)
10-mаshq. Xаbаr vа buyruq-istаk mаylidаgi fe’llаrni аniqlаb, mа’nolаrini izohlаb yozing.
1. Boygа аytаmаn, nаsihаt qilsin, yo‘lgа solsin...(O.) 2. Tolibjon gаpning mа’nosini dаrrov tushundi. (S.Аhm.) 3. – E, ko‘zingni och, bolа, kim nimа desа ishonаverаsаnmi! (S.Аhm.) 4. Buyur,
nimа hunаr ko‘rsаtаy? (G‘.G‘.) 5. – Bo‘lmаsа, qo‘rqit, cho‘chit, bu hunаrni qilmаsin. (G‘.G‘.) 6. – Qаytinglаr! – deb bаqirdi Zelixon, so‘ng Selimgа o‘girildi. – Kimligimni bilаsаn, а? (T.Mаlik) 7.
Kelsа, ungа аyt, аlbаttа mengа uchrаsin. (O.) 8. Qosimovаgа аyting, shu bugunoq ishgа kirishsin.(T.Mаlik) 9. O‘rdаdаn o‘tgаndа dаrаxtlаrni, uylаrni xirа nur yoritdi: engil bulutlаr orаsidаn
bir pаrchа kumushi ko‘rinib qoldi.(O.)

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling