Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet98/235
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#216220
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

Akademik maktab. Bu maktabning tashabbuskori va yorqin vakili Nisi Amane (1826-1894) edi. Nisi Amane yapon falsafiy istilohlarini (tushunchalarini) ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shdi. Fransuz tilidan tarjima qilish chog‘ida u birinchi bo‘lib tesugaku – «falsafa» atamasini qo‘lladi va bu bilan uni ilmiy iste'molga olib kirdi; falsafiy tushunchalar bo‘lgan «moddiylik», «g‘oyaviylik» talqinini berdi; sintriruhshunoslik qonunlari, butsuri – tabiat qonunlari tushunchalarini ilmiy amaliyotga kiritdi. Uning «Ruh ma'rifati» (1844) nomli asari Yaponiyada mantiq bo‘yicha birinchi kitob edi.

Umuman olganda Nisi Amane Kont va Millning pozitivizmi nuqtai nazarida turadi. «Men tayanadigan narsa, bu xitoycha konfutsiychilik yoki g‘ayritabiiy ta'limot bo‘lgan hindcha dzen-buddaviylik, hamda moddiyunchilarning ta'limoti emas. Men materializm usulidan butunlay farq qiladigan Kontning pozitivizmidan kelib chiqaman va zamonamizning mashhur olimi ingliz Dj.S. Millning induktiv usuliga tayanama»267.

Nisi Amane uchun tabiatning barcha hodisalarini ilm-fan asosida bilib olish mumkin. Shuning uchun uni Xudo orqali tushuntirishning barcha zaruriyati puchga chiqadi. Uning Xudo haqidagi tasavvuri deizm doirasiga joylashadi: Xudo - oxirgi sabab bo‘lib, odamlar va ayniqsa tabiat ishiga aralashmaydi. Olim konfutsiychilik, buddaviylik va xristianlikni Yangi zamon tabiatshunosligiga qanchalik darajada qarama-qarshi bo‘lsa, shunchalik jihatdan tanqid qiladi.

Kioto maktabi. Maktab asoschisi Nisida Kitaro (1870-1895) Kioto universitetidan chiqqan bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z fikriga ega bo‘lgan birinchi yapon faylasufi sifatida tan olingan. Mutafakkir yapon jamiyati oldida paydo bo‘lgan ikkidan birini (dilemma) tanlash, ya'ni g‘arb fani va texnologiyasi qo‘lga kiritgan yutuqlarni qabul qilish va an'anaviy madaniy qadriyatlarni saqlab qolishni anglash masalasida katta hissa qo‘shdi.

Nisida fani qadriyatlar o‘lchovidan ozod qiluvchi, ilmiy g‘arbcha (ssentik) yondoshishni qabul qilib bo‘lmaydigan narsa deb hisobladi. Fan, axloq, din va san'at o‘rtasidagi tafovutni u tashqi jihat sifatida qarab, ularni birlashtiruvchi asosni ifodalashga harakat qildi.



Dzen-buddaviylik e'tiqodida bo‘lgan Nisida bu ta'limotni g‘arb an'anasi bilan ko‘shishga harakat qilib, Hyegel, Roys, Djems, Dyui, Bergson va boshqalarning ijodiga murojaat qildi. Uning falsafasidagi markaziy tushuncha (Djeymsdan iqtibos qilingan) «sof tajriba» edi. «Sof tajriba» ob'ekt ham, sub'ekt ham emas, balki «qandaydir tub ayniyatning, ilohiy mutlaq ibtido» ning namoyon bo‘lishidir»268. Bundan oldingi sub'ekt-ob'ektli ajratishda u mutlaq voqyeylik- hyech nima (ni chto) edi. Ushbu voqyeylik meditatsiya (karaxtlik) jarayonidagi barq urush – satori asnosi natijasida bilib olinishi mumkin. Bu «hyechnimadan» Nisida bilish, axloq va din tizimini yoritadi. Nisidadagi diniy yondashish «haqiqiy men»ni va uning voqyeylikka nisbatan munosabatini tan olishdan iboratdir. Diniy ong umumiy va har tomonlamadir. «Ego»ning tabiatini bilish esa, ushbu ong oldida ko‘ndalang turgan vazifalardan biridir. Nisida shunday xulosaga keladiki, Xudo va haqiqiy «Men» bir xildir. Har bir odamda Buddaning tabiati mavjuddir269.

Tanabe Madjima (1885-1962) –Nisidaning universitetdagi hamkasbi va uning maslakdoshi edi. Madjima Nisida sistemasini ijtimoiy masalalarga yaqinlashtirishga harakat qildi. Uning fikricha, shaxs ijtimoiy va siyosiy tuzilish vositasidan boshqa yo‘l bilan Mutlaq bilan o‘zaro hamkorlik qila olmaydi. Davlatchilik borliqning markazi, muayyanlikning aksariyati bo‘lib, unga shaxs va insonning majhulligi bo‘ysunishi lozim. Ammo 2-nchi jahon urushining oxirida Madjima shuni tan olishga majbur bo‘ldiki, davlat qabohat markazi ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun davlat g‘oyasi «mutlaq inkor etish» ga duchor bo‘lishi zarur»270.

Dayseku Teytaro Sudzuki (1870-1966) – mashhur yapon faylasufi bo‘lib, «Dzen-buddaviylik mavzusidagi esse», «Xristianlik va buddaviylikda tistika» kitoblarining muallifidir. U o‘zining asarlarida Sharq va G‘arb falsafiy an'analarining qiyosiy tahlilini beradi. G‘arb falsafasi vakillaridan farqli o‘laroq, Sudzuki zamon, makon va konseptual talqinining qabul qilmaydi. Uning fikricha, voqyeylik o‘zining mohiyatiga ko‘ra dualistik emas, u qandaydir stereotiplar doirasidan tashqarida joylashgan. Bu voqyeylikni tushunish satori, ya'ni birdan fikr aql ravshanlanish orqali sodir bo‘lishi mumkinki, unga faqat tajriba va ichki tuyg‘u orqali yetishiladi. Satorining bosh xususiyatini u qo‘qisdanligi, deb hisoblaydi. U bexosdan, vaqt hissini yo‘qotish asnosida ro‘y beradi. Shunday qilib, satori zamondan tashqarida bo‘lgan voqyeylikni bir lahzalik anglab yetish sifatida qarab chiqiladi. Vaqt to‘xtab qoladi va inson abadiylikka daxldor bo‘ladi271.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling