Aleksandr Arkadivich Faynberg hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati


Download 21.93 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi21.93 Kb.
#1448792
Bog'liq
F.ARKADOVICH


Aleksandr Arkadivich Faynberg hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati
Ibroximov Nodirbek Maxmudjon o’g’li
O’zbekiston davlat johon tillar universitetining 2-bosqich talabasi
Email: nodirbekibrohimov740@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqola o’zbek va rus adabiyotining yorqin vakili Aleksandr Faynberg merosining barcha jihatlarini qamrab olib. Shoir ijodida olg’a surilgan g’oyalarni o’quvchilarga yetkazib berish va bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berish maqsadida ijodkor hayoti va ijodiga murojat qilinadi.
Kalit so’zlar: Vatanga muhabbat, madaniy meros, samimiylik, millarlar aro hamjihatlik, insoniylik, milliylik, baynalmilallik
KIRISH
Adabiyot sohasi shunchalar keng va bepayonki unda har bir nihol o’sib unib bir kun kelib o’z mevasini beradi. Har bir yo’nalishida o’z hosilini beradi.Shunday keng va bepayon olamda ulg’aygan va ikki xalqni: rus va o’zbek xalqlari kitobxonlari orasida o’z ijodi bilan o’rin olgan sevimli O’zbek va rus yozuvchi Aleksandr Faynberg.Shoir o’z sherlari orqali qalblarni tubida saqlangan tuyg’ularni larzaga keltiradigan samimiyatni yaqqol aks ettirishi bilan kitobxonlarni sevimli yozuvchisiga aylangan.

Aleksandr Faynberg 1939-yil 2-noyabr kuni Toshkentning Jukoviskiy mahallasida tavallud topgan. Shoir Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shu bilan bir qatorda Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo’lib ham faoliyat yurutgan.Shu tariqa uning asarlari dunyo yuzini ko’ra boshladi. Aleksandr Faynberg rus shoiri O’zbekiston xalq shoiri , O’zbekiston shoirlari osmonida shubhasiz eng yorqin yulduzlardan biridir. U 15 ta she’riy kitoblar muallifi hisoblanadi. Shuningdek uning senariylari asosida 4 ta metrajli badiiy film suratga olinadi.Bundan tashqari shoirning senariysi assosida “O’zbekfilm” kino studiyasida “ Mening akam” “Jazirama oftob tagida” “Qandaharda toblanganlar” asarlari, “Tojikfilm” kinostudiyasida “ Jinoyatchi va oqlovchilar” va boshqa filmlari suratga olingan. Faynberg senariysi asosida 20ga yaqin multifilmlar yaratilgan. Unin asar va she’rlari Kanada va Izroil kabi xorijiy mamlakatlarning vaqtli matbuotlarida chop etiladi.


Aleksandr Faynberg katta tarjimon . u rusiy zabon kitobxonlarga ko’plab o’zbek shoirlaring ochib bergan.Taniqli shoirning ozbek tiliga o’girilgan she’rlari “Chig’ir” kitobida o’quvchilar qo’liga yetib keldi. Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjimalr tashkil qiladi. O’zbek she’riyatining mukammal bo’lgan shoir Navoiy g’azallari , E.Vohidov, Abdulla Oripov . Omon Matjon va boshqa o’zbek shoirlarining she’r va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan.Toshkentda A.Oripov , Xosiyat Rustamova, Sirojiddin Said, Omon Matjon she’rlari jamlangan “Oq qushlar galasi” to’plami nashrdan chiqqan.
Faynbergning lirik qahramoni tarixiy ijtimoiy silsilar asrida o’zining insoniy mohiyatini to’la saqlab qolgan , o’zgaga mehr , shavqat va madad qo’lini uzatishga tayyor bo’gan insoniy sifatlarni mahorat bilan tasvirlab bergan. Shoir O’zbekistonni ona vatanim deya jondon ortiq sevdi. Ona deya ardoqlagan vataniga mehr-u muhabbat , shukronalik tuyg’ularini izhor etishdan tolmaydi. She’rlari nasriy asarlari O’zbekistonning Jannat makon manzaralarini , xalqimizning milliy urf-odatlarini, yuksak madaniyati va manaviyatini tasvirladi. Tasvirlaganda ham samimiy, yurakni jiz etadigan muhabbat harorati ila jonli va hayotiy ifodalanadi. Shoirning ijodi sermahsul va keng ko’lamli.
O’zbekiston xalq shoiri, Kinomatografiya uyushmasi a’zosi Aleksandr Faynberg Rossiya prezidenti tomonidan O’zbekiston O’rtasidagi madaniy aloqalarga munosib hissa qo’shganligi uchun Pushkin medali bilan taqdirlandi. Prezidentimizning tashabbusi bilan yangidan bunyod etilgan adiblar xiyobonida mumtoz va zamonaviy adiblarning ulug’ namayondalari qatorids Aleksandr Faynberg haykali ham o’rnatildi.
XULOSA
Shoirning ijodi keng ko’lamli va sermahsul. Uning she’rlarida rang baranglik , falsafiy teranlik tuyg’lari yorqin aks etib turadi.Shoir so’zni chuqur his etadi, bu hisga o’quvchini ham hamroh qiladi. U O’zbekistonda yashadi, ijod qildi, bu yurtning havosi , osmoni , tuprog’i, eli bir so’z bilan aytganda , butun borlig’I shoirga she’r qadar, qalb qadar aziz bo’lib ulgurgan edi. Shoir o’zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan, o’zining betakror asarlarida el-u yurtimzni yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etgan noyob iste’dod egalaridan biri edi. Shoir o’zidan o’chmas va tuganmas asarlarini meros qilib qoldirdi. Uning sheʼriyatidagi jozibasi juda turlicha feʼl-atvor, qarashlar va turli yoshdagi odamlarning qalbini zabt etdi. Aleksand Faynberg ijodi istiqlol ruhi maqsadlari bilan yog’ringarligi, millat mafaati uchun hizmat qilganligini anglatadi.Shunday o’g’ir davrda O’zbekistonning, o’zbek xalqining matonati va mehribonligini takror-takror madh etadi. U paytda hamma o’z jonini qutqarishni o’ylar, lekin odamgarchiligi baland o’zbeklar boshiga musibat tushgan millatlarni o’z bag’riga olib, boshini silaganini she’larida cheksiz minnadorlik tuug’usini qaynoq mehr bilan e’tirof etdi.O’zining yeb turgn nonini boshqalar bilan baham ko’rgan , madadga muhtojlarning jonini saqlab qolgan millatga boshi yerga tekkudek tazim qilib, rahmat aytdi. Shoir bor vujudi bilan his qilgan tuyg’ularini qog’ozga tushirdiva oz tuyg’ularini kitobxonlar bilan baham ko’rdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

  2. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

  3. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-she-riyati/aleksandr-faynberg-1939-2009

  4. https://arm.samdchti.uz/library/book_view/692

  5. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasiga

Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling