Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Borliqqa yondashuvning asosiy konsepsiyalari
Download 1.79 Mb.
|
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BORLIQNING MAVJUDLIK USULLARI VA ShAKLLARI (HARAKAT, FAZO, VAQT) 1-§. Harakat – borliqning asosiy mavjudlik usuli Harakat
3-§. Borliqqa yondashuvning asosiy konsepsiyalari
Monizm (yunon. monos - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma'naviy, ilohiy substansiya yotadi deyishadi. Dualizm (lot.dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma'naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan, uning fikricha, dunyoning asosida materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol, aktiv, yaratuvchan negizdir. Plyuralizm (lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma'naviy, g‘oyaviy substansiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan, Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, dunyoning asosida ko‘plab ham moddiy, ham ma'naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu elementlar atomlar, Leybnitsda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plyuralistlar ham bor. 2-bob. BORLIQNING MAVJUDLIK USULLARI VA ShAKLLARI (HARAKAT, FAZO, VAQT) 1-§. Harakat – borliqning asosiy mavjudlik usuli Harakat Borliqning mavjudligi undagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o‘zgarish bo‘lmasa, borliqning bor yoki yo‘qligi noma'lumligicha qolardi. Har qanday o‘zgarish - harakatdir. O‘zgarishlar na faqat moddiy ob'ektlarga, balki ma'naviy, g‘oyaviy ob'ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g‘oyaviy) ob'ektning mavjudligi undagi harakat va o‘zgarishlar tufayli namoyon bo‘ladi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta'riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma'naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir. Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo‘lib, uning manbai tashqi ta'sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil konsepsiyalarni ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Ioniya maktabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning yo‘qligini o‘zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi mashhur aporiya (yunon. aporia - ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo‘qligini isbotlashga uringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib yetdi. Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash mumkinligini ta'kidlagan. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling