Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Jamiyat: turli talqinlar
Download 1.79 Mb.
|
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar
2-§. Jamiyat: turli talqinlar
Jamiyat nimadan iborat degan masala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoqda. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuyuladi: jamiyat – bu odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon qoniqtirmay qo‘ygan. Axir, uyni oladigan bo‘lsak, bu shunchaki g‘ishtlarning yig‘indisi emas-ku. Bunda nima hammadan muhimroq? Tarqoq elementlarni birbutun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va o‘zaro ta'sirlar muhimdir. G.A.Sorokinning fikricha, «jamiyat mavjud bo‘lishi uchun hyech bo‘lmasa ikki kishi bo‘lishi va ular bir-birlari bilan o‘zaro ta'sir bog‘lanishida bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu eng oddiy jamiyatning ko‘rinishidir...»360. Shuni aniq aytish mumkinki, ijtimoiy aloqalarning mohiyatini aniqlash va tushuntirib berish – jamiyat falsafasining asosiy vazifasidir. Aflotunning fikricha, jamiyat odamlarning ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Arastu uni «tabiatning hosilasi», o‘rta asr falsafasi – Alloh yaratgan degan fikrni olg‘a suradi. Forobiy jamiyatning paydo bo‘lishini teleologiya oldindan belgilangan maqsadga muvofiq nuqtai nazardan tushuntiradi – jamiyat odamlarning komillikka erishishi uchun zarur, deb hisoblaydi. Yangi davrda «hammaning hammaga qarshi» urushining oldini olish maqsadida ijtimoiy shartnoma nazariyasi (T.Gobbs, J.Lokk,B.Spinoza, J.-J.Russo va b.) rivojlandi. Ularning fikricha, odamlar bitim tuzib, o‘zini-o‘zi saqlab qolish uchun qonunlarga bo‘ysuna boshladilar. Yangi davr mutafakkirlari kishilarning jamoa bo‘lib birlashishlarining asosi haqida so‘z yuritib, shunday variantlarni ilgari surdilarki, ular jamoa tasavvurlarining umumiyligi (E.Dyurkgeym), ijtimoiy ta'sirlar (Veber), me'yor va qadriyatlar umumiyligi (T.Parsons, R.Merton), ijtimoiy institutlar va tashkilotlar (T.Bottomor; S.Lipset) va boshqalardan iborat. Quyida biz jamiyatga oid turlicha talqinlar: diniy, idealistik, materialistik, talqinlarni ko‘rib chiqamiz Har qanday diniy ta'limot jamiyat, uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi o‘z talqinini berishga harakat qiladi. Buddaviylik ijtimoiy hayotning har qanday ko‘rinishlaridan voz kechishni, uzlatga chekinib, nirvanaga cho‘mishga (maxsus holatga kirishga) da'vat qiladi. Lekin bunday xulosa faqat budda matnlari tahlil etilganda chiqadi. Buddizm bilan yaqindan tanishish shuni ko‘rsatadiki, buddizm tarafdorlari uchun nirvanaga intilish «boylik, yuqori martaba va ijtimoiy kelishuv istagi bilan »361 muvaffaqiyatli tarzda uyg‘unlashib ketadi. Konfutsiylik tarafdorlarining fikricha, yerdagi dunyo osmon obrazi va unga o‘xshatib yaratilgan bo‘lib, unga hyech qanday qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi kerak emas. Ijtimoiy hayotning asosiy prinsiplari (Konfutsiy fikri bo‘yicha): a) davlat boshlig‘iga sodiqlik; b) yuqoridagilarga hurmat; v) burchga sodiqlik va boshqalar. Konfutsiylik, bir tomondan inson va jamiyatni turli to‘qnashuvlardan himoya qilishga, ikkinchi tomondan, insonni aniq, konkret ijtimoiy ideallarga erishishga yullovchi an'analar, urf-odatlarni saqlab qolishni tashviqot qiladi. Konfutsiylikning ijtimoiy rivojlanishdagi asosiy qoida (postulat)laridan biri – zo‘ravonlik qilmaslik bo‘lib, bunda qadimgi Xitoy madaniyatining va buddaviylikning mafkuraviy ta'siri ko‘rinib turadi. Hinduviylik ijtimoiy tasavvurlarida o‘rnatilgan tartibning ierarxiyaga asoslanganligi va mustahkamligi g‘oyasi ustun turadi: jamiyatning hammasi kastalarga bo‘linganligi, ular o‘rtasidagi chegaralar qattiq saqlanishi darkor. Amalda bu narsa kastalar o‘rtasidagi ziddiyatlar va dushmanliklarga, «past» kastalarning kamsitilishiga, qadimiy ijtimoiy voqyeliklarning saqlanib qolishiga olib keladi. Hinduviylik ijtimoiy va shaxsiy hayot sohasidagi ta'qiqlar va cheklashlarning buzilishiga qarshi turadi. Uning uchun taraqqiyot g‘oyasi yotdir. Hindistonning ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlari (ayniqsa M. Gandi, R.Tagor) eng avvalo hinduviylikni uning inson va jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini isloh qilish maqsadida ko‘p kuch sarfladilar. Iudaizmdagi ijtimoiy muammoning o‘ziga xosligi yahudiylarga ko‘p asrlar davomida boshqa sotsium jamoalaridan alohida ajratilgan holatda yashashga to‘g‘ri kelganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham iudaizmning ijtimoiy muammosi oila va jamoa doirasi bilan chegaralangandir. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ko‘plab ijtimoiy qadriyatlar o‘zgarib ketadi. Masalan, kambag‘allarga yordam berish (filantropik) ahamiyatga ega bo‘lib, jamoaning gullab-yashnashi uchun xizmat qilish esa keng ijtimoiy faoliyat sifatida qo‘llab-quvvatlanadi. Iudeylar atrofdagi olamni, butun jamiyatni dushman deb qabul qilishdan voz kechishdi. «Yo bor urf-odatlar kuchiga qarshi turish va o‘zi uchun yangi, yanada kengroq dunyoni kashf qilish, yoki an'anaviy, traditsion haqiqat va odatlarga xavf soluvchi omil deb qaraladigan zamonaviy yangi g‘oyalarga qarshi turish kerak»362,- degan muammo yuzaga kelganda ko‘pchilik yahudiylar kelishish yo‘lini afzal ko‘ra boshladilar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling