Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.79 Mb.
bet61/205
Sana18.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1560209
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205
Bog'liq
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar

Van Yanmin (1472-1529) Chju Sining zamondoshi va raqibi edi. Chju Sidan farqli o‘laroq, unda li bilan si o‘rtasida qirra uchiriladi. Lidunyoning, koinotning mohiyati bo‘lib «bizning yuragimizda» joylashgandir, yurak mohiyati esa – bu tug‘ma bilimlardir. Si - bu tug‘ma bilimlarning yoyilishidir. Li - bu shunday narsaki, sini taqozo etadi. Narsalar mohiyatini bilish bu tug‘ma bilimlarni aniqlashdir. Shunga muvofiq ravishda Van Yanmin o‘z-o‘zini bilish va tajribaga katta diqqat - e'tibor beradi. Agar Chju Si fikricha, o‘z-o‘zini takomillashtirish, illatlardan tuzalish vositasi sifatida lini tushunish bo‘lsa, Van Yanminda muhim narsa o‘zining hatti-harakatlari va fikrlarini tahlil qilishdir, ya'ni tug‘ma bilimlarni tushunib olishni o‘rganishdir. Agar Chju Sida bilim (lini bilish) faoliyatdan oldin kelsa, Van Yanminda bilim va faoliyatning birligi qoidadadir. Bu yerda buddaviylikning, hammadan avval Chan maktabining ta'siri seziladi.
Umuman konfutsiychilik daosizmning ko‘p g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Shu bilan birga yangi konfutsiychilik mukammal qoidaviy asosga ega. Shu sababdan ham u sezilarli darajada xitoy falsafasigagina emas, balki butun uzoq sharq falsafasiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
VII asrda Quriya Qirolligi Silla hukmronligi ostida birlashdi. Keyinchalik uning o‘rniga Kore sulolasi (918-1392) hokimiyat tepasiga keldiki, bu sulola davrida buddaviylik o‘zining eng gullab - yashnagan ravnaqiga erishdi. Ammo buddaviylik ibodatxonalari tomonidan yerlarning o‘zlashtirilishiga qarshi norozilik, konfutsiychilik va daosizm tomonidan bo‘lgan muxolifat, sulolaning almashishi, davlat mafkurasini ham almashishiga olib keldi.

Ilk Choson (XIV-XII asrlar) davrida yangi konfutsiychilik falsafasi. Li sulolasining (1392-1910) hokimiyat tepasiga kelishi bilan yangi konfutsiychilik Quriyada rasmiy mafkuraga aylandi. Yangi konfutsiychilik avval boshdanoq buddaviylikka nisbatan o‘z munosabatini ifodalashga urindi. Li Seka (1328-1396, «salimxakpxa» maktabi) uchun buddaviylik faqat siyosiy institut sifatida ma'qul emas edi. Ammo uning safdoshi Chon Mon Chju buddaviylikni siyosiy tanqidining o‘zi bilan chegaralanmay, buddaviylik yo‘lining o‘zini to‘g‘riligini shubha ostiga oldi.
«Kvanxakpxa» maktabining vakillari bo‘lgan Chon Do Chon (1337-1398) va Kvon Gыn (1352-1409) buddaviylikni keskin tanqid ostiga oldilar. Chon Do Chon buddaviylikning ruhlarning ko‘chib yurishi nazariyasini tanqid ostiga olib, badanning o‘lishi bilan ruhning ham o‘lishligini qayd etdi. U shuningdek, buddaviylikning bilish qoidasi bo‘lgan «o‘z-o‘zicha xayolga botmoq» ni ham rad etdi. Bilishni faylasuf «ashyolar bilan to‘qnashish va hatti - harakatlar tajribasiga» asoslangan narsa deb tushundi.


Legistlar maktabi Chon Gvan Cho (1482- 1519) nomi bilan bog‘liqdir. Legistlarning orzusi qonunlarga asoslangan markazlashgan davlat qurish edi. Chon Gvan Cho ta'limotida lozim bo‘lgan yo‘lni tasavvurini ifoda qiluvchi Do tushuncha muhim o‘rin tutadi. Do yo‘lidan borish har qanday insonga axloqiy kamolotga erishishi imkoniyatini beradi. Bunda axloqiy me'yorlarga rioya etilishini ta'minlaydigan o‘zaro nazoratni amalga oshiruvchi qishloqlardagi konfutsiancha jamoa katta rol o‘ynaydi. Chon Gvan Cho «axloqiy boshqarish» va «xalqqa muhabbat» ga asoslangan «shohona yo‘l» qoidasini ishlab chiqdi.
XV-XVI asrlarda moddiy ibtido bo‘lgan birlamchi kiga asoslangan maktablar paydo bo‘la boshladi. Bu Kim Si Sыp (1435-1493) va So Kyon Dok (Xvadama, 1489-1546) ta'limotlari edi. «Yugiron» maktabi keyingi faylasuf nomi bilan bog‘liqdir. So Kyon Dok mutlaq bo‘shliq sifatidagi yo‘qlikni rad etadi. Uning fikricha, dunyoviy makon moddiy bo‘lib cheksizdir va zamonda beintihodir. Moddiy javhardan tashqarida bo‘sh makon yo‘qdir: «Cheksiz makon to‘laligicha to‘ldirilgan va buning ustiga shunchalik jipski, unda hyech qanday o‘rta oraliq yo‘qdir»165.
Uni eng kichik va harakatdagi changga o‘xshash shaffof javhar bo‘lgan ki to‘ldirgan. U to‘xtovsiz ravishda o‘zgarishda (to‘planish va tarqalish) dir. U abadiydir, negaki, oxirigacha tarqalib ketmaydi. Tarqalib ketish «boshi va oxiri ham» bo‘lmagan shaffof va bo‘shliqki ko‘rinishidagi xududga ega. Shunday qilib, ki abadiyligining sababi uning o‘zidadir.
Bilish nazariyasini So Kyon Dok shunga asosida quradiki, bilimning kelib chiqish nuqtasi - ashyolarning o‘zi tajriba, kuzatish, mantiqiy fikrlash bilim asboblaridir. Mutafakkir ijodiy tafakkurga katta ahamiyat berib, olim kishi mumtoz matnlarni ijodiy tafakkur orqali bilib olishi lozim, deb hisoblaydi.


«Churipxa» maktabi Lining birlamchiligiga, ya'ni faollik qoidasi va qiyofa tashkil topishiga asoslanadi. Bu maktabning eng yirik vakili Li Xvan (Txvege, 1501-1570) edi. «Bid'atni fosh etish va haqiqatni sharaflash» chaqirig‘i unga taalluqli edi. Chjusianlikni himoya qilish nuqtai nazarida turgan Txvege, unga muxolifatda bo‘lgan barcha ta'limotlarni tanqid qildi.
Txvege nazaricha, li bilan ki o‘rtasida ajralmas aloqa mavjud. Ammo u yetakchilik o‘rnini li ga beradi. Faqat li gina ashyolar mohiyatini ifoda qiladi. Bilish ikki bosqichni bosib o‘tadi: tajribaviy (o‘z tajribasiga asoslanib ashyolarga yaqinlashish) va aqliy (ashyolarning li sini bilish).
Odamning biologik xususiyatlari haqidagi fanda (antropologiya) Txvege chjusianlik ta'limotining insonni «birinchi» va «ikkinchi» tabiati haqidagi aqidasiga mansubdir. «Birinchi tabiat» barcha kishilarga xos bo‘lsa, «ikkinchisi» ular o‘rtasidagi farqni shart qilib qo‘yadi. Kishilar «yuqori darajadagi donolar», «oddiy odamlar» va «johillar»ga bo‘linadilar. Birinchi toifadagilar ruhiy va hatti - harakat jihatidan «samoviy li» yo‘lidan boruvchilar bo‘lib, konfutsiychilik axloqi qonunlariga teng keladigan darajadagi mukammallik namunasidirlar; ikkinchi toifadagilar ruhan mukammallikka erishish zarurligini biladilar, ammo o‘zlarining amaliy hatti-harakatlarida buning uchun hyech narsa qilmaydilar; uchinchi toifadagilar «samoviy li» ni tushunmaydilar va unga ergashmaydilar. Li Xvan joylarda konfutsiychilik qoidalarini mujassamlashganligini nazorat qiluvchi qishloq jamoasi loyihasini ishlab chiqdi.

«Chugipxa» maktabi. Bu davrni xotimalashtiruvchi yangi konfutsiychilik falsafasining eng yirik vakili Li I (Yulgok, 1536-1584) edi. Li I Quriya falsafasining tayanch tushunchalarini dualistik ravishda talqin qilishdan kelib chiqadi: «li» va «ki» bir - birlaridan ajratilishi mumkin emas. Ular o‘rtasida oraliq yo‘q.
Bilish jarayoni uch bosqichdan tashkil topadi: quyi, o‘rta va oliy. Birinchi bosqich shunga o‘xshaydiki, biror odam boshqalardan tog‘ haqida eshitgan, ammo uni o‘zi ko‘rmagan. Ikkinchi bosqich «tog‘ni uzoqdan mushohada qilish»ga o‘xshaydi. Uchinchi bosqich toqqa chiqish bilan barobardir. Ammo bilish shu bilan tugamaydi. Hosil qilingan bilimlar haqiqatligini aniqlash uchun uni amalda tekshirishdan o‘tqazish lozim. Yulgokning siyosiy ta'limoti o‘sha zamonga xos bo‘lgan «qirollik yo‘li», «insonparvarona boshqaruv» va «xalqqa muhabbat» tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlarga asoslangan edi. Poraxo‘rlik va og‘ir soliqlar xalqqa yuk bo‘lib tushar edi. Insonning «yomon tabiati» emas, balki xalqning nochor ahvoli – isyon va jinoyatchiliklarning sababidir. Shuning uchun islohotlar o‘tkazish – zamon taqozosidir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling