Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.79 Mb.
|
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar
Ruhiy tahlil asoschisi mashhur avstriyalik ruhshunos va psixiatr Zigmund Freyd (1856-1939) dir. Freyd nuqtai nazaricha, insonning ruhiy kayfiyati uch qatlamdan tashkil topgandir. Men (ego), U (id) va Mendan yuqori turuvchi (super-ego). Men – bu ongning sohasi bo‘lib, faqat ruhning arzimas oz qismini (aysberg tepasini) o‘zida mujassamlashtiradi. Freyd nuqtai nazaricha, inson hatti-harakati, intilishlari va xohishlari tagzaminida U - ya'ni ongsizlik yotadi. Biroq Menga Udan hamma narsa kelib o‘tmaydi. Bu o‘tish o‘ziga xos «tekshiruv»dan o‘tadi. Ijozat beruvchi maqom vazifasini o‘zida ijtimoiy madaniy taqiqlar va qat'iy burchga o‘zini majbur qiluvchi tizimini mujassamlashtiruvchi Mendan yuqori bo‘lgan narsa bajaradi. Bu axloqiy qoliplar, an'analar, taqiqlar va shunga o‘xshashlar bo‘lishi mumkin. «U-Men – Mendan Yuqori» tizimida Inson hatti-harakati tashkiliy jihatining uch saviyasi aks etgan: biologik (U), alohidalik – shaxsiy (Men) va ijtimoiy (Mendan Yuqori).
Id (U) lazzat qoidasiga tobedir. Boshqacha aytganda, bizning barcha ongsiz tamoyillarimiz lazzat olishga qaratilgan. Ammo ushbu tamoyillarni doimiy va nazoratsiz ravishda qondirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun Ego (Men) tashqi zaruriyat bilan hisoblashishga majbur bo‘lib, voqyeylik qoidasiga rioya qiladi. Mabodo, agar Ego voqyeylik bilan hisoblashmay, Id izidan borib Super –Ego o‘rnatgan majburiy burchlarni buzsa, u keyinchalik vijdon azobi, gunohkorlik hissi, ruhiy azoblanish ko‘rinishlaridagi jazolarga duchor bo‘ladi. Shunday qilib Id, Ego va Super Ego o‘rtasida murakkab qarama-qarshi vaziyat kelib chiqadi. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etishga qodir bo‘lgan «himoya mexanizmlari» vositasida: istaklarni ongsizlik sohasiga siqib chiqarish, sublimatsiya yo‘li bilan erishish mumkin. Sublimatsiyaning shakllaridan biri ijoddir208. Ushbu qarama - qarshiliklar mohiyatini Freyd ongsiz holatdagi instinktiv (g‘arizaviy) tamoyillardagi va madaniyatdagi kelishmovchiliklarda ko‘radiki, madaniyat o‘zining yo‘naltiruvchilik me'yorlari, taqiqlari va ko‘rsatmalari vositasida tabiiy xohishlarning amalga oshishini chegaralib turadi. Keyinchalik psixoanaliz Freyd g‘oyalarini rivojlantirish bilan ham, uni qayta ko‘rib chiqib, boshqa ruhiy tahlilga doir qoidalarni vujudga keltirish bilan ifodalanadi. Psixoanaliz falsafasining XX asrdagi eng yirik vakillari Alfred Adlar (1870-1937), Karl Gustav Yung (1875-1961), Erix Fromm (1900-1980) va boshqalar edilar. Ekzistensializm. Ekzistensializm, yoki hayot falsafasi (lot. Exsistentia- hayot) XX asrning birinchi yarmida paydo bo‘ladi. Ekzistensializmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari Karl Yaspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976), Jan-Pol Sartr (1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960) edilar. Diniy (Yaspers) va ateistik (Xaydegger, Sartr, Kamyu) ekzistensializmni bir-biridan farq qiladilar. Ekzistensializm yevropa jamiyatining tanazzuliga falsafiy aksil amal edi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari, inqilobiy g‘alayonlar, texnogen jamiyatda inson hayotining shaxsiy o‘rnini yo‘qotilishi va qolipga solinishi taraqqiyot, aql va insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan sivilizatsiyaning doimiy rivojlanishiga bo‘lgan ishonchni barbod qildi, individual va ijtimoiy borliqning buzilganligini, ilgaridan buzilmas deb hisoblangan g‘oyalarning mo‘rtligini ko‘rsatdi. yevropa falsafasiga borgan sari «barcha qadriyatlar tanazzuli» ni anglash kirib keldi. Ekzistensializmning asosiy mavzulari – inson, hozirgi dunyodagi uning taqdiri, tanglik yuz bergan vaziyatlardagi hatti-harakati, e'tiqod, ozodlik, hayotning ma'nosi kabi muammolar edi. Ekzistensializmning kelib chiqish shiori shunday edi: mavjudlik mohiyatdan oldin keladi. Boshqacha aytganda, «inson avvalo mavjud bo‘ladi, u uchrashadi, dunyoga keladi, va faqat shundan keyingina shakllanadi»209. Bu shunday ma'noni bildiradiki, inson oldindan berilgan tabiatga ega emas. Uning qandayligi, uning mavjudligi bilan belgilanadi. Ekzistensializm «haqiqiy bo‘lmagan» va «haqiqiy» mavjudligi bilan farqlaydi. «Xaqiqiy bo‘lmagan» mavjudlik bu odatdagi doiradagi, kundalik va shaxsiyatga ega bo‘lmagan mavjudlik bo‘lib, Xaydegger uni «Man» doirasi sifatida belgilaydi. «Man» shaxsiyatga ega emas, unda inson boshqalar kabi berilgan qoidalar va me'yorlar bo‘yicha fikr yuritadi va amal qiladi. «Man» da inson ozod shaxs sifatida, o‘z hatti-harakatlarini mas'uliyat bilan belgilovchi faol sub'ekt sifatida o‘z taqdirini o‘zi tanlovchi kishi sifatida namoyon bo‘lmaydi. «Man» dunyosida ozodlik ham, tanlash erkinligi ham, mas'uliyat ham yuq. Inson hatti-harakatini belgilovchi, faoliyatning haqiqiy sub'ekti «Man»ning o‘zidir. Odatdagi ashyoviy dunyo tashqarisiga chiqish, «Man» dan qutilish va «haqiqiy» mavjudlikni (o‘zimizning borlig‘imizni yoki ekzistensiyani) qo‘lga kiritish chegaraviy vaziyatlar (pogranichnaya situatsiya) deb ataladigan holatlarda amalga oshadi. Bunday tushuncha ostida o‘zi va dunyo haqidagi odatdagi barcha tasavvurlar buzilib ketadigan tanglik vaziyatlarining huddudlari tushuniladi. Bunday holatda inson barcha narsani ilgarigiga qaraganda butunlay boshqacha ko‘radi. Unga shunday narsalar ochiladiki, u kundalik hayotda ularni ko‘rmagan va mushohada qilmagan edi. Natijada qadriyatlarni tubdan qaytadan baholash ro‘y beradi. Bunday vaziyat o‘lim oldidan, azobli yechimlar oldida, orzu-umidlarning barbod bo‘lishi, afsus-nadomat va shunga o‘xshash holatlarda yuz beradi. Chegaraviy vaziyatlar – tanlash vaziyatidirki, unda inson «yashash yoki o‘lim» masalasini hal qiladi. Va bunday vaziyatda inson asosan yakka-yolg‘izdir. Sartrning yozishicha, «uning uchun suyanadigan narsa o‘zida ham, tashqarida ham yo‘q», inson erkin bo‘lishga hukm qilingan210. Ekzistensializmning borliqqa oid tushunchalar tarkibi quyidagicha ko‘rinishga ega: haqiqiy bo‘lmagan mavjudlik dunyosi- bu borliq yoki transendensiya. Transsendensiya – bu shunday narsaki, uning markaziy tortilishi bo‘lgan ekzistensiyaga yunaltirilgan. Diniy ekzistensializmda shunday markaz Xudo bo‘lsa, ateistik ekzistensializmda – «hyech nima» (Nigyu)dir. «Germenevtika» atamasi sharhlash, talqin qilish va tushuntirish san'ati sifatida qadimgi dunyo madaniyatiga borib taqaladi. Qadimgi Yunon afsonasida xudolardan xabar keltiruvchi Germes, kishilarga xudolarning buyruqlarini tushuntirib berar va odamlarning xohish, irodalari va iltijolarini Olimpga yetqazar edi. germenevtikani nazariya sifatida shakllantirish F.Shleyermaxer (1768-1834) va V.Diltey (1833-1911) asarlarida o‘z yakunini topdi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling