Vijdon erkinligi diniy e’tiqod erkinligi


Download 47 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi47 Kb.
#1031212
Bog'liq
Vijdon erkinligi-Turg\'unova Mohinur


Vijdon erkinligi - diniy e’tiqod erkinligi
Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim kirralaridan biridir. SHuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir».
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro me’yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan xujjatlarga qo‘shilgan. SHuning uchun ham davlatimizning Asosiy Qonuni Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan yoki sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e’tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir.
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va x.k.) uchun majburiy yig‘imlar to‘plashning ta’qiqlanganligi, diniy e’tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Ayni paytda, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin. Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir.
Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat?
Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflab berilgan. Bular:
- avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi;
- barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi;
- maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi;
- ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
- dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi.
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Ana shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul qildi.
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: «Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100 barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqliligi» deb nomlangan. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. SHuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta’qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. CHunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir. Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari nimalardan iborat?
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o‘rta ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta, diniy ta’lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta’lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling