Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)
Djon Lokk ingliz falsafasida hissiy bilish (empirizm) ning vakilidir. U «tug‘ma g‘oyalar» mavjudligini rad etib, bizning barcha bilimlarimizni biz tajriba va hissiy bilishdan olishligimizni ta'kidlaydi. Inson «sof lavha» sifatida tug‘iladiki, unga hayot o‘zining «yozuvlari»ni, ya'ni bilimlarni yozadi. Dekart ratsionalizmiga qarama-qarshi ravishda, Lokk bilishning birdan bir manbai hisdir (sensualizm) degan ta'limotni asosladiki, u bilimlarning barcha mazmunini his-tuyg‘u a'zolaridan keltirib chiqarib, uni hissiy bilishning unsurlarining jami hisoblar edi. «Ilgari his-tuyg‘uda bo‘lmagan hyech narsa, aqlda ham bo‘lmaydi», -deb ta'kidlagan edi Lokk.
Lokk qarashlarining muhim jihati uning birlamchi va ikkilamchi sifatlar haqidagi nazariyasidir. Birlamchilar kabi, ikkilamchi sifatlar ham tashqi tajriba asosida qo‘lga kiritilgan g‘oyalarga taalluqlidir. Birlamchi sifatlar bu makon, miqdor (massa), harakat va hokazolardir. Ularni u ob'ektiv ravishda mavjud deb hisoblaydi. Ikkilamchi sifatlarning kelib chiqishi his-tuyg‘u a'zolarining xususiyati bilan bog‘liqdir. Ularga Lokk is, ta'm, rang va boshqalarni taalluqli deb biladi. Bu xususiyatlar faqat sub'ektiv ravishdagina mavjuddirlar. O‘sha zamondayoq ma'lum bo‘lgan ediki, tovushlar havoning tebranish tufayli kelib chiqadilar, nur tarqalishining to‘lqinli va korpuskulyar nazariyasi ishlab chiqilgan edi. Bundan Lokk shunday xulosaga kelgan ediki, is, ta'm va rang faqat insoniy idrokkagina xosdir. Oydinlik darajasi nuqtai nazaridan u bilimning uch turini ajratib ko‘rsatdi: hissiy, yoki yakka ashyolar haqida bilim beruvchi boshlang‘iya bilim; namoyishkorona yoki daliliy, xulosa vositasida chiqariladigan bilim, masalan, solishtirish, taqqoslash va tushunchalar munosabati orqali aniqlanadigan bilim; ichki tuyg‘u (intuitiv) bilimi - uning oliy turi - aql orqali uning bir-biriga bevosita muvofiqligi yoki muvofiq kelmasligi haqidagi bilim. Lokk belgilarning umumiy nazariyasi sifatida semiotika tushunchasini ilmiy istilohga kiritdi. Leybnits (1646-1716) falsafiy tizimining o‘zagi yagonalik haqidagi ta'limot - monadologiyadir. Dunyo monadalardan yoki ruhiy unsurlarning zarrachalaridan tashkil topgandir. Monadalar faollikga ega bo‘lib, mustaqildirlar, ular uzluksiz ravishda o‘zgarishda bo‘lib, azob-uqubat chekishga, idrok etishga va ongga qodirdirlar. Monadalarning birligi va bir-biriga muvofiqligi Xudo tomonidan «tayin etilgan uyg‘unlik» natijasidir. Rivojlanish darajalariga qarab Leybnits uch xil monadalarni farqlaydi. Kuyi darajadagi monadalarga faqat noaniq tasavvurlar xosdir (jonli bo‘lmagan va o‘simliklar dunyosi ana shunday holatdadir). Yuqori darajadagi monadalar his-tuyg‘uga ega bo‘lib, ularga tayangan holda oydinroq tasavvurlar sohibidirlar (hayvonlar va inson). Ushbu ikki monadani Leybnits jon monadalari sifatida ifodalaydi. Monadalar o‘zlarining eng yuqori rivojlanish bosqichlarida appersepsiyalarga (ongga ega bo‘lish) qodir bo‘ladilar. Leybnits ularni monada-ruhlar sifatida ifodalaydi. Monadalarning har birida rivojlanish imkoniyati mavjuddir. Har bir monada o‘zida o‘z kelajagini ham, o‘zining o‘tmishini ham olib yuradi. Leybnits modda bilan bir qatorda va undan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan borliqning mustaqil ibtidolari sifatidagi makon va zamon haqidagi tasavvurni rad etadi. Makonni u ayrim olingan ko‘plab yakka jismlarning o‘zaro joylashishining tartibi sifatida qarab chiqadiki, ular bir-biridan tashqarida mavjuddirlar. Zamon esa uning tomonidan bir-biri bilan almashib turadigan hodisalar yoki jismlarning holatining tartibi sifatida talqin qilinadi. Leybnits falsafasining yorqin sahifalaridan biri uning tomonidan umumiy va yakkaning dialektikasini ishlab chiqilganligidir: alohida olingan yakka monada dunyoning bir markazga to‘plangan va yagona va cheksiz Koinotning ko‘zgusidir. Leybnits sezilarli darajada mantiq rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, uning tuzilishi va daliliy qonunlarini ochib berib, uning ramzini ishlab chiqdi. U hozirgi zamon simvolik va matematik mantig‘ining asoschilaridan biridir. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling