Axmedova Xolisa


Download 59.72 Kb.
bet3/6
Sana26.10.2023
Hajmi59.72 Kb.
#1723742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9. Ёзишмалар Интернетдаги матнли алоқа қонун ва қоидалари (электрон почта)

Имя – Ismingiz
Фамилия – Familiyangiz
День рождения – tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan Mail.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi.

Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, ismingiz Ibrohim bo‘lsa, ibrohimjon@mail.ru yoki ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.
Пароль – elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.
Повторите пароль – parolni takroran yozing (aniqlik uchun).
Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa«У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.
Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi bosiladi.

Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистрироваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.

SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mail.Ru pochta xizmatidan kelgan «Mail.ru ga xush kelibsiz» hamda «Mail.ru ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mail.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap tarafda Входящие (Kelgan xatlar), Отправленные (Yuborilgan xatlar), Черновики (Xomaki nusxalar), Спам (keraksiz reklama), Корзина (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida Написать (yangi xat yozish), Проверить (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir bora tekshirish), Адреса (Manzillar) va Ещё (yana) tugmalari bor.
Входящие bo‘limida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mail.ru’ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.

Ko‘rib turganingizdek, elektron pochta maktubida xatning nomi, uning qaysi manzildan (От кого), qaysi manzilga (Кому) va qachon kelganligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Ochiq turgan xatga javob yozish uchun Ответить (Javob yozish) tugmasi bosiladi. Uni bossak, odatdagi yangi xat yozish sahifasi ochiladi. Lekin Кому va От кого katakchalari avtomatik tarzda to‘ldirib qo‘yilgan bo‘ladi.


Download 59.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling