Axsikent tarixida kulolchilik, shiyshasozlik, qurolsozlik kabi hunarmadlik turlarni rivojlanish bosqichlari
Educational Research in Universal Sciences
Download 215.48 Kb. Pdf ko'rish
|
330-335
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 1 | https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023 335 XULOSA Xulosa qilib aytganda, IX-XII asrning boshlarida Fargʻona – Axsikent shahrining ustasi farang hunarmandlari qattiq va yumshoq poʻlatlar ishlab chiqarish sirlarini bilishgan. Ular tayyorlagan qilichlar Sharqda Xitoy va Janubi-gʻarbda xalifalik markazi Damashq bozorlarida sotilgan. Oʻrta asrlarda butun Yevropaga “Damashq qilichlari” nomi bilan mashhur boʻlgan qurollarning maʼlum bir qismining vatani Fargʻona-Axsiket hisoblangan. Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz va xorijdagi sayyohlik ko‘rgazmalarida qadimiy Axsikent haqida ham taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar o‘rtasida tarixiy yodgorlikka qiziqish ortmoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurgan. Qadamjoni tadqiq etish, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan Eski Axsi yodgorligini ziyorat qilgan sayyoh har qadamda poʻlat ishlab chiqarish bilan bogʻliq chiqindilar va ustaxona xarobalarini koʻradi, yuqorida aytilgan gaplarning tasdigʻini topadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Axsikent yodgorligi hududida 2018-yilning ikkinchiyarmidan “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil qilish ishlari boshlab yuborilgandi. Natijada, 2019-yil fevraloyining oxirlarida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ushbu arxeologik obyekt zamon talablariga to‘liq javobberadigan ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirildi. Download 215.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling