Axsikent yodgorligi Hasanov Azamat Nuriddin oʻgʻli


Download 7.8 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi7.8 Kb.
#1259508
Bog'liq
Axsikent yodgorligi


Axsikent yodgorligi
Hasanov Azamat Nuriddin oʻgʻli (Namangan davlat universiteti talabasi)
Tel: +998930542313, e:mail:azamathasanov2804@gmail.com


Annotasiya: Ushbu maqolada Axsikent yodgorligining qadimdan paydo boʻlishi va rivojlanib borishi, va yerlik aholi haqida yoritilgan.

Tayanch soʻzlar: arxeologik, shaharsozlik, shaharlar, qoʻshin, poytaxt, qilichsozlik, kulolchilik, markaz, ixtiro, oromgoh, hunarmandchiligi.




Аннотация:


Ключевые слова:


Axsikent – qadimgi shahar. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Axsikent shahri miloddan avvalgi 3– 2-asrlarda vujudga kelgan, 9– 10-asrlarda Fargʻona vodiysining poytaxti, 1621-yilgi zilzilada butunlay vayron bo`lgan.
Axsikent arxeologik jihatdan birinchi bor oʻrganish Vaselevakiy tomonidan 1885- yildan boshlangan
1914-yilda I.A.Kastanie ikkinchi marta Axsikentda qazish va tadqiqot ishlarini olib bordi.1939 yilda katta Fargʻona kanali qurish davrida professor M.E.Masson Axsikentga kelib arxeologik razvedka ishlarini olib boradi.
1947-1948- yillarda professor A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan qazishma ishlari oʻtkazilgan
1960-yildan boshlab OʻzFA nima arxeologik olimlari marxum akademik Yaxyo Gʻulomov boshchiligida Axsikentda arxeologik qazishma ishlarini oʻtkaza boshladilar
Uzluksiz dala ekspeditsiyasi davomida arxeolog olimlar orasida I. Axrorov, A. Anorboyev, Y. Qosimov va boshqa tadqiqotchilar 1967-1969, 1970-1974, 1980-1990 va undan keyingi yillarda arxeologik qazishmalar olib borib, muhim maʼlumotlar va ashyoviy dalillar toʻplashdi.
Jahonga mashhur sayohatchi Chjan Tsyan o‘z xotiralarida qadimiy Farg‘onani Davan (“Davan tog‘i ortidagi yer”) deb ataydi va qimmatli ma’lumotlarni qoldiradi.Fargʻona vodiysiga va qadimgi Fargʻona davlatiga batafsil toʻxtalib oʻtadi. Axolisi 300 000 kishiga yaqin atrofida 70 ta atrofida obod shahar va qishloqlari bor deb taʼriflaydi. Qoʻshinlar sonini esa 60 000 kishi deb maʼlumot bergan
Ilk oʻrta asrlarda davrida yaʼni eramizning 6-12- asrlarda Axsikent Fargʻona vodiysining maʼmuriy markazi -poytaxti boʻlish darajasigacha koʻtarilgan.
Arxeolog A.Anorboyev tomonidan qo‘lga kiritilgan so‘nggi arxeologik materiallarni yozma manbalar asosida tahlil qilish natijasida xitoy manbalarida tilga olingan Farg‘ona poytaxti Ershi Eski er o‘rnida bo‘lgani haqida yangi fikr bildirish mumkin edi.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti-ning 2007 yil oktyabr oyidagi Shanxay Konferantsiyasida Axsikent
arxeolo-gik yodgorligi tashkilotning maxsus ro'yxatiga rasmiy ravishda kiritildi.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qozoqov T., Raximov B., Vohidov A., Buyuklarga beshik boʻlgan Axsikent yohud Fargʻona allomalari.
Ilmiy-ommabop risola. I-jild.-Toshkent: Navroʻz, 2020-yil.B.18
2.Qozoqov T. Axsi-Fargʻona shaharlarining onasi.-Toshkent: Navroʻz, 2018-yil
3.Baxtiyor Ishoqov. Axsikent qadimgi Fargʻona poytaxti -Namangan 2013.
Download 7.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling