Aybdorlik hissini aniqlash metodikalari. Miokenetik psixodiagnostika metodikalari


Download 54.5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1485627
  1   2
Bog'liq
AYBDORLIK HISSINI ANIQLASH METODIKALARI. MIOKENETIK PSIXODIAGNOSTIKA METODIKALARI


AYBDORLIK HISSINI ANIQLASH METODIKALARI. MIOKENETIK PSIXODIAGNOSTIKA METODIKALARI

Reja
1. aybdorlik hissni aniqlashga oid yondoshuvlar.


2. Intellektning o’lchaydigan testlar va ularning turlari.
3. Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi.

Hozirda intellektning moslashuv faoliyati ko’proq tarafdorlarini topayapti, Piaje (Piaget) uchun intellekt mohiyati muhit bilan organizmni moslashuvi, rivojlanish esa bundan ham ko’proq moslashuvda (adaptasiyada) namoyon bo’lishi demakdir. Vernon (Vernon) shaxsning intellekti, uning xulq-atvorining egiluvchanligi va murakkabligi, hayot davomida shakllangan xulqiga mosdir, deb ta’kidlaydi.


Intellektni shaxsning atrof-muhitdan alohida ta’riflab bo’lmaydi. Atrof-muhit bilan bog’liqlik oddiy moslashuv emas, balki faol harakatdagi bog’liqlik sanaladi. “Intellekt tushunchasi individning faol harakatlari va o’rab turgan atrof-muhit bilan o’zaro aloqalari samaradorligi oqibatida belgilanadi”.
Intellektning bunday tushunchasini, ma’lumot olishga bo’lgan qobiliyat, abstrakt fikrlash yoki boshqalar emas, balki rivojlanib kelayotgan bir jarayon deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir. Intellekt – natija emas, balki jarayondir. Bu yuzadan muhokama qilingan masalalarning barchasi nazariy xarakterga ega. Bizni esa avvalo intellektni o’lchangani qiziqtiradi.
Bir necha yillardan beri nazariy izlanishlar natijasida endi amaliyotda intellektning o’lchovlarini aniqlash imkoniyati paydo bo’ldi.
Binening intellektni aniqlash testlarining amaliy va nazariy bahosi qay darajada past bo’lmasin bu fikr metodologik tamoyil va kelajak uchun ahamiyati kattadir.
Shunday qilib, intellekt testlar asosida o’lchanadi. Ular o’zi nima?


Shuni ta’kidlab o’tish joizki, testlarning kuchli sinfi ongni o’lchovchi xususiyatiga ega emas. Bugungi kunda o’zimizning va xorij adabiyotlarida ham quyidagi iboralar ishlatiladi: omma va ko’pchilik qo’llaydigan – “intellekt testlari” (intellegence tests) yoki uning eskirmagan turi – “aql testlari” (mental tests). Bular bilan birgalikda quyidagi turlar ham ishlatiladi: “maxsus qobiliyatlar o’lchaydigan testlar” (special abilities tests ili attitudes tetst), “umumiy intellekt testlari” (general tests) yoki sinonim sifatida “umumiy qobiliyat testlari” (abilities tests). Umuman olganda tarixan testlar umumiy intellektni o’lchash, qobiliyatni o’lchashga bo’lingan va bugungi kunda bu “kognitiv testlar” kabi yangi klassifikasiyalarga ehtiyoj yo’q.
Testdagi topshiriqlarga qarab, ular quyidagicha turkumlanadi: verbal (masalan, so’zlar klassifikasiyasi testi) va noverbal (masalan, Raven matrisalari). Bundan tashqari, intellekt testlari individual (masalan, Veksler shkalasi) va guruhiy (masalan, Alfaning harbiy xizmat testi)ga bo’linadi. Aytib o’tilgan turli xil testlardan tashqari, spesifik populyasiya testlari gohida ajralib turadi. Bu testlar chaqaloqlar, jismoniy nosog’lom va har xil madaniyatga bo’linuvchilar uchun mo’ljallangandir.
Psixodiagnostikani kompyuterlashtirish intellektning moslashtirilgan testlarini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Psixodiagnostika tarixidan ma’lum bo’lishicha, psixometrik intellekt bugungi kunda ikki maktab: ingliz va AQSh maktabi namoyondalari ishlarida ko’rinadi. Intellektni o’rganuvchi testlarda umumiy baholash har xil mashqlarga qarab o’lchanadi, ularda sinaluvchilar intellektning bir-biri bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan guruhiy test mashqlarini bajaradilar. Oxirgi o’n yil ichida Sharqda mashhur nazariya yuzaga keldi, unga ko’ra intellekt davom etuvchi va krisstallashgan (maktab miqyosida, umumiy intellekt testlarini tan oluvchi) bo’ladi. Yuqoridagi komponentlarga qarab testlar mavjud va ularning hammasi intellektni o’lchaydi.


Spirmen tadqiqotlarida bir guruh har xil ko’rsatgichlar bir-biri bilan bog’liq va bir qobiliyatni aniqlaydi. Buni guruhiy omillar deb nomlashdi va ular barcha qobiliyat ko’rsatgichlarida mavjud emas, balki ko’proq yoki kamroq chegaralangan guruh testlar uchun umumiydir.
Shu asosda ingliz psixologi Vernon intellektni tabaqalanish nazariyasiga o’z hissasini qo’shdi. Eng yuqorida bosh omil turadi (Spirmen tomonidan ochilgan), undan so’ng keng qamrovdagi guruhiy omillar verbal-ta’lim (v:ed) va amaliy-


Inson qobiliyatini tabaqalash va pog’onalashda bosh omilning asosiy deb topgan ingliz olimlarini nazariyalarini amerikalik psixologlar tan olishmadi, ular asosiy urg’uni guruh omillariga berishadi.
Bunga amerikalik psixolog Kellining “Inson tafakkuri chorrahalari” (1928) asari asos soldi, bu asarda u Spirmenni nazariyasini tanqid qildi.
Testlar orasidagi aloqalarni guruh omillari: atrofiy munosabatlar, sonlar bilan operasiyalar, eslash va fikrlash tezligidir. Kellini davomchilaridan biri Terstoun bo’lib, u intellektning multiomil nazariyasini yaratdi.
matrisada eng kam miqdorda qaror topgan va u test topshiriqlarini bajara olish qobiliyatini aniqlaydi. U “Sodda tuzilma” tamoyiliga asoslanib, omillar aylanma harakatini tasdiqlaydi va eng katta, eng kichik miqdordagi, nol va nolga yaqin omil o’lchovlarini aniqlaydi.
Amerika psixologi Gilford (Guilford)ning nazariyasida omil intellekt modelining tasdig’idir, lekin uning qurish asbobi emas. Bu model uch o’lchovga va ularni bir-biriga nisbatiga o’zgarishiga asoslangan va har xil intellektual qobiliyatni aniqlaydi.
Intellekt omili bir sohada o’tkazilgan intellektual operasiyalar turi va undan hosil bo’lgan natija turkumidan iborat (5.1-rasm).
Gilford intellektual modelning birlamchi o’lchovini besh xil turdagi operasiya orqali asoslashga harakat qilgan va ular quyidagilar:

  • ma’lumotni tushunish – (C);

  • eslab qolish (xotira) – (M);

  • divergent fikrlash – (D)

  • konvergent fikrlash (berilgan ma’lumotlardan mantiqan afzalroqlarini ishlab chiqarish) – (N)

  • asoslangan xulosa chiqarish va baholash (ma’lumot birliklarini solishtirish va baholash) – (E).

Mutaxassislarning fikricha, ikkilamchi o’lchov – berilgan atamalarni mazmun va mohiyati izohlash orqali aniqlanadi. Unga ko’ra:

  • berilgan informasiya obrazli – (F);

  • ramziy – (S);

  • semantik – (M);

  • xulq-atvorli – (B) bo’lishi mumkin.



5.1-rasm. Intellektning Gilford modeli




Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling