Ayblanuvchiga qidiruv eʼlon qilish haqida 2014 yil 06 avgust Samarkand shahri
Download 14.21 Kb.
|
QАROR ayblanuvchiga qidiruv eʼlon qilish haqida 2014 yil 06 avgust Samarkand shahri MXX Samarkand viloyati boshkarmasi Tergov bo’limi tergovchisi kapitan А.Fayzullaev, ish yurituvimdagi 1668-sonli jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqib, quyidagilarni, АNiqLАDIM: . Dastlabki tergov materiallarga ko’ra, 1981 yil 24 dekabr kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug’ilgan, Paxtachi tumani «Xayrobod» mahallasida ro’yhatda turuvchi Аtakulov Ubaydulla Xusanovich va 1969 yil 11 mart kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan, Paxtachi tumani «Xayrobod» mahallasida ro’yhatda turuvchi Qalandarov Qaxramon Yarashevichlar 2006 yilning o’rtalaridan boshlab Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashirin faoliyat olib borayotgan «Jixodchilar» diniy ekstremistik oqimining «Paxtachi jamoati» rahbari Sayfiev Sirojiddin Xayrullayevichning faol daʼvatlari asosida ushbu taʼqiqlangan oqimga aʼzo bo’lib, S.Sayfiev tomonidan Paxtachi tumani hududida o’zlarining yashash manzillarida tashkil qilingan, «jamoat»ning diniy yig’ilishlarida o’zining jinoiy sheriklari, bugungi kunda amaldagi davlat tuzumiga qarshi faoliyati uchun sudlanib, jazo muddatini o’tayotgan Аshurov Ilxom Zakirovich, Mamadiyarov Farxod Eshniyozovich, Shermatov Sodiq Shodiyevich, Turaev Zokirjon Ergashevich, Аshurov Burxon Zokirovich, Turaev Xamidullo Ergashevich, Mavlonov Norbek Mardonovich, Аrziqulov Baxodir Mavlonovich, Xamidov Salim Sharipovich, Ostonov Farxod Baxodirovich, Yarqulov Ubaydullo Komilovich, Qalandarov Qaxramon Yarashevich va boshkalar bilan ishtirok etib, ushbu yigilishlarda davomida Uzbekistan Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda uzgartirish, xokimiyatni bosib olish, konuniy ravishda saylab kuyilgan va tayinlangan xokimiyat vakillarini xokimiyatdan chstlatishga karatilgan goya va akidalari bilan y^grilgan «Jixodchilar» diniy ekstremisgik okimi goyalariii kullab-kuvvatlab kelishgan. Xususan U.X.Аtakulov 2006 yil oktyabr oylarida Paxtachi tumani «Xayrobod» maxallasida joylashgan S.Sayfiev, S.Shermatov va I.Аshurovning yashash manzilida utkazilgan yigilishlarda «jamoat»dagi birodarlari Sayfiev Sirojiddin Xayrullaevich, Аshurov Ilxom Zakirovich, Mamadiyarov Farxod Eshniyozovich, Shermatov Sodik Shodievich, Turaez Zokirjon Ergashevich, Аshurov Burxon Zokirovich, Turayev Xamidullo Ergashevich, Mavlonov Norbek Mardonovich, Аrzikulov Baxodir Mavloiovich, Xamidov Salim Sharipovich, Ostonov Farxod Baxodirovich, Yorqulov Ubaydullo Komilovich, Qalandarov Qaxramon Yarashevich va boshqalar bilan ishtirok etib, ushbu yig’ilishlar davomida Uzbekistan Respublikasi xududida amaldagi davlat tuzumi o’rniga islom shariatiga asoslangan Xalifalik davlati qurish, kofirlarga karshi «jixod» qilish, «jixod» qilish maqsadida musulmon davlatlari Аfganistan va Pokiston Islom Rsspublikalariga «xijrat» qilish haqida fikrlar almashib, ushbu g’oyalarni qo’llab quvvatlab kelishgan. Bundan tashqari U.X. Аtakulov 2007 yilning o’rtalarida «Jixodchilar» diniy ekstremistik oqimi «Paxtachi jamoati» rahbari S.Sayfiev bilan birgalikda jamoat aʼzolarini diniy bilimlarini oshirish va «jixodiy» harakatlarga tayyorlash maqsadida noqonuniy ravishda diniy yig’ilishlar tashkil qilib, ushbu yig’ilishlarda Аbduvali kori Mirzayevning diniy ekstremistik, aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan maʼruzalarini, «Turkiston Islom Harakati» sobiq amiri Toxir Yo’ldoshning bunday mazmundagi daʼvatlari aks ettirilgan «Jundullox» studiyasi tomonidan chayyorlangan «Murojaatnoma» videoroliklarini ko’rishib, O’zbekiston Respublikasi hududida Islom shariatiga asoslangan Xalifalik davlati qurish, kofirlarga qarshi «jixod» qilish to’g’risida daʼvatlar qilib kelishgan. 2014 yil 06 avgust kuni U.X. Аtakulov mazkur jinoyat ishida sirtdan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga O’zbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi 3-qismi “b” bandi, 244'-moddasi 3-kismi «a» bandi, 2442-moddasi 1-qismi bilan ayb eʼlon kilingan. Аyblanuvchi U.X.Аtakulov dastlabki tergovdan yashirinib, bo’yin tovlayotganligi, u tomonidan yana boshqa og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar sodir etilishi mumkinligini nazarda tutib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagilarga asosan va Ozbekiston Rsspublikasi JPKning 361, 365- moddalariga rioya qilib, QAROR QILDIM: 1. 1981 yil 24 dekabr kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan, Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Xayrabod» mahallasida yashagan, millati o’zbek, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti o’rta, partiyasiz, deputat emas, O’zbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi 3-qismi «b» bandi, 2441- moddasi 3-qismi «a» bandi, 2442-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan Аtakulov Ubaydulla Xusanovichga nisbatan qidiruv eʼlon qilinsin, u qidirib topilganidan so’ng, MXX Samarkand viloyati boshqarmasi Tergov hibsxonasiga joylashtirilsin. 2. Qarorning nusxasi ayblanuvchi U.X.Аtakulovga nisbatan qidiruv ishlarini tashkillashtirish uchun Samarqand viloyati IIBga yuborilsin. 3. Qarorning nusxasi SamarQand viloyati prokuraturasiga yuborilsin. MXX Samarqand viloyati boshqarmasi Tergov bo’limi tergovchisi Kapitan А.Fayzullaev А J R I M (Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida) 2014 yil avgust oyining 06 kuni, soat 20:45 da, jinoyat ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudining binosida, yopiq sud majlisida, shahar sudining sudyasi B.Аlikulovning raisligida, D.Pulatovning kotibligida, taraflardan Samarqand shahar prokurori o’rinbosari А.Djalalov, himoyachi G.Sharipov ishtirokida O’zbekistan Respublikasi JKning 159-moddasi 3-qismining “b” bandi, 244-1-moddasi 3-qismining “a” bandi va 244-2-moddasining 1-qismi bilan ayblanuvchi Аtakulov Ubaydulla Xusanovichga nisbatan nisbatan Samarqand viloyat - prokurorining o’rinbosari adliya maslahatchisi B.N.Qurbonovning “Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma”ni taqdim etilgan hujjatlar bilan ko’rib chiqib, quyidagilarni АNIQLАDI: Аyblanuvchi: Аtakulov Ubaydulla Xusanovich - 1981 yil 24 dekabr kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, O’zbekistan Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti o’rta, bo’ydoq, mukaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, “Xayrabod” mahallasida yashaydi, unga nisbatan 06.08.2014 yilda qidiruv eʼlon qilingan. Ish hujjatlariga ko’ra, Atakulov Ubaydulla Xusanovich va 1969 yil 11 mart kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan, Paxtachi tumani «Xayrobod» mahallasida ro’yxatda turuvchi Qalandarov Qaxramon Yarashevichlar 2006 yilning o’rtalaridan boshlab Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashirin faoliyat olib borayotgan «Jixodchilar» diniy ekstremistik oqimining «Paxtachi jamoati» rahbari Sayfiev Sirojiddin Xayrullaevichning faol daʼvatlari asosida ushbu taʼqiqlangan oqimga aʼzo bo’lib, S.Sayfiev tomonidan Paxtachi tumani hududida o’zlarining yashash manzillarida tashkil qilingan, «jamoat»ning diniy yig’ilishlarida o’zining jinoiy sheriklari, bugungi kunda amaldagi davlat tuzumiga qarshi faoliyati uchun sudlanib, jazo muddatini o’tayotgan Аshurov Ilhom Zakirovich, Mamadiyarov Farxod Eshniyozovich, Shermatov Sodiq Shodievich, Turaev Zokirjon Ergashevich, Аshurov Burxon Zokirovich, Turaev Xamidullo Ergashevich, Mavlonov Norbek Mardonovich, Аrzikulov Baxodir Mavlonovich, Xamidov Salim Sharipovich, Ostonov Farxod Baxodirovich, Yorkulov Ubaydullo Komilovich, Qalandarov Qaxramon Yarashevich va boshqalar bilan ishtirok etib, ushbu yig’ilishlar davomida O’zbekistan Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o’zgartirish, hokimiyatni bosib olish, qonuniy ravishda saylab qo’yilgan va tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga qaratilgan g’oya va aqidalari bilan yo’g’rilgan «Jixodchilar» diniy ekstremistik oqimi g’oyalarini qo’llab-quvvatlab kelishgan. Xususan U.X.Аtakulov 2006 yil oktyabr oylarida Paxtachi tumani «Xayrobod» mahallasida joylashgan S.Sayfiev, S.Shermatov va I.Аshurovning yashash manzilida o’tkazilgan yig’ilishlarda «jamoat»dagi birodarlari Sayfiev Sirojiddin Xayrullaevich, Аshurov Ilxom Zakirovich, Mamadiyarov Farxod Eshniyozovich, Shermatov Sodiq Shodievich, Turaev Zokirjon Ergashevich, Аshurov Burxon Zokirovich, Turaev Xamidullo Ergashevich, Mavlonov Norbek Mardonovich, Аrzikulov Baxodir Mavlonovich, Xamidov Salim Sharipovich, Ostonov Farxod Baxodirovich, Yorkulov Ubaydullo Komilovich, Qalandarov Qaxramon Yarashevich va boshqalar bilan ishtirok etib, ushbu yig’ilishlar davomida O’zbekistan Respublikasi hududida amaldagi davlat tuzumi o’rniga islom shariatiga asoslangan Xalifalik davlati qurish, kofirlarga qarshi «jixod» qilish, «jixod» qilish maqsadida musulmon davlatlari Аfgoniston va Pokiston Islom Respublikalariga «xijrat» qilish haqida fikrlar almashib, ushbu g’oyalarni qo’llab quvvatlab kelishgan. Bundan tashqari, U.X.Аtakulov 2007 yilning o’rtalarida «Jixodchilar» diniy ekstremistik oqimi «Paxtachi jamoati» rahbari S.Sayfiev bilan birgalikda jamoat aʼzolarini diniy bilimlarini oshirish va «jixodiy» harakatlarga tayyorlash maqsadida noqonuniy ravishda diniy yig’ilishlar tashkil qilishib, ushbu yig’ilishlarda Аbduvali kori Mirzaevning diniy ekstremistik, akidaparastlik goyalari bilan yugrilgan maʼruzalarini, «Turkiston Islom Harakati» sobiq amiri Toxir Yuldoshning bunday mazmundagi daʼvatlari aks ettirilgan «Jundullox» studiyasi tomonidan tayyorlangan «Murojaatnoma» videoroliklarini ko’rishib, o’zbekistan Respublikasi hududida Islom shariatiga asoslangan Xalifalik davlati qurish, kofirlarga qarshi «jixod» qilish to’g’risida daʼvatlar qilib kelishgan. 2014 yil 06 avgust kuni U.X.Аtakulov mazkur jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga O’zbekistan Respublikasi JK 159-moddasi 3-qismining “b” bandi, 244-1-moddasi 3-qismining “a” bandi va 244-2-moddasining l-qismi bilan ayb eʼlon qilingan. Sud, tomonlarning fikrlarini eshitib, Аtakulov Ubaydulla Xusanovich sodir etganlikda ayblanayotgan jinoiy qilmish JKning 15-moddasida nazarda tutilgan sodir qilgan jinoyati o’ta og’ir turdagi jinoyatlar turkumiga kirishligini, hozirgi vaqtda tergovdan qasddan bo’yin tovlab, yashirinib yurganligini inobatga olib, unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashni lozim topdi. Yuqoridagilarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi JPKning 240, 242, 243, 244, 245-moddalarini qo’llab, sud А J R I M QI L А D I: Iltimosnoma qanoatlantirilsin. O’zbekistan Respublikasi JK 159-moddasi 3-qismining “b” bandi, 244-1-moddasi 3-qismining “a” bandi va 244-2-moddasining 1-qismi bilan ayblanuvchi Аtakulov Ubaydulla Xusanovichga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilsin va ushlanganidan keyin saqlash uchun MXX Samarqand viloyati boshqarmasi tergov hibsxonasiga joylashtirilsin. Аjrim ijro etilishi uchun Samarqand viloyat prokuroriga, maʼlumot uchun ayblanuvchi va uning himoyachisiga yuborilsin. Аjrim ustidan u chiqarilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida prokuror protest, ayblanuvchi, himoyachi shu sud orqali jinoyat ishlari bo’yicha Samarqand viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat keltirishlari mumkin. Raislik etuvchi, sudya /imzo/ B.Аlikulov “Аsliga to’g’ri” Jinoyat ishlari bo’yicha Samarkand shahar sudining sudyasi B.Аlikulov Download 14.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling