Aybsizlik prezumpiyasi
Download 24.23 Kb.
|
Aybsizlik prezumpiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ei incumbit probatio qui dicit, non qui negat
- Aybsizlik prezumpsiyasi Aybdorlik prezumpsiyasi
Aybsizlik prezumpiyasi Aybsizlik prezumpiyasi (lot. Praesumptio — taxmin, gumon soʻzidan olingan) — shaxs huquqlari himoyasini ta’minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining umumiy demokratik tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ba’zan lotincha Ei incumbit probatio qui dicit, non qui negat (isbotni rad etuvchi emas, balki ta’kidlovchi berishi kerak) iborasi bilan ifodalanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi - aybdorning jinoyati qonuniy tartib-da isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Gumon qilinuvchi, aybla-nuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda na-zarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sud-lanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas yoki o‘zini aybdor deb ko‘rsatish ham qonunda belgilangan tar-tibda aybi isbotlanmaguncha uni aybdor deb bo‘lmaydi. O‘zR JPKling 23-modda-sida ko‘rsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni barta-raf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sud-lanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda ke-lib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining , ayblanuvchining , sudla-nuvchining foydasiga hal qilinishi ke-rak. [1] Aybsizlik prezumpiyasining asosida umumiy, keng e’tirof etilgan axloq normasi yotadi, unga muvofiq har bir kishi aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz deb gumon qilinishi lozim.
Aybsizlik prezumpiyasi sudya, tergovchi yoki prokurorning shaxsiy fikrini bildirmaydi, xolis huquqiy xolatni anglatadi. Tergov organlari shaxsga ayb qoʻyish bilan uni ayblanuvchi deb hisoblaydilar, lekin xali uning aybdorligini isbotlash lozim. Qonungamuvofiq, shaxsning aybdoligini belgilash ayblanuvchining qonuniy huquq va manfaatlari va ayblov dalillarining tekshirilishi samarali darajada kafolatlanadigan sud bosqichida ishni koʻrib chiqish orqali amalga oshirilishi kerak. Ayblanuvchi ayblov hukmining e’lon qilinishi va uning qonuniy kuchga kiradigan vaqtgacha aybsiz hisoblanadi. Aybsizlik prezumpiyasi isbotlanishi mumkin boʻlmagan barcha gumonlar ayblanuvchining foydasiga xal boʻlishi kerak, ya’ni birovning jinoyat qilganlikda aybdorligi isbotlanmasligi uning aybsizligi isbotlanganligiga tengdir. Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat huquqining muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Unga koʻra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Mazkur prinsipning yana bir muhim xususiyati shundaki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.[2] Aybsizlik prezumpsiyasi xalqaro huquq normalarida hamda milliy qonunchiligimizda oʻz aksini topgan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida uning har bir shaxsga berilgan daxlsiz huquq ekanligi qat’iy belgilab qoʻyilgan: „Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yoʻli bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir“. Shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi Xalqaro Paktda hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa Konvensiyasida ham mazkur prinsipning alohida qoida sifatida belgilangan. Tarix[tahrir] Download 24.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling