107
tayyorlash evolyutsion yo‘li haqidagi fikri juda qo‘pol xatodir. Bozor munosabatlariga o‘tgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mavjud kadrlar tayyorlash sohasida vujudga kelgan vaqtinchalik sustkashlik hamda ta’lim
berish xizmatiga boigan talabning pasayishi — bu, o‘tkinchi hoi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, malakali mehnat bozorini shakllantirish ko‘pincha faoliyat ko‘ rsatayotgan xodimlar uchun bezarar bo'lmaydi, ustiga-ustak nisbatan qisqa muddat ichida aholi bandligi tizimida katta siljishlar bo‘lishi ko'zda tutilmoqda.
Masalan, Samarqand viloyatining tanlab olingan qishloq joylarida kadrlar bilan ta’minlanganlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum boidiki, qishloq xo'jaligini intensivlashtirish uchun ko‘p ukladli iqtisodiyot va bozor munosabatlariga o‘tish davomida 10-15 yilga qadar dehqonchiiik va chorvachilikda band boiganlar sonini ikki barobar qisqartirish lozim. Asta- sekin har sohaning ustasi bo‘lgan universal ishlovchilar sonini tobora ko‘paytirish va ularning miqdorini umumiy band bo‘lganlarning 10-12%iga yetkazish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. 2-3 xil kasb egasi bo‘lgan, hissadorlik tipidagi korxonavashirkatlardagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi omilkorlari va yuqori malakali ishchilar guruhi shakllanishini tezlashtirish lozim. An’anaviy kasbdagi ishchilar (traktorchi-mashinist, sut sog’uvchi va boshqalar) sonini birmuncha qisqartirish, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlashda katta ishlarni amalga oshirish kerak. Hozirbu yerda ishchilarning tor malakaviy ixtisoslashuvi kuzatilmoqda, boshlang’ich kasbiy tayyorgarlik va yuqori darajadagi umumiy ma’lumot va malaka talab etmaydigan «mushkul ahvoldagi kasblar», deb ataluvchi kasblar ustunlik qilmoqda. Bunday xodimlarning bozor munosabatlari sharoitiga ko‘nikishi qiyin kechadi. Milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va sohalarida, ayniqsa, mahsulot yetkazib
beruvchi sohalaridagi kadrlar holati bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq tijoratchi, inenedjer, diler, broker, bankir, marketing, reklama va sotish bo'yicha mutaxassislar va shu kabi yangi kasblarning paydo bo‘lishini qiyinlashtiradi.(75)
Do'stlaringiz bilan baham: |