Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha
Download 1.27 Mb.
|
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX BOB 0 ‘ZBEKIST0NDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH SIYOSATI
Internet resurslar
www.gks.ru Rossiya Federatsiyasi Statistika qo'mitasining rasmiy sayti www.cer. uz. - Iqtisodiy tatqiqotlar markazi www.bearingpoint.uz,www.cerengo.uz - O'zbekiston iqtisodiyoti jurnali www.stat.uz. - O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi 5.www.chelt.ru. - «Человек и труд» jurnali. 104 IX BOB 0 ‘ZBEKIST0NDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH SIYOSATI9.1. Mamlakatimiz iqtisodiyotida malakali kadrlarning tutgan o‘mi0 ‘zbekiston Respublikasi xalqlari mohiyati va mazmuni jihatidan yangi tarixiy davrni boshidan kechirmoqda. Jamiyat hayotining barcha jabhalari - siyosat, ijtimioy sohalarda va iqtisodiyotda o‘z mazmuni va mohiyati jihatidan tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishishi natijasida o‘z taqdirini o‘zi belgilaydigan darajada yuksalib, jahon hamjamiyatida o‘z o'rnini egallay boshladi, iqtisodiyotda bozor munosabatlarining bosqichma- bosqich joriy etila borishi va u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal etish imkoniga ega boidi. Bu jarayonlar orasida malakali kadrlar tayyorlashni shakllantirish va rivojlantirish alohida o'rin egallaydi. Respublikamizda hozirgi iqtisodiy holat shunday tartibda rivojlanmoqdaki, barqarorlashtirish davri amalda bozor munosabatlariga o‘tish davri bilan chambarchas holda kechmoqda. Bu esa, mehnat bozorini maksimal ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirishga alohida e’tibor berilishini talab qiladi. Mehnat bozorini shakllantirish amaliy va nazariy anglashni talab etadigan bir qator jiddiy muammolarni ko'ndalang qilib qo'yadi. Bularga misol tariqasida iqtisodiy hayotning boshqa tarkibiy qismlari, ya’ni mehnat bozori bilan o‘zaro aloqador boigan mahsulot va qimrnatbaho qog’ozlar bozori, aholi daromadlari va turmush darajasi kabi muammolarni ko'rsatish mumkin. Muammolarning boshqa guruhini esa, xususan, mehnat bozorining o‘zini shakllantirish va rivojlantirish muammolari tashkil etadi. Bular asosan aholining oqilona bandligini tashkil etish va tartibga solish, mehnat bozorini, ayniqsa, uning muhim va ajralmas tarkibiy qismi boigan malakali mehnat bozorini shakllantirish, kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqalardan iborat. Respublikamizda oqilona bandlik shakllanar ekan, bu jarayonning chuqurlashuvi va rivojlanishi malakali kadrlar bozori ham vujudga kelishiga olib keladi. Oqilona bandlik tizimini shakllantirishning asosiy mexanizmi hisoblangan mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish yanada chuqur ilmiy, amaliy ahamiyatga ega. Malakali kadrlar bozorini o‘rganish quyidagi sabablarga ko‘ra muhimroqdir: respublikamizdagi mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko‘pi qishloq joylarda istiqomat qiladi hamda bu yerda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning (YalM) 40%idan ko‘prog’i ishlab chiqariladi; ish joylarining yetishmasligi tufayli band boim agan ishga yaroqli aholining salmog’i respublika bo‘yicha jami band bo'lmagan aholining 60%ini tashkil qiladi; 105past malakaviy tayyorgarlik va aholi harakatining sustligi band bo‘lmagan shaxslarning qishloq joylaridan shaharlarga tomon harakati sekinligiga asosiy sabablardir; ishchi kuchiga boigan talabga nisbatan mehnat resurslari taklifining yuqori saviyada o‘sishi yashirineha shakldagi ishsizlik shakllanishiga imkoniyat yaratadi; mahalliy, yengil va qayta ishlash sanoatlari, qurilish industriyasi, agroservis va boshqa sohadagi korxonalarda yangi ish joylarini ochish orqali ishchi kuchi va ish joylari bozorlari o'rtasidagi oqilona tenglikni ta’minlash imkoniyatlari mavjud. Mehnat bozori o'zining ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik mazmunga ko‘ra, agrar mehnat bozori, sanoat mehnat bozori, malakali agrar mehnat bozori va xo'jalik ichki mehnat bozoriga boiinadi (24). Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling