98
Kadrlar qo'nimsizligi har qanday korxona uchun qimmatga tushadi. Qo‘nimsizlik xarajatlari quyidagilami o‘z ichiga oladi:
bo‘sh ish joylari paydo bo‘lishi natijasida uskunalarning to'xtab qolishi, ishchilarning korxonadan bo'shab ketishlari oldidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining pasayib ketishi, uskunalarga xizmat ko‘rsatishning yomonlashuvidan kelib chiqadigan yo‘qotishlar; yangi ish joyida ishchining adaptatsiya davrida mehnat unumdorligi pasayishi
tufayli yo'qotishlar; ishdan bo'shaganda qonunga muvofiq beriladigan nafaqalar va ishsizlik
nafaqalariga o'sib borayotgan xarajatlar; xodimni ishga qabul qilish, tayyorlash, ishga qabul qilish va bo‘shatishni
rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlar.
Qo'nimsizlikning mutlaq miqyoslari tahlil qilinayotgan davr uchun o‘z xohishiga ko‘ra va ma’muriyat tashabbusi bilan bo'shagan ishlovchilar soni aniqlanadi. Qo'nimsizlik ko'rsatkichi, uning darajasi qo'nimsizlikka to'g’ridan- to‘g’ri bog’liq sabablar bo'yicha ishdan bo'shagan ishchilar sonining o'rtacha ro'yxatdagi ishchilar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Hisoblash osonligi tufayli bu usul keng qo'llaniladi. Agar tahlil davrida
150 ta malakali ishchidan 30 tasi ishdan bo'shagan (qo'nimsizlik darajasi 20%) va bu hoi davom etayotgan bo'lsa, unda kelasi yil uchun xodimlarni 200 nafarlik ko'rsatkichga ko'paytirish va ushlab turish uchun 110 ta yangi ishchini ishga yollash zarur (50 ta qo'shimcha ishchi, 40 ta ishchi 200 nafardan 20% bo'shaydiganlarning o'miga va plyus 20 ta 90 ta yangi qabul qilinganlar sonidan yo'qotishlar o'rniga). Bunday formulani qo'nimsizlikni tahlil qilish uchun qoilash oson, lekin u anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin, chunki qo'nimsizlik foizi asoslangan ishlovchilarning o'rtacha soni tahlil qilinayotgan yil davomida band bo'lganlar sonining sezilarli o'sishi yoki pasayishi tufayli qator yillar uchun ko'rsatkich bo'lolmaydi.
Qator yillar uchun kadrlar qo'nimsizligini tahlil qilishda ish staji ko'p bo'lgan ishchilar korxonada qolishlarini bilish zarur.
S ish.staj.
Do'stlaringiz bilan baham: |