2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inson resurslarining ahamiyati
«Mamlakatimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, tehnik jihatdan qayta jihozlash, boy tabiiy, mineral-xom ashyo va qishloq ho‘jalik resurslaridan, mehnat va intellektual salohiyatimizdan to'liq foydalanib, xaridoibop, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish, dunyo bozorida o'zimizga xos munosib o‘rin egallash, shuning hisobidan siyosiy va iqtisodiy mustaqilligimizni ta’minlaydigan tizimni vujudga keltirish bugungi kunda bizning muhim vazifamiz»6
Inson resurslari — zarur uquv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bo'lgan jamiyat a’zolari, mehnat ahlidir. Ularning soni jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar qanday imkoniyatga ega ekanligini
belgilab beradi. Inson resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo'lganlarni ham, mehnat qilishlari mumkin bo‘Igan!arni ham qamrab oladi.
BMT taraqqiyot dasturining Inson taraqqiyoti to‘g’risidagi ma’ruzaga binoan,
«Mehnat bozorida vaziyat tarang bolgan tumanlar mavjudligi bilan — mamlakatning 50 tumanida 83 % ish o‘rinlari o‘z-o‘zini band qilish, ya’ni individual mehnat faoliyati sohasida yaratiladi, iqtisodiy faol aholi sonining band emasligi darajasi
5% va undan ko‘pni tashkil qiladi, bulardan 12 tumanda 10%dan oshadi»7
Har bir inson o‘zi tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun muayyan jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasiga ega bo'lishi kerak. Jismoniy rivojlanish darajasi bir tomonda, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan,
0 Кщшмов 11.А.ОзодваободВатаи, эркинвафаровоихаёт-шцювардмацоадимиз. —Т.; Узбекистан2000.
7 БМТнипгтаравдиётдастурн. 11 неонтаравдиётнтугрнендагимаъруза «Узбекпотоп», 2005.
jamiyatning o'z fuqarolari sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki fuqarolar kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan biri hisoblanadi.
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarini ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo'lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va u olingan davrda o'ziga ish qidirib topishi uchun
barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |