1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish



4-mavzu: Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish. 
Reja: 
1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. 
2. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
3. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish. 
4. Personalni tanlash va ishga yollash. 
5. Personalni kasbga yo’naltirish, joy-joyiga qo’yish va yangi xodimlarni xizmat vazifasiga 
moslashtirish. 
 
1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari 
 
«Inson resurslarining shakllanishi» deganda, odatda, inson resurslarining doimiy ravishda 
yangilanib turishi nazarda tutiladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarni o’z ichiga olib, bular: shakllanish, 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’moldan iborat. Inson resurslarining takror hosil bo’lishi ijtimoiy 
takror ishlab chiqarishning muhim qismi bo’lib, u ham inson resurslarining shakllanishi, 
taqsimlanishi va ulardan foydalanish davrlariga bo’linadi. 
Inson resurslarining shakllanishi yana bir necha davrlardan iborat uzluksiz ijtimoiy 
jarayonlarni o’z ichiga oladi: 
- takror xosil bo’lish (tug’ilishi) asosida yangi insonlarning paydo bo’lishi va ularning 
mehnatga layoqatli yoshga yetishi; 
- oziq - ovqat, uy - joy, kiyim, infratuzilma (madaniyat, san’at, transport, aloqa vositalari) 
yordamida mehnatga layoqatni tiklash;
- insonlar tomonidan ta’lim olish, kasb va mehnat ixtisosligiga ega bo’lish.
Inson resurslarining taqsimlanishi davri resurslarning mehnat turlari, kasbiy faoliyat sohalari, 
korxona va hududlar bo’yicha birlamchi taqsimlanishidan iborat. Inson resurslari takror xosil 
bo’lishining bu davri mehnat bozorini amal qilishi va mehnatga layoqatli aholining o’z-o’zini ish 
bilan band qilishi orqali ta’minlanadi. Inson resurslarining qayta taqsimlanishi ularning mehnat 
bozorida va mamlakat hududlari bo’yicha harakati (safarbarligi) shaklida amalga oshiriladi. 
Inson resurslaridan foydalanish davri ularning korxonalarda, hududlarda, umuman 
iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq. Bu davrning assosiy vazifasi – iqtisodiy faol 
aholining samarali ish bilan bandligini ta’minlashdan iboart. 
Inson resurlari shakllanishining birinchi davri bo’lgan yangi ishchi kuchini shakllanishida 
insonnning jismoniy va aqliy qobiliyatlarining yetarli bo’lishiga e’tibor beriladi. Zarur jismoniy va 
aqliy qobiliyat insonning yoshi bilan bog’liq bo’lib, yoshlik va o’smirlik davrlarida shakllanib, 
rivojlanib boradi, tegishli mezonga yetganda susayadi va yo’qoladi. Shuning uchun birinchi 
qarashda mehnat yoshidagi aholi soni faqat tabiiy chegaralar bilan belgilanadi. Haqiqatda esa 
biologik omillar aholini mehnatga layoqatli qismini ajratishning faqatgina dastlabki sharti 
hisoblanadi. Mehnat yoshining chegarasini aniqlashda hal qiluvchi rolni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar 
belgilab beradi. 
Mehnatga layoqatlilik o’zi nima va kimlarni mehnatga layoqatli deb hisoblaymiz? Mehnatga 
layoqatlilik – insonning ma’lum bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan mehnat qobiliyatidir. 
Tarixan insonlarning mehnatga layoqatlilik davri ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o’zgarib 
kelgan va o’rtacha 30 - 50 yilni tashkil etgan. Mehnatga layoqatli aholi – bu aholining ma’lum yosh 
doirasi bilan chegaralangan qismidir. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan 
mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60, ayollar 
uchun esa 55 yosh deb qabul qilingan. Mehnat resurslari iqtisodiyotda band etilgan va band 
etilmagan mehnatga layoqatli aholini o’z ichiga oladi. Shunday qilib, mehnat resurslarining miqdori 
mehnatga layoqatli aholining soni bilan tavsiflanadi. Aholining yosh tarkibi inson resurslari takror 
barpo qilinishi jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. Chunki, tug’ilish va o’lim jarayonlari 
aholining yoshi bilan uzviy aloqador. 


Mehnat zahiralarining shakllanishi, avvalambor, aholining yosh va jinsiy tarkibi orqali 
aniqlanadi. Uning o’zgarishi nafaqat mehnat zahiralarida, balki jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida ham 
o’z aksini topadi. Aholining yosh va jinsiy tarkibi o’zgarishidagi eng muhim natijalardan biri uning 
mehnatga yaroqli qismidagi o’zgarishlar hisoblanadi. Mehnatga yaroqli yoshdagi aholi nisbiy va 
mutlaq ko’rsatkichlarining o’zgarishi inson resurslari shakllanishiga va u orqali mamlakat iqtisodiy 
taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Aholining yosh tarkibi inson resurslari takror barpo 
qilinishi jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. Chunki, tug’ilish va o’lim jarayonlari aholining 
yoshi bilan uzviy aloqador. Aholining mehnat faolligi 18-19 yoshdan, qoloq mamlakatlarda 10-14 
yoshdan kuchaya boshlaydi. Tadqiqotlar inson ta’limiy darajasi oshishi bilan uning nisbatan past 
yoshlarda ish bilan bandligi o’rtasida teskari aloqa mavjudligidan dalolat beradi. 
Masalan, Rossiya, AQSh, JARda mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi 16 yoshni, 
Frantsiya, Angliya, YAponiya va Ozarbayjonda – 15 yoshni, Pokistonda – 12 yoshni, Beninda – 10 
yoshni, Misrda – 6 yoshni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli yoshning yuqori chegarasi (pensiya 
yoshi chegarasi) Rossiyada ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun esa – 60 yosh, Angliyada ayollar 
uchun 60 yosh va erkaklar uchun 65 yosh, AQSh, Germaniya, Kanada, Ispaniyada esa – erkaklar va 
ayollar uchun 65 yosh deb belgilangan. Mehnatga layoqatli yoshdagi ishlamaydigan nogironlar 
mehnatga layoqatli aholi tarkibiga kiritilmaydi. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi sonini hisoblash 
aholining jins va yosh tarkibiga asoslanadi. Shuning uchun ham mehnat salohiyatini statistik 
o’rganish eng avvalo demografik jarayonlarni: aholining soni va tuzilishini, tabiiy va mexanik 
harakatini o’rganishga asoslanadi. Mazkur ko’rsatkichlarni tuzish metodologiyasi mehnatga 
layoqatli aholining harakati absolyut ko’rsatkichlarini mehnatga layoqatli aholining o’rtacha soniga 
bo’lish yo’li bilan mehnatga layoqatlilarning tabiiy va mexanik harakati koeffitsientlarini hisoblash 
uchun qo’llanadi. Pensiyaga chiqish, nogironlik, mehnatga layoqatli yoshda vafot etish va boshqalar 
mehnatga layoqatli yoshdan tabiiy chiqish ko’rsatkichlari hisoblanadi. Mehnatga layoqatli aholining 
soni mavjud mehnat salohiyatini, ya’ni amalda mehnatga layoqatlilar sonini aks ettiradi. 
Iqtisodiy nuqtai nazaridan mehnat qobiliyati bo’yicha aholini guruhlarga ajratish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston va jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda aholi uch guruhga ajratib o’rganiladi. 
Jumladan:
 mehnatga yaroqli yoshgacha;
 mehnatga yaroqli yoshdagi;
 mehnatga yaroqli yoshdan keyingi. 
Aholining guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini aniqlash asosiy muammo 
hisoblanadi. Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjud bo’lgan yosh 
chegaralarini ajratish muhim rol o’ynaydi. Mehnatga layoqatli yosh chegarasi davlat tomonidan 
aniqlanadi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy 
va iqtisodiy sharoitlar, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi, aholining turmush tarzi, 
umumiy, maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o’rtacha umr davri va boshqalar ham hisobga 
olinadi.
Ana shularga asoslangan holda aholini yoshiga nisbatan 5 guruhga bo’lish mumkin. 
 Bolalar (0-14 yosh) – ularning aksariyati mehnat jarayonida ishtirok etmaydi, lekin 
kelajakda mehnat salohiyatini aniqlab beradilar.
 O’smir va yoshlar (15-24 yosh) – mazkur guruhning ma’lum qismi iqtisodiyotning qator 
soha va tarmoqlarida band, ma’lum qismi esa maktabni bitirganidan so’ng o’qishni davom ettiradi.
 25-30 yoshdagilar mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Lekin 
ularning barchasi ham iqtisodiyotda band bo’lmaydilar, ular orasida yosh bolali onalar va ayollar 
ko’pchilikni tashkil etadi.
 60 dan 70 yoshgacha bo’lganlar. Ularning aksariyati pensiyada bo’ladi, juda kam qismi 
mehnat faoliyatini davom ettiradi. Lekin bu yoshda mehnat faoliyatini davom ettirayotganlarning 
ham ko’pchiligi qariganligi sababli nafaqaga chiqadi.


 Aholining 70 va undan katta yoshdagi qismi. Ularning xammasi mehnat faoliyatidan 
chetlashadi. Iqtisodiy faollik 15-19 yoshda boshlanib, 65-69 yoshda tugaydi, 30-44 yoshda esa eng 
yuqori nuqtasiga yetadi. 
Inson resurslari salohiyatining eng muhim ko’rsatkichi mehnat zahiralari asosi bo’lib, 
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi hisoblanadi.
O’zbekiston mutlaq miqdori juda katta bo’lgan mehnat zahiralariga ega. 
Ma’lumotlarga qaraganda, respublikada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi salmog’i 2021 
yilda 57,9 % ga teng. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatda inson resurslari salmog’i, 
mehnat salohiyati qancha yuqori, mehnatga layoqatli aholi soni qanchalik ko’p bo’lsa, taraqqiyot 
yanada yuksaladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling