Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Bajardi: st-120 guruh talabasi Sherzod Jamshidovich


Download 0.66 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1589651
Bog'liq
Sherzod

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

Bajardi: ST-120 guruh talabasi Sherzod Jamshidovich


MUSTQIL TA’LIM

MAVZU: MODDIY, MEHNAT HAQI VA. USTAMA XARJATLARI HISOBI

  • O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin
  • Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi.
  • Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qo’llaniladi:
  • - hisoblashish-to’lov qaydnomaslarini tuzish yo’li bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va to’lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o’zida to’lashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to’lanadi);
  • - hisoblash qaydnomasini tuzish yo’li bilan, to’lash esa to’lov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi;
  • - har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo’liga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo’li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun to’lov qaydnomasi tuziladi.
  • Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.
  • Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
  • Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling