Personalga ehtiyojni qondirishning
passiv usuli, aksincha, mehnat bozorida ishchi kuchi
taklifining kattaligi bilan izohlanadi. Bu holda ommaviy axborot vositalari orqali bo’sh ish joylari
to’g’risida e’lonlar beriladi. Shuningdek, bo’sh ish joylarini tashkilotdagi mavjud xodimlar hisobiga
tuldirish chora-tadbirlari ham ko’riladi.
Ishga yollashda
personal lizingidan foydalanish hollari ham
uchraydi. Bunda vaqtinchalik
ish joylariga kadrlar boshqa firmalardan ijaraga olinadi. Personal lizingida xodim va ish beruvchi
o’rtasidagi munosabatlar quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Mazkur mehnat munosabatlarida vositachi firmalarning asosiy vazifasi korxona va
tashkilotlarni shartnoma asosida vaqtincha xodimlar bilan ta’minlashdir. Vositachi firma xizmatidan
foydalanadigan korxona xodim ish haqi va vositachi xizmati haqidan iborat muayyan pulni to’laydi.
Lizingga olingan xodim bajargan ishi uchun haqni vositachi firmadan oladi. Vositachi xodimning
malakasi, intizomliligi va ish sifati uchun mas’ul hisoblanadi.
2–rasm. Personal lizingida mehnat munosabatlari.
Vaqtinchalik ishlarning asosiy turlari shartnoma asosida mehnat qiladigan muhandis-texnik
xodimlar faoliyatiga taalluqlidir. Ushbu sohada vositachi firmalar xizmatidan sanoatning aviatsiya,
kemasozlik, elektron tarmoqlarida ayniqsa ko’p foydalaniladi. Lizing asosida odatda 6 oy - 1 yil,
ba’zi vaqtlarda 2 yilgacha ishga olinadi.
Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozoridagi faoliyatini tashkil etishdan
boshlab shtatga qabul qilingan xodimni xizmat vazifasiga ko’niktirishgacha bo’lgan bosqichlarni
(3-rasm) o’z ichiga oladi. Ular quyidagichadir:
Do'stlaringiz bilan baham: