1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

 
 
 
 
4–rasm. Ishga qabul qilish jarayoni. 
Ishga qabul qilish–personal bilan ishlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ko’pqirrali ish 
bo’lib, quyidagi amaliy tizimdan iborat: 
1. Ishlab chiqarish yoki boshqaruv faoliyatining u yoki bu funktsiyalarini bajarishga qodir 
nomzodlarni aniqlash. 
2. Xodimni xizmat yoki kasbiy vazifasiga muvofiq ishga yollash (qabul qilish) tartibi. 
3. Xodimni ishdan bo’shatish tartibi, sabablari va shartlari. 
4. Ishdan bo’shatilganlar va ishsizlarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi va ijtimoiy 
himoya bilan ta’minlanishi. 
Ishga qabul qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish talab qilinadi: 
komplekslik – nomzodning shaxsini har taraflama o’rganish va baholash (tarjimai holi, 
xizmat vazifasida o’sishi, kasb bilimlari va tajribasi, ishchanlik va shaxsiy xususiyatlari
sog’ligining ahvoli, u to’g’risida hamkasblarining fikrini o’rganish); 
xolislik – nomzodning aniqlangan qobiliyati tanlash va saralash jarayonlarida tasdiqlanishi, 
so’nggi qaror qabul qiladigan maslahatchi sub’ektiv fikri ta’sirini iloji boricha kamaytirish; 
uzluksizlik – eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb etish va saralash bo’ykcha ishlarni 
muttasil olib borish, rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish
ilmiylik – ishga qabul qilishga tayyorgarlik va bevosita qabul qilish jarayonida eng so’nggi 
fan yutuqlari va texnologiyalardan foydalanish. 
Ishga qabul qilish jarayonida nomzod to’g’risida ma’lumotlar to’planib, nomzodlar bu 
jarayonning tegishli bosqichlari davomida tanlanib va saralanib olinishi bilan bir qatorda, ular zarur 
ma’lumotlar (taklif etilayotgan ish joyi xususiyatlari, xizmat darajasida o’sish, malakasini oshirish 
Korxonaning xodimga bo’lgan 
ehtiyoji 
Ishga yollash 
Nomzodlarni tanlash 
Nomzodlarni 
saralash 
talablarga 
muvofiqligi 
Ishga qabul qilish 


imkoniyatlari, ish haqi miqdori, imtiyozlar) bilan ham tanishtiriladi. Personalni ishga qabul qilish, 
tanlash va dastlabki rivojlantirish bosqichlari 5-rasmda ifodalangan. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling