Kasbga yo’naltirish va kasb tanlashning iqtisodiy samaradorligi kadrlar qo’nimsizligi, mehnat
unumdorligining o’sishi, kasbni egallash uchun zarur bo’lgan vaqtni kamaytirilishi kabi
ko’rsatkichlar yordamida aniqlanishi mumkin. Olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar kasbga
yo’naltirish va kasb tanlashning iqtisodiy samarasidan yaqqol dalolat berib turibdi. Xususan, o’z
kasbini ongli ravishda, kasbiy yo’naltirishni hisobga olgan holda tanlagan xodimlar boshqalarga
nisbatan 20–40 foiz unumli mehnat qilishlari, ishda brakka ikki baravar kam yo’l qo’yishlari,
navbatdagi ishchi razryadi olishga 1 yil kam vaqt sarflashlari, kasblari yoki ish joylarini 2–3
marotaba kam almashtirishlari aniqlangan. Kasbni tanlashda xatoliklarga yo’l qo’yilishga barham
berish ishchilarni o’qitish uchun xarajatlarni 25 foizga kamaytirish imkonini berishi ham ma’lum.
Personal bilan ishlashda
kasbga qayta yo’naltirish faoliyati ham mavjud. Bu odatda uzoq
muddatli, juda murakkab va ziddiyatli jarayondir. Kasbga qayta yo’naltirish egallangan kasbiy
ko’nikmalar asosida xodimning bir kasbdan ikkinchisiga o’tishini anglatadi. Ushbu jarayon
quyidagi ko’p bosqichli tarkibga ega:
1. Avvalgi ish joyida mehnat faoliyatini yakunlash.
2. Ishsizlik.
3. Yangi faoliyat turini tanlash.
4. Yangi kasb faoliyatini o’zlashtirish.
Mazkur bosqichlarning har biri shaxsning ruhiy holati o’ziga xos bo’lishi bilan ajralib turadi.
SHuning uchun bunday holatdagi insonlarning har biriga alohida yondashuv talab etiladi. Kasbga
qayta yo’naltirishda kasbiy maslahatchi bilan ruhshunoslarning hamkorlikda ish olib borishlari
yaxshi natija beradi. Bugungi kunda bandlikka ko’maklashish markazlari tarkibida ruxshunoslik
xizmatlari ham faoliyat ko’rsatmoqda.
Ishga qabul qilingan yangi xodimlarni joy-joyiga qo’yish ham talab etiladi. Korxonada
Do'stlaringiz bilan baham: