1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0,84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish
personalni joy-joyiga qo’yish mavjud xodimlarni korxonada qabul qilingan mehnat taqsimoti va
kooperatsiya tizimiga, shuningdek, xodimlarning qobiliyatlariga binoan bo’linmalar va ish joylariga maqsadga muvofiq taqsimlashdan iboratdir. Personalni joy-joyiga qo’yish bajariladigan ishning hajmi, xususiyati va murakkabligi hisobga olingan holda jamoa faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etishni ta’minlashi lozim. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya etilishi talab qilinadi: —barcha xizmatlar va bo’linmalar xodimlarini bir tekis va to’la hajmda ish bilan ta’minlash; —personaldan uning kasbi va malakasiga muvofiq foydalanish (har bir xodim o’z xizmat vazifasini, bajaradigan ishini ravshan tasavvur etishi uchun ijrochilar funktsiyalariga aniqlik kiritish); —ishchilarning turdosh kasblarni egallashlarini ta’minlash orqali ularning zarur hollarda o’zaro bir-birlari ishini ayirboshlashlariga erishish; —har bir xodimning o’z xizmat vazifasini va topshirilgan ish uchun to’la mas’uliyatini ta’minlash, ya’ni mikdor va sifat ko’rsatkichlarini aniq hisob-kitob qilib borish. Shunday qilib, personalni joy-joyiga qo’yish xodimni ishga qabul qilish bilan bog’liq jarayonning uzviy davomi, muayyan xodimga muayyan vazifa, muayyan ishni topshirishdir. Korxonada personalni joy-joyiga qo’yish, eng avvalo, xodimlarni sanoat-ishlab chiqarish personali toifalari (ishchilar, shogirdlar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmat ko’rsatuvchi personal) bo’yicha to’g’ri taqsimlashni nazarda tutadi. Bunda ushbu toifali xodimlarning sonlari eng maqbul nisbatga erishishi muhimdir. Ana shu maqsadga ishchilar, muxandis-texnik xodimlar va boshqa xizmatchilari sonlari me’yorlarini ishlab chiqish orqali erishiladi. Korxonada xodimlarni joy-joyiga qo’yish ikkita asosiy muammo: moslashish muammosi va taqsimlash muammosi (11-rasm)ni hal etish bilan bog’liq. Moslashish muammosi, birinchidan, xodimning mehnatga moslashishi, ya’ni ish joyini ergonomik 2 talablariga muvofiq ravishda tashkil etish, ish topshiriqlarini yangidan taqsimlash, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan texnologik o’zgarishlardir. Ikkinchi tomondan esa insonning mehnatga moslashishi xodimning 2 Ergonomika – insonning ishlab chiqarish sharoitlariga ko’nikishni yengillashtirishga qaratilgan shart-sharoitlar majmuasini o’rganuvchi fan. malakasini oshirish yoki qayta malakasini oshirish bo’yicha tadbirlarda o’zining aniq ifodasini topadi. Taqsimlash muammosi personalni bajariladigan ishga bog’liq ravishda eng maqbul joy-joyiga qo’yish bilan bog’liq. Xodim faoliyatning u yoki bu turiga layoqati, birinchidan, bajariladigan muayyan ish xususiyati, ikkinchidan, xodim shaxsiy xislatlaridan kelib chiqqan holda baholanadi. Xulosa qilib aytganda, personalni oqilona joy-joyiga qo’yish xodim shaxsiy xususiyatlarining u bajaradigan ishga qo’yilayotgan talablarga iloji boricha to’la-to’kis mos kelishiga erishishdir. Download 0,84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling