2. Kasbiy maslahat berish. Bundan ko’zlangan maqsad kasb tanlash yoki kasbini
o’zgartirish to’g’risida murojaat etgan odamga uning istagi, qiziqishi, imkoniyatlarini, mavjud
bo’sh ish joylari, istiqbolda ishga joylashtirishni hisobga olgan holda yordam berishdir.
Kasb-hunarlar bo’yicha maslahatchi mijoziga:
—xavfsirashining o’rinsiz ekanligini tushuntirishi, mavjud muammosi noaniq bo’lsa, unga
aniqlik kiritishi;
—uning qiziqish doirasini aniqlab, shunga muvofiq kasb-hunarlarni taklif etishi;
—qayta o’qitish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berishi lozim.
Hal etilishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqqan holda, kasbiy maslahat berishga turli
tashkilot vakillari, shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar jalb etiladi.
3. Kasbiy tanlash (saralash). Bundan maqsad xodimni korxonaning faoliyat turidan qoniqish
hosil qilgan takdirda o’z shaxsiy xislatlariga muvofiq o’z sohasida yuksak samara keltiradigan
personal bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu ishni amalga oshirish jarayonida xodimning umumiy
ta’limi, kasbiy tayyorgarligi, ishlab chiqarish tajribasi, kasbiga munosabati, shuningdek uning
muayyan faoliyat turiga barcha shaxsiy jihatlari bilan mos kelishini hisobga olish juda muhimdir
(10-rasm).
10–rasm. Ish bilan bandlik xizmatlarining kasbga yo’naltirish
bo’yicha faoliyatlari.
Kasbga yo’naltirish bo’linmasi
(kasbiy maslahatchi)
Kasbga yo’naltirish
Kasb
iy
m
aslah
at
b
er
is
h
Kasb
iy
ax
b
o
ro
t
Ps
ix
olo
gik
q
o’
lla
b–
q
u
v
v
atlash
Kasb
iy
tan
lash
Majburiy xizmatlar
Ishsiz
fuqorolar
Bandlikka ko’maklashish
markazlariga
murojaat
etuvchi fuqorolar
Do'stlaringiz bilan baham: |