1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11–rasm. Korxonada personalni joy–joyiga qo’yish. 
 
Yangi xodimni kasbga moslashtirish kasbga yo’naltirishning yakunlovchi bosqichi, kasb 
bo’yicha axborot va maslahat berish, personalni tanlash bo’yicha faoliyat samaradorligini 
belgilovchi yakuniy natijalardan biridir. Kasbga moslashtirishning maqsadi – yangi xodim 
tomonidan xizmat va ish vazifasiga doir bilim va ko’nikmalarini egallab, ulardan amaliyotda 
samarali foydalana olishlariga erishishdir. Ushbu maqsadning pirovard natijasi yangi xodimni iloji 
boricha qisqa muddatda tashkilotga integratsiya qilish, uni o’z mehnat faoliyatida muvaffaqiyatga 
erishishga qiziqtirish va bu bilan samaradorlikni ta’minlashdir. 
Ishga moslashtirish – ikki taraflama jarayondir. Bir tomondan, xodim korxonaga ishga kirar 
ekan, bunday qarorga kelishga muayyan sabablar va ushbu qaror uchun mas’uliyatga asoslangan 
ongli tanlovga kiradi. Ikkinchi tomondan, korxona xodimni muayyan vazifa yoki ishni bajarish 
uchun o’ziga tegishli majburiyatlar oladi. 
Xodimning ishga moslashishi ikkita tarkibiy: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitlari 
(yuqoridagi 12-rasm)ni o’z ichiga oladi. 
Noishlab chiqarish (uni tashkiliy-madaniy, deb ham ataydilar) muhiti ishga moslashishga 
bilvosita ta’sir ko’rsatadi. 
Umumiy ijtimoiy, tashkiliy shart-sharoitlar insonning ishlab chiqarish jarayoniga 
moslashishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish (uni ishlab chiqarish – tashkiliy, deb ham ataydilar) muhiti murakkab 
tarkibga egadir. U kasbiy, psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, tashkiliy moslashiul, ijtimoiy faollik 
sohasida moslashish, iqtisodiy moslashish kabi masalalarni (13-rasm) qamrab oladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling