Ayimbetova gulayim izzetovna o


Download 401.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana10.11.2021
Hajmi401.62 Kb.
#173408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ozbek tasavvuf adabiyotining oziga xos xususiyatlari a.yassaviy va a.navoiy ijodi misolida

Bunda har bir chechak, 

har bir giyohning 

osmonni to‘sguday haybati bordir. 

Bu diyor naqadar ulug‘ bo‘lsa-da, 

ulkan odamlarga naqadar zordir

Mana  shu  satrlarning  o‘ziyoq  shoir  elkasini  ezib  turgan  dardning,  millatidan 

chiqqan  katta,  jasoratli  odamlarni  ko‘rishdek  armonining  yaqqol  ifodasidir.  

Qolaversa,  xalqining    mash’um  urushni  ko‘rgani  va  uning  surati  asrlar  davomida 

bobolar  ruhini  bezovta  qilajagini  og‘riq  bilan  yozadi  “Urush  suvrati”  nomli 

she’rida: 



Qonga botgan dunyoni ko‘rib, 

                                                 

1

 Бу ҳақда қаранг: Шавкат Раҳмон. Сайланма. Р. Қўчқор ва Н. Боқий қаламига мансуб “Гул қаҳри” номли сўнгсўз. 



 

2

 Шавкат Раҳмонни хотирлаб. Каримов Б. Шоирнинг ўткир сўзи. –Т.: Шарқ, 2012. 129-bet.



 


40 

 

azoblarga berolmasdan dosh. 



Ulkan, qizil quyosh har kuni 

olib ketar uzoqlarga bosh. 

Quyosh  -nur,  rizq,  iqbol  timsoli.  Uning    bu  yerlardan  bosh  olib  ketishi, 

yurtining  ma’lum  davrlar  ichida  ma’naviy  nurdan  ayrilishi  shoirning  armoni 

emasmi?  Bizning  bu  ma’noni  teranroq  anglab  olishimizga  shoir  qo‘llagan 

botayotgan quyosh detali katta yordam beradi. 

Zamon  har  doim  ham  shoirning    ko‘nglidagi  gaplarini  ochiq  aytishga  imkon 

bermadi.  Shu  bois  chechaklar-u  giyohlardan,  toshlarning  gullashi-yu,  tog‘larning 

uyg‘oqligidan  shoir  siz  bilan  biz  o‘ylagandan  ko‘ra  ko‘proq  ma’no  istadi.  Ularni 

o‘z  fikrlarini  ifodalash  vostasiga  -  timsol-u  ramzlarga,  majoziy  ifodalarga 

aylantirdi: 

Tosh ham gullarmi deb 

minglab kaltabin 

gurzisin do‘latib yiqilgan paytda, 

Mardona iljayib, ko‘rasiz, dedim, 

bir kuni gullaydi  bu tosh albatta.”

1

 

 

Shoir  bu  so‘zni  ishonch  bilan  aytdi.  Ammo  o‘sha  buyuk  toshlarning 

gullaganini,  ya’ni,    buyuk  xalqni  erkka    yuz  tutib,  ajdodlar  nomi  oqlanganini 

ko‘rolmagani, uning armoni  edi.  

Shu  kabi  ramziy  ifodalarga  boy  mushohadalarni  uning  «Armon»  nomli 

she’rida ham uchratamiz. 

Shavkat  Rahmon  umrining  so‘nggi  yillarini  og‘ir  xastalikda  o‘tkazdi. 

«Mening  har  bir  kunim  o‘limga  qarshi»  deya  ayta  olgan  shoir  chindan  ham 

shunday  yashadi.  O‘lim  bilan  kurashayotgan    kezlari  ham    o‘tli  she’rlar  bitdi. 

Uning  so‘nggi she’rlaridan tug‘ilib o‘sgan tuprog‘ini –  O‘shni  sog‘inib ketganini, 

munglig‘  ko‘zlarini    Sulton  O‘shining  yo‘llariga  tikkancha  yumganini  anglash 

qiyin emas. 

------------- 

1

 Mullaxo‘jaeva R. “Shavkat Rahmon: shoirlik-qismat.” e-adabiyot.uz sayti. 



 


41 

 

                          Abadiyat oralab 



                         O‘shga qachon etamiz?.. 

Shoir  ona  tuprog‘iga  yetib  borolmadi.  Bu  esa  bir  go‘dakqalb  shoirning  juda 

katta  ARMONi  bo‘lib  qoldi.  Agar  O‘sh  detali  satrlar  ichida  mana  men  deb 

turmaganida    biz  shoirning  asl  armoni  tug‘ilgan  yurtiga  bo‘lgan  sog‘inch  hissi 

ekanligini anglolmagan bo‘larmidik. 

Shavkat Rahmon neki orzu qilmasin bariga, tom ma’noda,  erishdi. Millatimiz 

hurfikr,  Vatanimiz ozod, Istiqlol shabodalari  erkka tashna xalqimiz qatori qalam 

ahlining ham ko‘ksini yayratib yubordi.  Ishonchimiz shuki, Xudoning hovlisidan 

turib,  bugungi  qutlug‘    kunlarni  kuzatayotgan  shoirning  zulfiqor  ruhi  xotirjam 

kezib yuribdi. 

     Shavkat  Rahmon  she’riyatida  armon  obrazi  va  uni  talqin  etgan  badiiy 

detallar hali ko‘p tahlil va tadqiq qilinadi, yangi xulosalar, fikrlar beriladi.  

  Shoir  she’riyatini  tadqiq  etayotgan  odam  undagi  vaqt  falsafasiga  be’tibor 

o‘tolmaydi. Shoir vaqtga, hatto uning bolalariga ham, tom ma’noda, sig‘inadi. Har 

daqiqa, lahza, soniya ham uning uchun chikora emas. Shoirning iqrori shuki, vaqt 

hech qachon insonga qul bo‘lmaydi, u sizdan, bizdan tashqari chiqib ketish, ya’ni 

bizni tashlab ketish qudratiga ega. Bunda vaqtni o‘z vujudiga qamay olganlargina 

yutadi: 



Download 401.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling