Ayiqtovonkabilar sinfcha (ajdodcha)si Ranunculidae ppt


Download 242.44 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi242.44 Kb.
#1726872
1   2   3
Bog'liq
Ayiqtovondoshlar

oq parpi (Aconitum talassicum)

Adonis – Sug’uro’t

  • Adonis - ko’p yillik va bir yillik o’tsimon o’simlik. Barglari qo’sh patsimon, ingichka bo’laklarga kesilgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, gulkosachabarglari 5-8 ta, gultojibarglari 5 tadan. Changchilari ham urug’chilari ham cheksiz. Mevasi ko’p a'zoli yong’oq meva, tibbiyotda yurak kasalini davolashda ishlatiladi. Sariq rangli gultojibarglaridan bo’yoq olinadi.

Parpi - Akonitum

  • O’t o’simlik bo’lib, gullari ko’m - ko’k rangda bo’lib, zigomorfdir. Bu o’simlik tarkibida akonitin degan zaharli alkoloid bor, bu modda kam miqdorda berilsa og’riqni bosadi, katta dozalari qattiq zaharlanishga sababchi bo’ladi. Akonitning asosan tuganaksimon ildizidan tayyorlanadigan ekstrakti bilan nastoykasi nevralgiya, revmatizm va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Uchma - Cyeratocephalus

  • Erta bahorgi, efemyer o’simlik. Barglari uchtali qirqilgan. O’simlikning bo’yi 1 sm dan 10 sm gacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, hashorot yordamida changlanadi. Gulkosa va gultojibarglari 5 tadan erkin o’sgan, changchilari 5-15 tagacha, Urug’chisi cheksiz.
  • Trollius –Trollius.
  • Ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari oddiy panjasimon, mevalari ko’p urug’li.

Isfarak- Delphinium-

  • Bir va ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari chuqur qirqilgan. Gullari zigomorf, сochoq to’pgulga o’rnashgan. Hamma vakillari tarkibida delfinin moddasini saqlaydi. Gullari chiroyli bo’lgani uchun ayrim turlari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.

Sedana- Nigella

  • Poyasi tik o’sgan, barglari patsimon yoki panjasimon bir yillik o’t o’simlik. Kosachabargi 5 ta, ko’kish, tojbargi 5-8 ta, mayda shiradonli, changchisi cheksiz, urug’chisi 2-10 ta. Urug’ida 1,40% efir moyi saqlaydi. Urug’i uchun ko’p joylarda ekiladi.

O’rmalovchi ayiqtovon - Ranunculus repens L.


Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling