Ayirish organlarining yoshga xos xususiyatlari Tayyorladi: Qayumova S


Download 1.4 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1525962
  1   2   3
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

Ayirish organlarining yoshga xos xususiyatlari

Tayyorladi:Qayumova S


Reja:
1. Ayirish a’zolarining fiziologiyasi
2. Buyrakning mikroskopik tuzilishi
3. Buyrakda siydik hosil bo‘lishi
4. Buyraklar funksiyasini boshqarilishi
5. Siydik ayrishining yoshga oid xususiyatlari
Ayirish. Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart
Ayirishning ahamiyati
Ovqat tarkibida iste'mol qilingan oqsil, yog', uglevodlar, suv, tuzlar me'da-ichaklardan qonga so'rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to'qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonIar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo'ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o'tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ayirish a'zolariga: buyrak, teri, o'pka kiradi. Ayirish organlariga yog‘, ter va sut bezlari ham mansubdir. O‘pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil uchuvchi gazlar ajraladi. Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi. Ichaklar orqali hazm bo'lmagan oziq moddalar qoldiqlari, metall tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilar va organik bo’yoqlarning qoldiqlari ajraladi.
Siydik ayirish a'zolarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish a'zolari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish a'zolariga buyraklar (o'ng va chap), siydik yo'li,qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi
Buyrak juft a'zo bo'lib (o'ng va chap buyrak), qorin bo'shlig'ining bel qismida, ya'ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining yon tomonidajoylashgan. U loviya shakliga o'xshash bo'ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo'lib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yo'li ham chiqadi. Har bir buyrakning og'irligi o'rtacha 150 g keladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling