Kechasi siydik tutaolmaslik yoki enurez
Kichik yoshdagi bolalar ko‘pincha kechasi uxlab yotgan vaqtida beixtiyor siyib qo‘yadi, shu sabab bilan kechasi siydik tutolmaslik yoki enurez deb ataladi. O‘g‘il bolalarda bu hodisa qizlarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Shunda ham qishda ko‘proq kuz va bahorda kamroq bo‘ladi. Uyquga yotish oldidan ko‘p suyuq ovqat (sut, choy, kofe va boshqalar) ichish kechasi siyib qo‘yishga yo‘l ochadi.
Ruhiy kechinmalar, jismonan qattiq charchash va boshqa o‘zgarishlar ham shunga olib keladi.
Enurezning oldini olish yuzasidan ko‘riladigan gigiyena chora tadbirlari avvalo siydik tutolmay qolishga yo‘l ochadigan sabablarni bartaraf qilish, qat’iy kun rejimi va ovqatlanish rejimi (uyqu oldidan suyuq ovqat ichmaslikjdan iboratdir. Kechasi siyib qo‘yadigan bolalar uchun maxsus parhez ishlab chiqilgan. Kechasi siyib qo‘yadigan bolalar o‘z qilmishlaridan juda uyaladilar. Ular hech kimga aralashmaydilar, kechqurunlari esa uzoq vaqtgacha uxlay olmaydilar. Bu ularning charchashiga va uxlab qolgandan keyin darrov siyib qo‘yishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |