Ayirish organlarining yoshga xos xususiyatlari Tayyorladi: Qayumova S


Download 1.4 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1525962
1   2   3
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

Buyrakning mikroskopik tuzilishi. Buyrak bo'ylamasiga kesib qaralganda, uning to'qimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir po'st qavat va ichki oqimtir mag'iz qavatdan iborat ekanligi ko'rinadi.
Buyrak to‘qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln. atrofida nefron bor.
Nefronlar buyrakning ish boshqaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Ular murakkab tuzilgan. Buyrakning po‘st qavatida voronka shakldagi Shumlyanskiy kapsulasi joylashgan bo‘lib, u ikki qavatli yupqa pardadan tashkil topgan. Ushbu kapsuladan birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar boshlanib, buyrakning po‘st qavatidan mag‘iz qavatiga o‘tadi. Buyrakning mag‘iz qismida kalavasimon kanalcha to‘g‘rilanib, yuqoriga buriladi. Bu burilish joyi Genii qovuzlog‘i deb ataladi. So‘ngra u yana buyrakning po‘st qavatiga o‘tib ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchani hosil qiladi. U chiqaruvchi kanalga tutashadi. Kalavasimon kanalchalarning uzunligi 120 km, atrofida bo‘ladi. Chiqaruvchi kanal buyrkning po‘st va mag‘iz qavatlari orqali o‘tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa yuqorigi siydik yo‘li boshlanadi.
Buyraklar funksiyasini boshqarilishi.
Buyraklar, siydik hosil bo‘lishi nerv va gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik ajralishini ko‘paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa miyaning bo‘lagida sintezlanadigan antidiuretik gormoni (ADG) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga ta ’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi.
Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko‘paytiradi. Ajartiladigan siydik miqdori iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdoriga bog‘liq, issiq shaoitda issiq vaqtda, jismoniy ish bajarganda siydik ajralish kamayadi, chunki ter ajralishi ko‘payadi.
Buyrak bolalarda kattalarga qaraganda pastroqda turadi. Shunda ham o‘ng buyrak chap buyrakka qaraganda pastroqda joylashgan. 13 yoshgacha buyraklarnipg vazni, tuzilishi, funksiyasi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada buyrakning vazni 11-12 g, 1 yoshda 36-27 g, 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-84 g, 13 yoshda 100-102 g, 15 yoshda 115- 120 g bo4ladi. Bola o‘sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik xususiyatlari o‘zgarib boradi, lekin bu jarayonlar ayniqsa bola hayotining birinchi yilida 13-15 yoshida (balog‘atga yetilishi) va 20 yoshida sezilarli darajada bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari qovuqning hajmi 200 ml. ga teng bo‘lsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml. ga 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo‘ladi. Biroq qovuq butunlay to‘lmasdan turib siydik chiqarilishi mumkin. Emadigan bolalarda siydik hosil bo‘lishi bola tanasining har m2 sathiga hisoblaganda kattalarnikidan 2-3 marta ortiq bo‘ladi. 7-9 yoshgacha kamayib jinsiy balog‘at, yoshida bir oz ortadi. 1-3 yoshda bir kecha kunduzda 760-820 sm3 5-6 yoshda 1 dm3, 7-8 yoshgacha 1-3 dm3 12-13 yoshgacha 1,9 dm3 siydik hosil bo‘ladi.
Bolalarda moddalar almashinuvi jadal borganidan siydikning tarkibi kattalarnikidan farq qiladi, tarkibida organik moddalar va mineral tuzlar nisbatan kam bo‘ladi. Yosh ortishi bilan siydikning tarkibi va xossasi o‘zgarib boradi. Bolalarda siydik ko‘proq hosil bo‘ladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bola bir sutkada 350-380 ml, bir yoshda 750 ml, 4-5 yoshda 11 atrofida, 10 yoshda 1,5 1, 15-16 yoshda 21 siydik ajratadi. Bir yoshda siydik ajratishga shartli refleks hosil bo‘lmaydi, shu sababli bola siydik tutib turolmaydi, chunki siydik chiqarish nerv markazlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. 2 yoshdan boshlab siydik tutib turishga shartli refleks hosil bo‘la boshlaydi va tobora rivojlanib boradi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling