Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari


Download 1.46 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1520695
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ayrish tayyor


Mustaqil
ish

Topshiridi : Maxsudova Sh


Qabul qildi : Elmurotova Z


AYIRISH TIZIMI FILOGENEZI VA BUZILISHLARI

REJA:


1. Ayirishning ahamiyati.
2. Ayirish a’zolari tuzilishi.
3. Buyrakda siydik hosil bo’lishi jarayoni.
4. Ayirish a’zolari kasalliklari.
5 .Buyrak sanchig’i
6. Buyrak yetishmovchiligi
Kirish
Buyrak (ren, grekchanephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq. Uning yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hilus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga (sinus renalis) o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan.



AYIRISHNING AHAMIYATI

Ovqat tarkibida iste'mol qilingan oqsil, yog', uglevodlar, suv, tuzlar me'da-ichaklardan qonga so'rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali ta¬naning barcha to'qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonIar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreati¬nin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo'ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o'tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo'lib, uning natijasida organizm moddalar alma¬shinuvida hosil bo'lgan qoldiq moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling