Ayiruv organlarining yosh hususiyatlari
Download 174.5 Kb.
|
Teri tuzilishi va funksiyasi.
TER BEZLARI
Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi bilan uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi. Taraqqiyoti. Ter bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima tomon botib kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti yog’ klet-chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; epitelial tasmaning yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining oxi-rida epitelial tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo bo’ladi. Ter bezlari inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi. Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning soni 3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari terining barcha qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, tovonda, qo’ltiq osti chuqur- J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima. chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm2 sathida 300 ga yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter bezlarining zichligi (1 mm2 sathdagi soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter bezlarining sekreti 98 % suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik modda-lardan tashkil topgan. Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida joy-lashadi. (150-rasm). Ter chiqaruv naychalari derma va epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-jayralari tagida, bazal membranada, mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki qavatli ubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, peshanada, sut bezlari so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito-plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi. Download 174.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling