Ayiruv organlarining yosh hususiyatlari


Download 174.5 Kb.
bet2/9
Sana11.03.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1260166
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Teri tuzilishi va funksiyasi.

TERI TUZILISHI
Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. Terining quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga o’tadi.
Epidermis va dermaning chegarasi notekis bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va nozik argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi.
Epidermis. Terining tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat (54-rasmga q.). Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-4 mm) bo’lsa-da, u umumiy tuzilishga egadir.
Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon hujayralar qavati (strat­um spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (st­ratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua mourn).
Epidermisning hujayralari bazal qavatdan boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib, yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish jarayonlarining turli davrlarini kuzatish mumkin.
Bazal tcavat epidermisning eng quyi qatlami hisoblanib, der-madan bazal membrana orqali ajralib turadi (149-rasm). Bu qatlam bir qavat joylashgan 2 xil - bazal (epidermotcitlar) va pigment hujayralari - melanotcitlardan iborat. Bazal hujayralar bir qator bo’ychan, tcilindrsimon hujayralar-dan tashkil topgan. Bu hujayralarning oval yadrosi xromatinga boy bo’lib, hujayra tcitoplazmasi bazofil xususiyatga ega. Bazal hujayralar o’zaro desmosomalar orqali birikadi. Hujayralar oralig’ida yoriqlar bo’lib, shu tuzilmalar bo’ylab to’qima suyuq-ligi harakat qiladi. Hujayralarning nozik tuzilishida barcha organellalar qatori yadro atrofida va desmosoma sohasida joy-lashgan tonofibrillalar yaqqol ko’zga tashlanadi. Bazal qavatda ko’plab mitoz yo’l bilan bo’linayotgan hujayralar uchraydi.
Pigment hujayralar - melanotcitlar teri pigmenti - melanin sintez qiladigan hujayralardir. Gemotoksilin-eozin bilan bo’yalgan preparatlarda melanotcitlar och bazofil tcito-plazmali bo’lib, yadrosi to’q, kumush tuzi bilan bo’yalganda (im-pregnatciya qilinganda) pigment hujayralarining uzun, tarmoq-

149-rasm. Epidermis hujayralarining elektron mikrofotografiyasi. x4.000.
1 _ bazal qavat hujayralari; 2 tikansimon hujayralar qavati; 3 - muguz qavat; 4 -
qon tomirlar.
langan o’simtalari ko’rinadi. SHu o’simtalarda va hujayra tanl-sida ko’pgina melanin donachalari joylashadi (54-rasmga q.). Gistoximiyaviy usulda melanotcitlarda teriga rang beruvchi pig-Ment-melanin sintez qilishda ishtirok etuvchi ferment DOFA - oksidaza) dioksifenilalanin oksidaza borligi aniq-landi. Bazal epidermotcitlarda ham pigment donachalari bo’lishn mumkin, bu donachalar hujayralarga melanotcitlarning o’simta-lari orqali o’tib qolishidan yuzaga keladi. Uzi pigment chiqar-maydigan, lekin melanin tutuvchi bunday hujayralar melano-forlar deb ataladi.
Epidermisning ikkinchi - tikanaksimon hujayra.gar qavati bazal qavat ustida joylashgan 5-10 qavat hujayralardan ibo-rat. Tikanaksimon hujayralar juda ko’p tcitoplazmatik o’simta-larga ega bo’lib, shu o’simtalar orqali hujayralar bir-biri bilan desmosomalar hosil qilib bog’langan. Bu hujayralar tci-toplazmasida tonofibrillalar yaxshi rivojlanib, ular desmo-somalarga tutashib ketadi. Hujayralarning pufaksimon yumaloq yadrosida xromatin kam bo’lib, och bo’yaladi. Tikanaksimon hujayra-lar qavatining quyi - bazal qavatga yaqin joylashgan qatlamla-rida mitoz yo’li bilan bo’linayotgan hujayralar uchraydi. SHu-ning uchun ham bazal va tikanaksimon hujayralar qavatlari epidermisning o’suvchi- Mal’pigi qavati (rete Malphygi) ni tashkil etadi. O’suvchi qavat hisobiga epidermis hujayralari-ning 19-20 kun ichida almashinib turishi (fiziologik regene-ratciyasi) kuzatiladi.
Epiteliotcitlardan tashqari bazal va tikanaksimon hujay-ralar qavatida o’z shakli bilan melanotcitlarga o’xshash o’sim-tali hujayralar - dendrotcitlar (Langergans hujayralari) uch-raydi. Pigment hujayralaridan farqli o’laroq dendrotcitlar kumush tuzlari bilan yaxshi bo’yalmaydi, ularda DOFA - oksida-za aniqlanmaydi. Bu hujayralar atrofidagi hujayralar bilan desmosomalar hosil qilmaydi, tcitoplazmasida ko’p miqdorda tennis raketkasi shaklidagi argentofin donalar tutadi. Ularga, lizosomalarning bir ko’rinishn bo’lgan keratinosomalar raladi. Ko’pincha bu hujayralar yonida dermadan o’tgan T-limfo-tcitlar ham uchraydi. Dendrotcitlar va T-limfotcitlar epidermis-da mahalliy immunologik nazoratni tashkil qiladilar.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling