Aylanma mablag'lar tejamkorligi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja: Kirish


Download 74.72 Kb.
bet5/7
Sana20.12.2022
Hajmi74.72 Kb.
#1040724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u






    1. Korxona aylanma mablag’larining namunaviy to’zilmasi

Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashqil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning harakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizasiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar to’zilmasining tarmoqlar bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin.
Aylanma fondlar to’zilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli hildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashqil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yani korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo’lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.

Download 74.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling