Aylanma mablag'lar tejamkorligi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja: Kirish


Download 74.72 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi74.72 Kb.
#1040724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, yani pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.CH);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish ko’rsatkichlari
Aylanma mablag’lar aylanishini izohlash uchun quyidagi qator ko’rsatkichlar qo’llaniladi:
1. Aylanma mablag’larining aylanish koeffitsienti – Ka, sotilgan mahsulotni ulgurji narxida o’lchangan hajmining aylanma mablag’larning o’rtacha-yillik qolidig’i bo’linmasiga teng, ya’ni:

Bu erda:
Ms - ishlab chiqarish yoki sotilgan mahsulot hajmi (ulgurji narxi bo’yicha, so’m);
O’q - aylanma mablag’larning o’rtacha-yilik qoldig’i (bir aylanish davri uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’lar miqdori, so’m).
Tkal - kvartal yoki yil mobaynidagi kalendar kunlar (360, 90 kun).
D - aylanma mablag’larning 1 aylanish davri, kun.
Ka - kvartal yoki yil mobaynida aylanma mablag’lar to’la doiraviy aylanish sonini yoki 1 so’m aylanma mablag’larga to’g’ri keladigan sotilgan mahsulot hajmini ko’satadi.
Masalan, sotilgan mahsulot hajmi 2000 mln so’m, o’rtacha-yillik qoldiq 400 mln so’m. Unda Kaq2000/400q5, ya’ni yil mobaynida aylanma mablag’larning 1 so’mi 5 marotaba aylangan.
Bir aylanish davr davomiyligi D quyidagicha aniqlanadi:

bu erda:
Tkal – davr vaqti (oyq30 kun, kvartalq90, yilq360);
Ka – aylanish koeffitsienti, yoki

Keltirgan misolda Dq360/5q72 kun yoki (360·400)/2000q72kun
Aylanma mablag’larning aylanish davri (D) qancha qisqa yoki aylanish soni (Ka) qancha ko’p bo’lsa (mahsulot hajmi o’zgarmagan xolda), aylanma mablag’lar sarfi kamayadi yoki bir aylanish doirasiga zarur bo’lgan mablag’lar harakat tezligi oshsa, shunchalik aylanma mabag’lardan samarali foydalangan hisoblanadi. Yoki aylanish soni oshgan sari bir aylanish davriga zarur aylanma mablag’lar miqdori o’zgarmasa, unda yilik mahsulot hajmi ko’payadi.
Mahsulot hajmining ko’payishi va aylanma mablag’larning 1 aylanish davriga zarur bo’lgan miqdorini tejalishi ishlab chiqarishning samaradorligini o’sganidan dalolat beradi.
Keltirilgan misolni ko’raylik:
Dq72 kun, O’kq400 mln so’m, Myq2000 mln so’m, Kaq5.
Aylanma mablag’lar harakat tezligini o’sishi natijasida (tegishli chora-tadbirlar o’tkazilgandan so’ng) bir doiraviy aylanish davri 60 kunga teng bo’ldi.
U holda Kaq360/60q6 marotaba bo’ldi.
a) Agar mahsulot hajmi o’zgarmasa (Myqconst), bir aylanish davriga zarur aylanma mablag’lar miqdori O’q: O’qqM/Kaq2000/6q333,3 mln so’m bo’lib, ya’ni aylanma mablag’lar tejalgan hajmi (e) – eO’qq400-333,3q64,67 mln so’mni tashkil qiladi.
b) O’kqconst holda Kaq6 bo’lsa, u xolda MyqKa*O’qq6*400q2400 mln so’m, ya’ni yillikning mahsulot hajmi (). Myq2400-2000q400 mln so’mga ko’paygan.
Aylanma mablag’lar aylanish tezligini oshirish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • Ishlab chiqarish zahiralarini hosil qilish bosqichida - iqtisodiy asoslangan zahiralar normalarini joriy etish; xom-ashyo, komplektlash buyumlar, yarim fabrikatlar bilan ta’minlovchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirish;

  • Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida – ITT (progressiv, ilg’or texnologiya, texnikani joriy etish, ishlab chiqarish kimyolashtirish, chiqindisiz yoki chiqindi texnologiyalarni o’zlashtirish va h.k.); sanoat ishlab chiqarishni tashkil qilish formalarini takomillashtirish; iqtisodiy raqobatlantirish tizimini takomillashtirish; moddiy resurslardan tejamli foydalanish; xaridorgir mahsulot ulushini ko’paytirish va h.k.

  • Muomila bosqichida – iste’molchilarni ta’minlovchilarga yaqinlashtirish; hisob tizimini takomillashtirish; to’g’ri aloqalar bo’yicha buyurtmalarni bajarish natijasida sotilgan mahsulot hajmini ko’paytirish; mahsulotni muddatidan ilgari ishlab chiqarish; tejalgan materiallardan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish; mahsulotni tuzilgan shartnomalarga binoan ortilishiga qat’iy rioya qilish va h.k.



Download 74.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling