Butun olamni uning nixoyatda xilma XIL formalarini va olamdagi sodir bo’lib turadigan, xar XIL
Download 348,07 Kb. Pdf ko'rish
|
Kimyo 1
1.
Kimyo fani - butun olamni uning nixoyatda xilma xil formalarini va olamdagi sodir bo’lib turadigan, xar xil xodisalarni tekshiruvchi tabiy fanlar qatoriga kiradi. Kimyo fani – moddalar, ularning tarkibi va tuzilishi, xossalarini moddalarning bir-biriga aylanishini o’rganadigan fandir. Mavjud barcha moddalar D.I.Mеndеleyеv jadvalidagi 107 elеmеntlardan hosil bo’ladi. Bu moddalar o’z tarkibiy qismi bilan farq qiladi. Moddalarning boshqa moddalarga aylanishi kimyoviy jarayon dеb ataladi. Binobarin, kimyo fani moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari, ularning boshqa moddalarga aylanishi va bu vaqtda sodir bo'ladigan o’zgarishlar haqidagi fandir. 2. «Farg'onaazot» OAJ “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi yirik sanoat kimyo korxonalaridan biri bo’lib Zavod mahsulotlari nafaqat respublikamiz qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qondiradi, balki chet mamlakatlarga eksport qilinadigan xaridorgir mahsulot hisoblanadi . Mustaqillik yillarida korxona bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tish, mulk shaklini o’zgartirib, korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kabi tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Oldimizda korxonani yanada takomillashtirish, davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni o’zlashtirish, jahon standartlariga mos, raqobatbardosh, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ularning hajmi va sifatini yanada yaxshilashdek muhim vazifalar turibdi. Bunday keng ko’lamli rejalarni ro’yobga chiqarish uchun jamoada tajriba va imkoniyat, bilim va sabot, kuch-g’ayrat yetarli. Bosib o’tilgan yarim asrlik shonli yo’l davomida matonatli kishilar mehnati bilan qo’lga kiritilgan obro’-e'tiborni saqlab qolish, yaxshi an'analarni davom ettirish bugungi avlodning muqaddas burchidir. «Farg'onaazot» OAJ viloyatimizdagi yirik sanoat kimyo soxasidagi korxona xisoblanib Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifida viloyatdagi kimyo sohasidagi yirik tashkilot “Farg’onaazot” OAJ ga faol investsiyani jalb qilish to’g’risida viloyat rahbariga topshiriq bergan. Hozirgi kunda korxonada rekonstruksiya va modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda. Kelajakda ushbu korxona o’zi ishlab chiqargan kimyoviy mahsulotlar bilan nafaqat viloyatda, balki respublika, qo’shni davlatlarda o’z o’rniga ega bo’lishga harakat qilmoqda.
3. Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy jihozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshqa — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar "al" qoʻshimchasini qoʻshib mashhur "Alkimyo"ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida "Ximiya" nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda "Kimyo" soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax" dan olingan. Baʼzi olimlar "Kimyo" soʻzi Misrning qad. nomi "Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda "Kimyo" "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa "Kimyo" soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
Download 348,07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling