Aylanma mablag'lar tejamkorligi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja: Kirish


Download 74.72 Kb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi74.72 Kb.
#1040724
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u


AYLANMA MABLAG'LAR TEJAMKORLIGI VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI.
Reja:
Kirish
1. Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
2 Aylanma mablag’larning to’zilmasi va harakati hamda ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri
3. Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish ko’rsatkichlari
4. Aylanma mablag‘lari tejamkorligi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
"Borliq ongni belgilaydi" iborasi ma’lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda jamiyat hayoti va iqtisodiyotining tuzilishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiyotning oila o’chogi miqyosida, Shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xujaligi miqyosida ko’rib chiqilishi bejiz emas. Bunday holatda gap mak-roiqtisodiyot haqida, uning tendentsiyalari, qonuniyatlari haqida borib, unda ko’rib chiqiladigan muammolar ba’zi hollarda korxona iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi.
"Iqtisodiyot" atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari va odamlarning turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqka tortish, samarali qo’llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, Shunchalik yo’qrrn bo’ladi.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi urni va ahamiyatiga uz vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni "homo economicus" - "iqtisodiy odam" deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag’larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni o’rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’kul keluvchi sifat va miqdor o’lchamlariga ega bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ri bo’lar edi. Demak, iqtisodiyot ulchamlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona xo’jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ay­irboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi.
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’navny, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabxasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo’ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko’ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini bilish, ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo’jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo’yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ob’yektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o’z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining me’yoriy jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.


Download 74.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling