Aylanma mablag’lar va ularning tezligi
jadval Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari
Download 140.5 Kb.
|
Aylanma mablag’lar va ularning tezligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manbalar 01.01.1987 01.01.1990 01.01.1995
jadval
Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari (foiz hisobida)
Jadval ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, oxirgi yillarda aylanma aktivlarning manbasidagi korxonaning o`z aylanma mablag`lari salmog`i oshib bormoqda. 80-yillardan aylanma mablag`larning 50 foizdan ortig`i bank krediti hisobidan tashkil qilingan bo`lsa, 90-yillarning oxiriga kelib korxonaning o`z mablag`lari miqdori 52 foizni tashkil qilgan. Bu ko`rsatkich xo`jalik faoliyatini olib borish mustaqilligidan dalolat beradi. Xo`jalik subyektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin: Kreditning xo`jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag`larni iqtisod qilishga olib keladi. Kredit xo`jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog`liq bo`linishlarning oldini olishga yordam beradi. Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi. Kredit o`z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Bank korxonalarga kredit berish yo`li bilan ularning faoliyatini yaxshilanishiga ta`sir ko`rsatadi. Aylanma aktivlarning uchinchi manbasi - kreditor qarzlardir. Kreditor qarz shaklidagi mablag`lar korxonaga tegishli bo`lmagan mablag`lar bo`lsa-da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quyidagilar kiradi: Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblar. Budjet bo`yicha qarzlar. Mehnatga haq to`lash bo`yicha qarzlar. Ijtimoiy sug`urta va ta`minot bo`yicha qarzlar. Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha qarzlar. Budjetdan tashqari to`lovlar bo`yicha qarzlar. Shu`ba korxonalariga qarzlar. Uyushma korxonalariga qarzlar Boshqa kreditorlar. Aylanma aktivlarning boshqa manbalariga moddiy rag`batlantirish fondi va boshqa fondlar qoldiqlari kirishi mumkin. Korxonalarning moliyaviy ahvoli ijobiy bo`lsa, u o`z vaqtida bank kreditini to`lashi, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilishi, ish haqini to`lashi, budjetga to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishi mumkin. Korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashganda to`lanmagan qarzlar hosil bo`ladi. To`lanmagan qarzlar: a) bank kreditlari bo`yicha; b) mol yetkazib beruvchilarga o`z vaqtida to`lanmagan qarzlar; v) ish haqi bo`yicha to`lanmagan qarzlar va boshqalar bo`yicha yuzaga keladi. To`lanmagan qarzlarning yuzaga kelish sabablari korxona ko`zlagan rejalarining amalga oshirilmaganligi, aylanma aktivlardan foydalanishida samaraga erisha olmaslik va boshqalar bo`lishi mumkin. Aylanma aktivlardan foydalanishda bo`ladigan kamchiliklar: Korxonalar o`z aylanma mablag`lari bilan yetarli ta`minlanmagan sharoitida; Aylanma aktivlar aylanishi sekinlashganda; Korxonada talabdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar zaxiralari yig`ilib qolganda; Aylanma aktivlar ko`zda tutilganidan boshqa maqsadlarga ishlatilganda yuzaga keladi. Korxona o`z aylanma aktivlarining holatini, ularning samaradorlik ko`rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish lozim. Aylanma aktivlardan foydalanishning samaradorlik ko`rsatkichlari bo`lib: a) aylanma aktivlarning kunlarda aylanishi; b) aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti; v) korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi; g) korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari kabi asosiy ko`rsatkichlar va bir necha qo`shimcha ko`rsatkichlar mavjud. 1. Aylanma mablag`(aktiv)larning kunlarda aylanishi (Ak.a.) aylanma mablag`lar bir marta aylanishi (ya`ni P-T...i/ch...T`-P`gacha) uchun necha kun ketganligini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi. Bu yerda: Ao`.q. - Aylanma mablag`(aktiv)larning o`rtacha qoldig`i K - hisoblanayotgan davrning kunlar soni (90 kun, 180 kun, 360 kun) S - sotuv hajmi. Aylanma aktivlarning kunlarda aylanish sonining qisqarishi ular aylanishining tezlashuvidan, bu o`z navbatida sotuv hajmi va foydaning ko`payishidan, aksincha holat esa, korxonaning moliyaviy ahvolining tangligidan dalolat beradi. 2. Aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti (Ka) ma`lum bir davr (1 yil, 6 oy, 1 oy) ichida aylanma aktivlari necha marta aylanganidan dalolat beradi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: Aylanma aktivlar ma`lum bir davr oralig`ida qancha ko`p aylansa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi, ya`ni shuncha marta daromad olishga erishish mumkin. Har bir xo`jalik subyekti o`zida mavjud bo`lgan aylanma mablag`larning tezroq aylanishini ta`minlashi lozim. Bu esa korxona tushumining ko`payishiga, uning mol yetkazib beruvchilar, budjet, bank va boshqa subyektlar oldidagi majburiyatlarini o`z vaqtida bajarishga imkon yaratadi. 3. Aylanma aktivlarning samaradorligini ifodalovchi keyingi ko`rsatkich - korxonaning o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi yoki muxtoriylik koeffitsiyenti (Km)dir. Bu ko`rsatkich korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqillik darajasini ko`rsatib, o`z mablag`lari manbalarini korxona balansining jami passiviga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. O`zMM - o`z mablag`lari manbasi (balans 390 qator); Bp - balans passivi (550 - qator). Korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi 30 foiz dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bu ko`rsatkich 60 foizdan yuqori bo`lsa, kreditlash bo`yicha risk minimal bo`lishi mumkin. 4. Korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari miqdori korxonaning likvidliligini ifodalashi mumkin. Bu ko`rsatkich (HMA) quyidagicha aniqlanadi: Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling