Aylanmadan olinadigon soliq to’lovchilari, soliqni hisoblab chiqarish va to;lash usullari
Download 29.85 Kb.
|
Aylanmadan olinadigan soliq hisob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkalari
Soliq imtiyozlari
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar. 3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi; 5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir; 6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar; 7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Ushbu soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan 7-bandda ko‘rsatilgan shaxslar mustasno. Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. Soliq stavkalari Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno). Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi. Soliq stavkalarining aniq miqdorlarini quyidagi https://soliq.uz/regulations/land-property-tax havola orqali ko‘rish mumkin. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi. Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi. Xulosa Savol: 2020 yil oboroti 1 mlrd. So’mdan oshgan holda QQS to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs 2021 yilda vaqtincha faoliyat yuritmaganligi sababli, QQS to’lovidan voz kechib aylanmadan olinadigon soliqlni to’lashga o’tishga haqlimi Javob: Yo'q haqli emas, 2021 yilda jami daromad 1 mlrd. so'mdan oshmaganda, aylanmadan olinadigan soliq to'lashga 2021 yil 21 dekabrga qadar soliq organlariga xabarnoma taqdim etgan holda 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab, aylanmadan olinadigan soliq to'lashga o'tish mumkin SK 462-modda.Misol uchun aylanmadan olinadigan soliq to'lovchi korxona 2020 yilning dekabr oyiga kelib tovar aylanmasi 1,5 mlrd.so'mni tashkil etdi. Korxona 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, QQS to'lovchisi sifatida ro'xatda turishi shart va 12 oyi davomida QQS to'lovchisi hisoblanadi. 2021 yil davomida korxona tovar aylanmasi 1 mlrd.so'mdan oshmagan taqdirda, 2022 yilning 1 yanvaridan aylanmadan olinadigan soliqni to'lashga qayta o'tishga haqli. Bunda, 2021 yilning 21 dekabriga qadar soliq organiga, QQS solig'idan voz kechib, aylanmadan olinadigan soliqqa o'tish to'g'risida xabarnoma yuboradi. Adabiyotlar 1. Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “IQTISOD-MOLIYa”, 2019. -408 b. 2. Jo’rayev A.S., Usmanova M.S., Amanov A.M., Qiyosov Sh.U. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik, –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 432 b. 3. Jo’rayev A., Shirinov S. Soliq statistikasi va prognozi. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2015. -320 b. 4. Jo’rayev A., Safarov G’., Meyliyev O. Soliq nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. –324 b. 5. Jo’rayev A., Usmanova M. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling