Ayn ul-hayot


“ Ayn ul -hayot”da qur’oniy g`oyalarning badiiy talqini va ularning tarjimada berilishi


Download 202.37 Kb.
bet14/20
Sana18.06.2023
Hajmi202.37 Kb.
#1560297
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH

3.2 “ Ayn ul -hayot”da qur’oniy g`oyalarning badiiy talqini va ularning tarjimada berilishi.

Sharq shoirlari devon tuzganda avvalo debocha, so‘ngra Olloh taolloni madh etishiga bag‘ishlangan hamd g‘azallarni joylashtirganlar. Keyin butun olamlarning yaratguvchisiga munojot tarzidagi g‘azallarni, shulardan so‘ng na't – ya'ni Muhammad alayhis salom ta'riflari keltirilgan g‘azallarning joylashtirilishi umumiy qoidaga aylangan edi.


Na't qasida sanalmish “ Ayn ul hayot “ qasidasi asosida “Qur'oni karim”, “Hadisi sharif va diniy islomiy manbalar turadi. Ularda Islom ta'limoti, din tarixi, “Qur'oni majid va hadis g‘oyalari va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq voqealarga keng o‘rin berilaladi”. Misol qilib Atoyi lirikasidan quyidagi baytni olaylik.
Qoba qavsayn ittihodin qoshlaring qildi ayon
Sochlaring xud oyatidur laylatul me'rojdin
Navoiy netar qoba qavsayn, agar topa olsa qoshing kebi ikki yo
Bu ikki baytdagi qoba qavsayn birikmasi me'roj voqeasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha: “So‘ngra yaqinlashib pastladi” bas (Muhammad alayhassis salomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib”...
Bu Qur'oni karimning “Van-najm” surasining 8-9 oyati karimalaridir. Demak, shoirlarning muqaddas Ilohiy kitobdan ilhomlanishi shu darajada bo‘lgani oyati kalimalaru hadisi shariflar bevosita arabiy jumlalarda na't g‘azallarning mag‘z-mag‘ziga ketgan. Bu jumlalar g‘azal g‘oyasi va badiyatiga to‘la mos keladi.
“G‘azal” (arabcha) ayollarga bo‘lgan muhabbat so‘zidan olingan. Aruz she'riy sistemasida 3 baytdan 19 baytgacha bo‘lgan Sharq xalqlari, jumladan o‘zbek adabiyotidagi lirik she'r. G‘azal dastlab ishqiy mavzuga yozilgan. Keyinchalik uning mavzu doirasi kengaya borgan.
Natijada, ijtimoiy – siyosiy, axloqiy ta'limiy, hajviy, hamd – g‘azallar, munojot – g‘azallar, hamda na't – g‘azallar ham yuzaga kelgan.
Naht – mumtoz adabiyotimizdagi “hamd” munojot, “durud” kabi an'anaviy she'riy shakllardan biri. Odatda, asarlarda “hamd” “munojot” dan so‘ng muhammad payg‘ambar sha'niga aytilgan an'anaviy she'r – na't beriladi. Na'tdan so‘ng, “qasida” keltiriladi, so‘ngra muallif o‘zidan oldin o‘tganlarga “madhiya” bag‘ishlaydi va asarning yozilishi sababi, “sababi ta'rif” bobini yozadi. Bu an'anaviy boblarlardan keyin asarning bevosita o‘ziga o‘tiladi.
Na't – g‘azallarining g‘oyaviy mavzusi Diniy – tasavvurlardir. Ma'lumki, din avvlo shariat, tasavvuf esa tariqat g‘oyalarini targ‘ib etadi.
Qur'on va hadislardagi epik – estetik qarashlar, axloqiy mezonlar badiiy adabiyotda ham o‘z ifodasini topib, kishilarni tarbiyalashning muhim vositasi hisoblangan.
Tasavvufning ham jamiyatdagi kishilarga kuchli ta'siri bo‘lgan. Tasavvuf ham din kabi o‘z maslagini targ‘ib etib, kishilarni axloqiy va ruhiy jihatdan komil qilib tarbiyalashga xizmat etgan. Dunyoga kelib – ketuvchi insonlar orasida eng Komil inson – Muhammad alayxissalomdir. Bu inson yuksak axloq sohibi ruhan barkamol, eng go‘zal xislatlar egasi, Ollohning eng sevimli do‘sti, habibi, qissasi, hamma havas qilib, intilib yashashga loyiq kishilardir. Shu sababli Mir Alisher Navoiyning na't g‘azalida Muhammad payg‘ambarni maqtash, madh etishorqali u kishini boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatishinsonlarni yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishlikka, poklikka, barkamolikka, chin odamiylikka undash asosiy maqsad sanaladi.
Na't – g‘azallarining g‘oyaviy mavzusi Diniy – tasavvurlardir. Ma'lumki, din avvlo shariat, tasavvuf esa tariqat g‘oyalarini targ‘ib etadi.
Qur'on va hadislardagi epik – estetik qarashlar, axloqiy mezonlar badiiy adabiyotda ham o‘z ifodasini topib, kishilarni tarbiyalashning muhim vositasi hisoblangan.
Tasavvufning ham jamiyatdagi kishilarga kuchli ta'siri bo‘lgan. Tasavvuf ham din kabi o‘z maslagini targ‘ib etib, kishilarni axloqiy va ruhiy jihatdan komil qilib tarbiyalashga xizmat etgan. Dunyoga kelib – ketuvchi insonlar orasida eng Komil inson – Muhammad alayxissalomdir. Bu inson yuksak axloq sohibi ruhan barkamol, eng go‘zal xislatlar egasi, Ollohning eng sevimli do‘sti, habibi, qissasi, hamma havas qilib, intilib yashashga loyiq kishilardir. Shu sababli Mir Alisher Navoiyning na't g‘azalida Muhammad payg‘ambarni maqtash, madh etishorqali u kishini boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatishinsonlarni yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishlikka, poklikka, barkamolikka, chin odamiylikka undash asosiy maqsad sanaladi.
Alisher Navoiy Muhammad Mustafo haqlarida juda ko‘p yozganlar, ammo yozganlari zing‘or bir – birin takrorlagan emas. Ulug‘ shoir ilohiyot va Islom tarixidan mukammal xabardor, nabiyu rasullar haqidagi manbalarni “pishiq” biladigan darajada ta'lim ko‘rgan kishi edilar. Nabiyi arabiyga oid har bir ishorat aniq va tiniq, asosli munosabat bildiradilar. Ma'naviy – ma'rifiy zamin, poydevor mustahkam bo‘lganligi bois, shoir bitgan misralar “qo‘shilib” kelayotganga o‘xshaydi. Bu kabi mulohazalarni o‘sha she'riy qatorlar tarkibida saf tortib turgan tarixiy, islomiy, sha'riy, diniy (boshqa dinlar nazarda tutilmoqda) nujumiy, tibbiy, afsonaviy dalilu lavhalarning tabiiy tarzda “jildirab oqqanday” qo‘ymaganligi haqida ham aytish mumkin.
Aziz payg‘ambarimiz fazilatlarini maqtash orqali ulug‘ shoir o‘sha yuksak insoniy xulq – atvori barcha mo‘'min musulmonlarga ibrat qilib ko‘rsatadi. Tabiiyki, uning zamirida iymon – e'tiqodi butun insonlarni komillik zinapoyalariga chiqarish g‘oyasi yotadi. Badiiy adabiyotning insondan o‘zga dardi, uning ma'naviy ruhiy yetukligidan boshqa maqsadi yo‘q. Zero, Navoiy hazratlari ham ilohiy ne'matso‘zning ulug‘vor qudrati ana o‘sha bosh maqsad tantanasi yo‘lida xizmat qildirganlar. So‘zimizning isboti uchun quyidagi baytni keltirmoqchimiz:
Ey gulshani ruxsoring o‘lub dahrg‘a aro,
Ruxsor uza soching gul uza anbari saro. (21;1)
Ko‘chirilgan ikki misra “Bado'eul vasat” devonidagi 6-g‘azaldagi 6-g‘azalning matla'sidir. G‘azal 7-baytni tashkil qiladi. Baytning zahiriy (tashqi) ma'nosini sharhlashga harakat qilamiz. “Ruxsor” – yuz (gulshani ruxsor – kщrkam chehra) degan ma'noni bildiradi. “Dahr” – lug‘atda “dunyo” degan ma'no ifodalashni aytiladi. “Oro” esa “bezak” dema. “Anbar” so‘zi “bir nav' atriyot” ma'nosida kelgan. (25, 19). “Soro” – sara, eng yaxshi demak. Shoir aytayotirki, Sening ko‘rkam yuzing, barkamol chehrang dunyoga bezak, chiroy baxsh etadi. Bu olamning fusunkorligi Sening jamoling tufaylidir. Sochingdan keladigan xushbo‘y hid hattoki eng sara, eng xush hidli anbardan ham taralmaydi.
Hazrati Imom at – Termiziyning “Shamoili Muhammadiya” asarida “Janobi Rasuli akram sallaylohu alayhi vassalamning xushbu iste'mol qilishlari haqida bayon qilinur” degan bobida Hazrati payg‘ambarimizning bir necha yaxshi ismik narsalardan jam qilingan xushbulari – xushbu solib qo‘yadigan bir idishlari borligi, qachon xushbudan foydalanmoqchi bo‘lganlarida o‘shandan foydalanishlari yoziladi. Rasulullohga bir kishi xushbu hadya qilsa, ul zot uni rad qilmay, aksincha qabul qilganlar. Demak, bu ma'lumotlardan ravshan bo‘layotirki, Hazrat Alisher Navoiyning har bir ta'rifu tavsiflari o‘rinli ekan. Yuqorida yozganlarimiz baytning tashqi ma'nosiga aloqador mulohazalar edi. Endi uning ichki tasavvufiy ma'nosini aniqlashga harakat qilamiz. Ruxsor (yanoq, chehra, diydor) tasavvufda: 1. Ilohiy ismlar va jamomullohning zohir bo‘lishiga sabab bo‘lgan tajalli. 2. Zuhurli butunni ko‘rmagan vahdat nuqtasi. 3. Ilohiy lutfa vasila (sabab) bo‘lgan sifatlar tushunilsa “gulshan”, “gulzor” - ko‘ngul ma'rifatga butunlay berilgan, g‘arq bo‘lgan, degan ma'noni anglatadi. Soch esa kimsa erisha olmaydigan g‘aybiy huvviyat (mohiyat) ni bildiradi. Baytning botiniy ma'nosiga ko‘ra, Hazrati Payg‘ambarni Ma'rifatulloh (Ollohni bilish) ga intilgan va ko‘ngli shu ilmga butunlay berilgan, g‘arq bo‘lgan kishi qiyofasida ko‘ramiz. Hech bir kimsa (hatto buyuk payg‘ambarlar ham) erisha olmagan, yeta olmagan mohiyat haqiqatlarning tubiga yetmoq habibullohgagina taqdir qilinganligi anglashiladi.
Shoir baytda takrir (ruxsor - ruxsor) hamda tanosib (gulshan, gul, anbar va yuz, soch) san'atidan unumli foydalanib yuqoridagi g‘oyalarni yuzaga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Islomiy manbalardan ma'lumki, Hazrati Yusuf alayhis salom ham tashqi husn, ham botiniy go‘zallik jihatdan nihoyatda barkamol inson bo‘lganlar. Mumtoz adabiyotimizda Yusuf alayhis salomga nisbatan go‘zallik timsoli sifatida qaraladi. Hazrat Navoiyning aytishlaricha, Hazrati Muhammad shu qadar go‘zal jamoli, ko‘rkam husnli kishi bo‘lganlarki, Yusuf alayhis salom qanchalik malohat, chiroy sohibi bo‘lmasinlar, bu borada u kishini Sarvari koinotga tenglashtirib bo‘lmaydi:
Yusuf ermas chu malohatda jamoling‘a shabih
Husnungga animalih o‘lmag‘ay etsam tashbeh. (20; 379).
Manbalarning guvohlik berishicha, Alloh taolo o‘zining suyukli do‘sti Habibullohdan o‘z marhamatini darig‘ tutmagan. Tangri taolo buyuk payg‘ambardagi eng oliy sifatlarning barchasini jam' qilib, shu sifatlar bilan o‘z Mahbubini ziynatlantirgan.
Shu jumladan, Yusuf alayhis salomga berilgan eng oliy sifat – husn ila jamolni Hazrati Risolatpanohimizning birgina sifatlari qilib bergan. Baytda talmeh san'ati ko‘zga tashlanadi. Talmeh – nazar solmoq, ishora qilmoq – she'rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud mashhur maqolga shora qilish usulidir. (1№254).
Birinchi misrada “Yusuf” so‘zini keltirish orqali “Qur'oni karimning 12-surasi bo‘lgan, 111-oyatdan tashkil topgan “Yusuf” surasiga ishora qilingan. Unda payg‘ambarlardan Bsuf ibn Yakubning qissasi keltirali. (42;152). Baytdagi “malohat” , “husn” “jamol” – bir-biriga munosibso‘zlarni ir qatorga ttizish orqali “tanosib” san'ati yuzaga chiqqan. Ulug‘ shoirning buyuk mahorati shundaki, u bitgan har bir misra, har bir bayt olam – olam ma'no beradi.
Yuqoridagi sharhlarimizda baytning zohiriy tomoniga e'tibor bergan edik. Endi baytdagi so‘zlarning tasavvufiy istilohiga nazar tashlaymiz. Tasavvufga ko‘ra, Hazrati payg‘ambar “Komil inson” timolidirlar.
Demak, komil insonda qanaqangi yaxshi sifatlarning bo‘lishi talab qilinsa, shularning hammasi Hazrati Muhammadda mujassamdir. “Jamolingni Yusufning malohatiga shabih etmoq (o‘xshatmoq) mushkuldir” deydilar bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy. “Jamol” – tasavvufda oshiqning (Hazrati Muhammadning) sirli rag‘bati va talabiga binoan ma'shuqi Azal (Olloh) ning oshiq va ilohiy inoyati, ma'shuq kamolining zuhurlanishi. Ollohning rahmat sababi bo‘lmish sifatlari va har narsani hadya etishi. Haqiqatan ham, Xudoyi taolo o‘zining oshig‘iga o‘sha “har narsa” ni barcha yaxshi sifatlaru, go‘zal xulq – atvor, komillikni hadya etgan. Endi “Yusufning malohati” ni sharhlaymiz. “Malohat” – tasavvufda so‘ngsiz bo‘lgan ilohiy kamol, kamolotdagi chegarasizlikni anglatadi. Yaratuvchi o‘z payg‘ambarlari Muhammad alayhis salomga ham komillik, hazrati Yusufga ham kamolot ato etgan. Hazrat Navoiy “hakamlik qilib” bu bahslaga yakun yasaydilar: “Yusuf” malohatini sening jamolingga qiyos etmoq dushvordur.
Ravshan bo‘lmoqdaki, ulug‘ shoirimiz islomiy ta'limotdan ham, tasavvufta'limotidan ham yaxshi xabardor bo‘lganlar. Shu bois, misralar mohiyatiga Islomiy nigoh bilan qarasak ma'no, tasavvufiy ko‘z bilan boqsak yana boshqa – o‘zga yangi ma'no mazmun beraveradi.
Hazrat Navoiyning ba'zi baytlarida diniy kalimalardan ham ayrim iboralar keltiriladi. Lekin bu iboralar shunchalik – mahorat bilan istifoda etiladiki, birinchi galda bevosita o‘sha kalimaning ma'nosi yodimizga tushadi. Ikkinchidan bu iboralar misralardagi obraz, fikr va g‘oyalarning mukammallashtiruvini ta'minlovchi so‘zlar kabi qo‘llaniladi. Aniqrog‘i, bu kalimalarning lug‘aviy mazmuni xos ma'no tashiydi. Misol:
Yuzu ko‘zingga muayyan kamoli sun'i iloh
Ne yuzdur bu, ne ko‘z Lo iloha illalloh. (19; 404)
Mazkur baytda xitob qilinayaptiki: sening yuzu ko‘zingda Olloh yaratgan, in'om etgan yetuk, mukammal husn jilvalanib turadi. Bizga ma'lumki, husn elining shohi – Vujudi mutlaqqa berilgan sifat. Bu sifat Muhammad alayhs salomga ham nisbat beriladi.
“Lo iloha illolloh”ning ma'nosi nima va bu kalima baytda qanday xos ma'no tashiydi?
“Lo iloha illolloh” Alloh taologa til va dil bilan e'tiqod qilish kalimalaridan biri bo‘lib, kalimayi toyiba (e'tirof kalomi) deb nomlanadi. Bu kalima Ollohdan boshqa illoh, undan o‘zga ibodat qilmoqqa loyiq ma'bud yo‘q”- degan ma'no kasb etadi. (47;5)
Shunday ilohiy hadis bor: Hazrati Ali raziyallohu anhuning rasuli akram sallallohi alayhi vassalamdan rivot qilishlaricha, Alloh taolo shunday deb buyurgan: “Lo iloha illolloh” – kalimai shahodat maning qal'amdir. Qal'amga kirgan azobimdan amin bo‘lg‘ay. Yana bir ilohiy hadisda bunday deyiladi: “Izzatimga, jalol va rahmatimga qasamyod qilamanki, “Lo iloha illolloh” degan hech bir kimsani jahannamga solmagayman”.
Yuqorida Alloh taolloning kalimai toyiba xususidagi marhamati bo‘lib hisoblanali. (7; 12-13)
“Lo iloha illolloh”ning baytdagi xos ma'nosiga oydinlik kiritish uchun, misralardagi ba'zi so‘zlarning tasavvufiy istilohiga diqqat qilamiz. “Yuz (ro‘) – tasavvufda: ma'no va haqiqatlarning nur va surat o‘laroq tajalliaylanish. Imon nurlari irfon eshiklarining ochilishi. Haqiqatdanning go‘zalligidan pardalarning barham topishidir”. Ko‘z tasavvufda Allohning basar, ya'ni ko‘rish sifatini anglatadi. Yakkayu yagona tangri Taolloning qudrati bilan ilohiy ma'no va haqiqatlar nur va surat o‘laroq muhaamad alayhis salomda tajalli topgan, ya'ni jilolangan. Ibodat qilmqqa loyiq ma'budu iymon nurlarini Hazrati Muhammadda jam' ayladi, shu bois Rasulullohning yuzlaridan doimo nur yog‘ilib turar edi. Risolatpanoh uchun barcha irfon eshiklari ochildi.
Rabbimiz o‘z Habibning basar – ko‘rishsifatini mukammal tarzda yaratgan ediki, ul muborak zot ham zohiran, ham botinan ko‘ra olish jihatdan eng yetuk, barkamol inson edilar. Payg‘ambarlikning qirq olti juz'idan biri shundan iboratki, bir nazar tashlash – qarash bilan narsa va hodisalarning tub mohiyatiga yetish, to‘la anglashdir. Bu xususiyat ham bizning payg‘ambarimizda mavjud edi. Qisqacha qilib atyganda, Allohni o‘zini “yirklar” dan pokladi va insonlarni o‘ziga ibodat qilimoqqa chorladi, Hazrati Muhammadni iymonu irfon bilan ziynatlab, kamolotu buyuklik maqomini nasib aylab, ul zotni odamlaru odamlarga rahmat qilib yubordi.
“Bado'eul – vasat” devonining 88-89 betlarida keltirilgan 124- raqamli na't - g‘azal yetti baytdan iborat. Hazrat Navoiyning Rasulluloh xususlarida aytmoqchi bo‘lgan asosiy fikr – g‘oyalar shu na't – g‘azalda jam' bo‘lgan, desak xato bo‘lmaydi. G‘azal matla'si quyidagicha.
Qani sening kabi Mahbubi oqibat Mahmud
Ki, zilmi otifatining bo‘lsun el uza Mamdud
Mahmud A'sad Jo‘shonning “Tasavvuf va nafs tarbiyasi” asarida shunday jumlalar bor: “Olloh taoloo‘z elchisi, sevimli bandasi - do‘sti, yaratilishlarning eng sharaflisi, payg‘ambarlar sarvari, insu jinslar xojasi, jannatdagi eng yuqori martaba – maqomi Mahmudning sohibi muhammad alayhis salomga ishonmagan, anga ummat bo‘lmaganlarni hech qachon va qat'iyan o‘z rahmatiga musharraf qilmas, jannatiga kiritmas, aksincha, eng og‘ir jazolar berar. (6;38)
Nima uchun turk olimining kitobidan bu iqtibosni keltirdik. Chunki ko‘chirilgan parchada baytimizdagi “maxbub” hamda “mahmud” so‘zlarining izohi berilgan. Sen kabi Xudoning eng yaqin do‘sti – sevimli do‘sti – Habibi bormi?! – deydi shoir.
“Mahmud” so‘zi “maqtovchi” degan ma'no kasb etadi. Bundan tashqari, Hazrat Navoiy “Mahmud” so‘zidan foydalanishi bilan Habibullohning A'sad Jo‘shon aytgan jannatdagi eng yuqori martaba – maqomi Mahmudning sohibi ekanliklarini ham nazardan chetda qoldirmaganlar. Demak, bu so‘z “iymon” san'atini yuzaga chiqarmoqda. “Zilli otifat” – marhamatumuruvvatu iltimof soyasi degani. “Mamdud” so‘zi esa “uzaytirilgan”, “cho‘zilgan” kabi ma'nolar kasb etadi. Shularga tayanib, ikkinchi misrada shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni quyidagicha keltirish mumkin: “Elu ummat uza sening marhamating, muruvvating, iltifoting uzaytirilgandir”. Qiyomatgacha ham, tongla qiyomatda ham ummatingning g‘amu tashvishidasan.
Islomiy manbalarning shaxodatiga ko‘ra, Rasullulloh umrlari bo‘yi biror kishiga zarar yetkazmaganlar, insonlardan o‘z marhamatlarini darig‘ tutmaganlar. To umrlarining oxirgi damigacha kattayu kichikka iltifot va muruvvat ko‘rsatganlar. Hazrat payg‘ambarimizning mahshargohidagi marhamatlari esa, o‘z ummatlarini shafoat qilmoqlikdir. Alisher Navoiyning o‘zlari bu haqda shunday yozadilar:
Navoiy, o‘lsa gunoh dudi birla noma siyoh,
G‘ami yo‘q, o‘ttin erur chun shafoating mav'ud
Hammamiz ham istar edik, tongla qiyomatda nomai a'molimizdan uyalib, yuzimiz siyoh bo‘lib turganda, va'da qilingan shafoat amalga oshsa, hg‘ech g‘amimiz qolmas edi.
Bizga ma'lumki, Hazrati Muhammadning Odam alayhis salomga ota Bulbasharning Habibullohga o‘g‘il ekanliklari masalasi “Alisher Navoiy va ilohiyot” kitobining chunki Nabiy mujdai janon topib sarlavhasi ostida tahlil qilingan na'tlarga o‘z yechimini topgan. (4; 67-70)
Xo‘sh, Alisher Navoiyning “Xazoyinul - maoniy” djevoni tarkibidagi na't – g‘azallarda bu mavzuga oid baytlar uchraydimi?!
“Badoye'ul - vasat” devonidagi 393- g‘azalning 6-baytida o‘qiymiz.
Turfa bulkim, bulbashar keldi atolarg‘a ato,
Lek Bulqosim dedi farzand ani bevahmu biym. (21;279)
Bulbashar – odam alayhis salomning laqabi. “Tarixi Muhammadiy” da yozilishicha, payg‘ambarimizdan onamiz Hazrati xadicha uch o‘g‘il va to‘rt qiz ko‘rdilar. Dastlab makkada eng avval tug‘ilgan o‘g‘illarning ismi Qosim edi. Shunga ko‘ra, payg‘ambarimizning arablar “Abul Qosim”, ya'ni “Qosimning otasi” deb ham atadilar. (34; 611) Ayon bo‘ldiki, Bulqosim – Abul Qosim – payg‘ambarimizning laqablaridan biri ekan.
Hazrati Odam alayhis salomning birinchi payg‘ambar va barcha insonlarning otasi ekanliklarini manbalar xabar beradi va buni hech kim inkor eta olmaydi. “Nurnoma” – dan o‘qiymiz: “Bismillohir rahmonir rahim”. Avvalo mo xalaqallohu taolo (Alloh taolo birinchi yaratgan narsa) nuri Hazrat sallallohu alayhi vassalom ishtiomi (shu'lalanishi). O‘n sakkiz ming olam-u, Odamdin burun nur-i on Hazrat sallalohu alayhi vassalam boshlarini sajdaga qo‘ydilar. Farmon rabbul izzatdin (izzat egasi, ya'ni olloh) yetti va aydikim: “Ey mening nurumu, ey mening habibim va ey mening barguzidam, ey mening bandayi xosim”. Mening do‘st muxabbatingdin yetti daryoni yarattim... (bular: ilm, xilm, aql, hikmat, faqr, ma'rifat, mag‘firat daryolaridir). Nuri on hazrat sallallog‘u alayhis vassalam ba farmoni hazrati vojibul vujud (Haq taolloning vujudi) har daryoda o‘ng ming yil turdilar va yetmish ming yildan so‘ng Alloh farmoni ila bu daryolardin chidilar. “Tangri buyurdiki: ” Ey habibim, muborak vujudingni tebratkil. “Nuri On Hazrat tebrandilar ersa, bir laku yuz yigirma to‘rt ming lak – yuz ming degani)” qatra suv muborak a'zolaridan topji va jami' payog‘ambarlar andin paydo bo‘ldilar. (26; 8-10).
Demak, Nur siysosidagi habibulloh vujudlaridan tomgan qatra suvdan 224000 payg‘ambarlar yaratilgan ekan. Shu jihatdan olib qarasak, haqiqatan ham, Hazrat Navoiy aytganlari tasodifiy fikr – mulohazalar emas: “turfadir bu gap albatta, Odjam safiyulloh insonlarga “atolarga ato”, ya'ni eng birinchi ota bo‘lib keldi. Lekin azaldan sen uni bevahmu biym (hech qanday qo‘rquvsiz, komil ishonch bilan farzandim deding va bunga haqqing ham bor edi, chunki janobi haq bor mavjudotni yaratmasdan burun seni nur sifatida yaratgan edi va sen alloh nazarida eding).
Baytdagi “Bulbashar”, “Bulqosim” so‘zlari talmeh, ota – farzandso‘zlari esa tanosib san'atini yuzaga chiqargan.
“G‘aroyib sig‘ar” djevonining 114- g‘azalidagi mana bu bayt yuqoridagi fikrlarimizning mantiqiy davomidir:
Odamki, nashar nasli silkiga erur payvand,
Suvratda sanga volid, ma'noda sanga farzand. (19; 110)
Baytning mazmunidan anglashilib turibdiki, Odam alayhis odamzot naslining (kelib chiqishining, ilk paydo bo‘lishning) silki (qatori, safi) ning boshida turadi. Aniqki, u ilk – birinchi odam. Risolatpanoh esa yer yuzida 570- yilda tavallud topdilar. Demak, Hazrati Odamga farzand. Ulug‘ shoirimiz aytadilarki: “Odam Safiyulloh Muhammad alayhis salomga suvratda volid – ota, asl ma'noda esa – safiyulloh Habibullohning farzandi erur”. Na't – g‘azallarida yoritilgan mavzulardan yana biri payg‘ambarlari oxirzamon ko‘rsatgan mo‘'jizalarning bayonidir.
Boshqa payg‘ambarlar ma'lum bir qavmga yuborilgan bo‘lsalar. Bizning najotkorimiz barcha insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun yuborilganlar. U kishining darajalari va mo‘'jizalari ham nihotyada ulug‘dir. Alloh taolo payg‘ambarimizni doimo o‘zining ilohiy inoyati bilan quvvatlantirib turgan. Payg‘ambardagi mo‘'jiza ko‘rsatish qudrati alamolar: “Ularning haqiqiy payg‘ambar ekanliklarini isbotlash uchun, Alloh taolo payg‘ambarlar qo‘li bilan amalga oshiradigan odatdagidan tashqari ilohiy ishlardir, - deb ta'riflashgan”. (13;5)
II. 01. Rasullulloh berilgan mo‘'jizalar.
Hazrati Muhammadga ikki turluk mo‘'jiza berilgandir.
1. Aqliy mo‘'jiza.
2. Hissiy mo‘'jiza.
Aqliy mo‘'jiza Qur'oni karim bo‘lib, mo‘'jizaligini inkor qiluvchi aslo topilmas. Hissiy mo‘'jiza deb, xalqqa ko‘rsatib turib, aqldan tashqari,odatdan tashqari bir ish qilganni aytur.
Allomalarning aytishlaricha, payg‘ambarlarimizning ko‘rsatgan hissiy mo‘'jizalari uch mingdan ortiq ekan. Hissiy mo‘'jizalardan “Tarixi Muhammadiy” dan 52 tasi, “Muhammad alayhis salomning mo‘'jizalari” kitobida esa 114 tasi bayon qilinadi. Tabiiy savol tug‘iladi. Na't g‘azallara ishoratlar bor.
“Favoyidul - kibar” devonining 7-g‘azali matla'sida o‘qiymiz:
Zihi hiloliling o‘lub oy boshig‘a tig‘i balo,
Bir olmasiz ikki yorg‘on sinu quyosh masalo (22;12)
Ma'lum bo‘lishicha, Qur'oni Azimushondan boshqa payg‘ambarimiz ko‘rsatgan mo‘'jizalarning ichida eng ulug‘rog‘i “Oy yorilishi” hodisasidir. Bu voqea shunday bo‘lgan edi: Quroyi raislardan Volid ibn Mug‘ayra, Abu Jahl, Os ibn Void kabi shunga o‘xshash kishilardan bir to‘p bo‘lib Rasullullohning oldilariga kelishdi. So‘ngra aytdilarkim: “Ey muhammad, agar sen biz so‘ragan mo‘'jizani ko‘rsatur bo‘lsang, u chog‘da senga iymon kelturgaymiz. Qani, sen Alloh yuborgan payg‘ambar ekansan, shu ustimizda turgan oyga ishorat qil, u ikkiga bo‘linsin”. O‘shanda sening so‘zingga ishonarmiz, dedilar. Rasullulloh Oyga bormoq ko‘tarib ishorat qildilar esa, Alloh amri bilan ikkiga bo‘lindi. Bir bo‘lagi o‘z o‘rnida qolib, ikkinchi bo‘lagi Jarog‘a tog‘ining to‘g‘risiga kelib turdi. Rasullulloh sallohu alayhi vasalom: “Mana ko‘ringlar Alloh qudratini”, - deb qichqirdilar. Shunday ulug‘ mo‘'jizani ko‘rib turib ham, yana iymon keltirishmadi. “Muhammad bizni sehr qildi, ko‘z boyladi”, - dedilar. Shunda bir kishi atrofdagilardan so‘rashni lozim topdi. Har turli tomondan keluvchi kishilardan so‘radilar ersa, ular ham shu tunda oyning ikkiga bo‘linganini tasdiqlashdi. Bu bilan ham tavfiq topmadilar.
Bu mo‘'jiza hijratdan 5 yil ilgari Makka shahrida sodir bo‘lgan edi. Ikki parcha bo‘lib yorilgan oy esa, bir – biriga qo‘shilmay bir – ikki soatcha turib, so‘ngra qo‘shildi. Muni ko‘rdilar ersa, yana iymon keltirmadilar, mana shu chog‘da “Iqtarabati – sa'atu van shaqal qamaru” Oyati nozil bo‘ldi. Ya'ni “Qiyomat yaqinlashdi, oyo yorildi” – demakdur.
“Bu mo‘'jizaning haqligi Qur'on bilan ham, hadis bilan ham sobit bo‘ldi. Munga inkon Qur'onga inkor qilish demakdur”. (34;517)
Hazrat Alisher Navoiy yuqoridagi baytda xuddi ana shu mavzu davom etadi:
Ham qamar shaqqin ishorat bila aylab zohir,
Ham shajar mashshin irodat bila aylab tanbeh (20;379)
“Qamar shaqqi” – oyni ishorat bilan ikkiga bo‘lmoq. “Shajar maoshi” esa daraxtning yurishi.
Shoir nima demoqchi?
Hazrat aytadilarki: “Sening Tangri – Yagona Allohga bo‘lgan ixlos, e'tiqodiy darajada byukki, bir ishorating bilan porlab turgan oy ikkiga ajraladi” daraxtlar esa kelib senga salom beradi. Bularning barchasi Parvardigorning seni nechog‘li sevishi va o‘z Habibining naqadar buyuk, mo‘'tabar inson ekanligini anglatishidir.
Nabiyi arabiy ko‘rsatgan uch ming mo‘'jiza ichida eng ulug‘lari yana biri daraxtlarning yurib kelib Nabiyullohga salom qilishdir. Bu mo‘'jiza “Tarixi Muhammadiy” da shunday bayon qilinadi:
“Bu mo‘'jizani ko‘zlari bilan ko‘rgan yaqin yuzcha sahoba rivoyat qiladi. Bular ichida chahoryorlar boshliq, ulug‘ sahobalardan ko‘p kishilar bordir. Hazrat umar aytdi:” “Rasullulloh sallallohu alayhi vassalam” bilan g‘azat safariga chiqdik. Yo‘lda ketayotgan bir a'robiyni ko‘rib: “Qayon ketursan?” – deb so‘radilar ersa: “Uyimizga borurman” – dedi. “Yaxshilik” topmoqqa qandaysan? – deb erdilar, u nimadir dedi. Anda “Rasullulloh sallallohu alayhi vassalam” aytdilar: “Meni Alloh Taolo butun Yer yuziga payg‘ambar qilib yubordi. Yaxshilikka yetganing shuldir”. A'robiy aytdi: “Men sening payg‘ambarligingni qaydin bilurman?”. Bu aytgan so‘zing rostligiga kim guvohlik bera olur?” Anda Rasullulloh sallallohu alayhi vassalam soy ichida ko‘rinib turgan bir tup daraxtga qarab: “Ana shu daraxt manim payg‘ambarimga guvohlik berur. Sen unga borib, seni rasullulloh chorlaydi, degil, kelib guvohlik beradi” – dedilar. A'robiy borib u yog‘ochga shu so‘zni aytdi. Daraxt oldi, orqa, ikki yoniga egilib qimirladi. Yer yorib tomirlarini sudraganicha, to‘g‘ri Rasullulloh sallallohu alayhi vassalam oldilariga kelib, Assalomu alayka yo Rasullulloh, deb salom berdi. A'robiy aytdi: “Daraxtga buyurgil, yana o‘z o‘rniga qaytsun. “Rasullulloh amr qildilar ersa, ildizlarini chuvalaganlaricha qaytib borib, o‘z joyiga o‘rnashdi. Bu ulug‘ mo‘'jizani ko‘rgach, a'robiy darho iymon keltirdi. So‘ngra “Rasullulloh, ruxsat bering sizga sajda qilurman” -dedi”. Anda Rasullulloh: sajda qilmoq durust emasdur. Agar tuzuk bo‘lsa edi, xotinlar erlariga sajdu qilsun, deb buyurgay edim” – dedilar. “Yo‘q esa ruxsat bering, qo‘l – oyog‘ingizni o‘payin” – dedi. O‘pishga ruxsat qildilar. Pir ustozlar oyq – qo‘llarini o‘pmolik shundan qolgandur” (34; 518-519)
Demak, mo‘'jiza ko‘rsatmoqdan maqsad insonlarni to‘g‘ri qo‘lga hidoyat qilish, ularni jiholatdan, zalolatdan qutqarishdir. Ayrim mo‘'jizalar bir guruh kishilarga ko‘rsatilgan. Masalan yuqoridagi “Oy yorilishi” mo‘'jizasi kabi. “Daraxtning salom berishi” mo‘'jizasi esa, faqat bir arabiyga ko‘rsatilgan. Bu arabiy ham mo‘'jiza tufayli saodatga musharraf bo‘ldi. Ulug‘ shoir ikki misraning bag‘riga shuncha ko‘p ma'no singdirib yuborganlarki, baytdagi so‘zlarning ma'no qirralarini kashf etavergan sayin, yangi – yangi fikrlar anglashilaveradi. Quyida keltirmoqchi bo‘lgan baytimizda Hazrati Muhamadga berilgan aqliy mo‘'jiza – “Qur'oni karim” haqida gap beradi:
Kitobni o‘zga kutubdinki bordurlar ablag‘,
Balog‘atingga munosib Haq aylamish iblog‘.
Din va shariat hukmlarini qavmlarga yetkazish va o‘rgatish uchun Alloh payg‘ambarlarga kitoblar nozil etgan. Bularning jami 104 tadir. Odam Odam alayhis salomga 10 varaq, ismi alayhis salomga 50 varaq, Idris alayhis salomga 30 varaq, Ibrohim alayhis salomga 10 varaq kelgan. Bu aytilgan 100 varaq 100 kitobga tengdir. Keyinggi kitoblar alohida hisoblanadi. Muso alayhis salomga “Tavrot”, “Dovud alayhis salomga” “Zabur”, Iso alayhis salomga “Injil”, Muhammad alayhis salomga sa “Qur'oni karim” nozil qilingan. Kitobning (Qur'oni karimning) o‘zga kitoblardan ablag‘, ya'ni afzal, ustunligi shundan iboratki, Kamoli sharifAlloh taollo tomonidan qanday nozil qilingan bo‘lsa, shundayligicha saqlanib kelmoqda. “Kamolomulloh” ning milodiy 610- yildan boshlab, 23- yil davomida nozil qilingani, bu ilohiy Dasturlarning yaxlit holda nozil qilinmaganligidan dalolat beradi. Biz hozir XXI asr bo‘sag‘asida turibmiz. O‘n to‘rt asrdirki, “Qur'oni karim” ning hatto bir harfi ham o‘zgartirilmay, sofligicha avloddan avlodga yetib kelmoqda. Alloh taollo “Hijr” surasining 9- oyatida shunday marahmat qiladi: “Albatta”, bu eslatmani (ya'ni Qur'onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va shubhasiz, O‘zimiz uni saqlaguvchimiz. (42; 174).
Haqiqatan ham, bu ilohg‘iy jumlalarning naqadar haqligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. “Balog‘atingga munosiyu Haq aylamish iblog‘” – Xudoyi taolo senga balog‘atingga (etuklik chog‘inga) munosib Qur'oni karimni taqdirladi. “Balog‘at” so‘zi bu yerda jismoniy emas, balki ma'naviy ruhiy yetuklikni anglatadi. Qur'on Muhammad Mustafoning mo‘'jizalari ekanligi qayd etilgan edi. Odamlarning e'tiqodini abadul abad mustahkamlab tura oluvchi, imonning zaiflashishga yo‘l qo‘ymaydigan kuchni faqat “Qur'oni majid” – dan topish mumkin. (14; 17)
Rasullulloh sallallohu alayhi vassalamqay br inson haqida nima degan bo‘lsalar, qanday duo qilgan bo‘lsalar, xuddi o‘shanday bo‘lur edi.
Muhojir sahobalarning kattalaridan Abdurahmon ibn Avf bir xizmat bajarib kelganida, Rasullulloh uning haqqiga “Ishlaring barakali bo‘lsin” – deb duo qildilar. So‘ngra nima ish qildi ersa, undan baraka chiqaveradi. Bu kishi aytdi: “Shunday bo‘ldukim, agar yerdin bir tosh olur bo‘lsam, ostidan oltun chiqqan”. Xuddi shu mo‘'jizaga ishorat “Favoyiddul - kibar” devonidagi 6-raqam ostida keladigan na't – g‘azal tarkibidagi baytda uchraydi.
Qilib toshu tufrog‘ni oltunki, bor
Sening korhingda bu kimyo
Baytdagi izohtalab so‘zlardan bir “kimyo” dir. Zayniddin muhammad G‘azzoliy yozishicha, Kimyogarlik oltin jam' qilmoqdin afzal. Andin (kimyodin) oltin benihoyat hosil bo‘lur.
Bu (kimyo) afzuldurkim, hamma zarni aslidur deydilar. Bas, anbiyo va avliyolarning kashfu karomatlari kimyoga o‘xshashdur va ulamolarning ilmu oltunga o‘xshashdur. Sohibi kimyoning sohibi zardan fil – jumla afzalligi bordur. (43; 33)
Demak, Muhammad alayhis salom sohibi kimyo va barcha ilm (zor) ul zotda jam' bo‘lgandir. Baytil ikki ma'noda talqin etmoq o‘rinlidir.
O‘z ma'nosida – buni yuqorida zikr etilgan Abdurahmon ibn Avr bilan bog‘liq mo‘'jiza bilan dallilaymiz. Bu kishi vafot topgach, meros qolgan oltinlarini oilasi taqsim qilib, bo‘lib olindi. Nigohida 4 ta xotini bor edi. Shariat bo‘yicha bularga meros maoshining sakkizdan biri tegdi. Har bir ayolga 100 000 tilla dan meros nasib etdi. O‘limi oldidan 50 000 tilloni faqir, miskin va yetimlarga vasiyat qildi. Tirikligida qilgan xayr – ehsonlarga esa hisobsiz edi.
Bir kuni chida o‘ttizlab qirqlab qul ozod qilgan kunlari bor. Yetti ming tuyalik bir karvoni butunlay ustiga ortilgan oziq – ovqati, turli mollari bilan sadaqa qilib, faqirlarga, miskinlarga tarqatganligi mashhurhadislarda yozililmishdur. (34; 561)
2.Majnun ma'nosi. Imom g‘azzoliy ulamolar ilmini oltunga qiyos etayotir. Zero shu nuqtai nazardan baytga e'tibor qilsak, quyidagi mazmun kelib chiqadi. “Hzrati Muhammadning korgohiga (islom diniga) kirgan toshu tufroq (oliy, bilimsiz kishilar) ham oltunga (sohibi zarga) aylanadi”. Chunki kimki bu yo‘lga chin ixlos bilan kirsa, u o‘ziga Hazrati payg‘ambarimizni buyur pir, ustoz deb biladi va shu kimyo sohibiga ergashib, ul zotniing marhamatlaridan beshak bahra topadi.
G‘azzoliy ta'kid etgan “sohibi kimyoning sohibi zardan fil – jumla afzalligi” ana shunda.
Ulug‘ shoirning na't –g‘azallaridan o‘rin olgan asosiy mavzulardan yana biri – Rasuli akram sallallohu alayhi vassalamning gunohkorlar himoyachisi, ya'ni shafoat sohibi ekanliklari masalasidir.
“Ahli sunnat val-jamoat aqoidi” payg‘ambarimizning shafoatini haq deb bilmoq lozimligi uqtiriladi. Janobi payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalam: Mening “Mening shafoatim katta gunoh qilib qo‘ygan kishilar uchundir”, - deb marhamat qilganlar. Shafoatni inkor etganlar mubtadi' deyiladi. Vahhobiylar kabi “Qur'oni karim” dagi shafoatni “Faqat Allohning izni bilan ” ekanini to‘g‘ri tushunmay, inkor qilishiga uringanlar topilsa ham, shafoat borasida Janob haq bunday deb marhamat etadi: “Uning iznisiz Uniing huzurida kim shafoat qila oladi?” (“Baqara” surasining 5-oyati karimasida: “Yaqinda parvadigorniing senga atoetgayki, sen rozi bo‘lgaysan” – deyiladi.
Janobi payg‘ambarimiz rozi bo‘ladigan, xushnud bo‘ladigan eng muhim narsa esa, ilohiy marhamatlar orsida, ummatning salomati – omonligidir. Shuning uchun do‘zaxga kirmaslik va yoki do‘zaxdan qutulib chiqish uchun bir qancha shafoatchilar: avvalo Hazrati payg‘ambarimizning ulamoning, shahidlarning, solihlarning, haqiqiy hofizlarning (“Qur'oni karim” ni yod olgan kishilarning),hatto har bir mo‘'minning bir – birlariga shafoati muhaqqaqdir. (3№ 14-15)
Na't – g‘azallarda yoritilgan asosiy mavzulardan yana biri Hazrati muhammad va iso masih – ikki buyuk payg‘ambarga ijodkorning munosabati masalasidir.
“Quroni karim” “Maryam” surasining 17-38 oyati karimlarida Iso Masihkim, uning tug‘ilishi, martabasi xususida ma'lumotlar beriladi. Tafsiri Hilol
Ning 15*-16 poralarida bu oyatlar shunday izohlanadi: “marya” surasi 16-17 oyatlar: “Kitobda Maryamni esla. U o‘z ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda va ular bilan o‘zi orasida to‘siq olganda, Biz unga o‘z ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus – butun odam bo‘lib ko‘rindi”. Ya'ni farishta Jabrail alayhis salom maryamga to‘la – to‘kis odam sifatida namoyon bo‘ladi. Alloh uni yaratgan asl holatida ko‘rinmdi, chunki bus – butun holida ko‘rinsa, maryam butkul dahshatga tutishi mumkin edi. Mar'yam jabrail ko‘rinishi bilan hushyor tortdi. 19-oyat. “U: Men Sendan Alloh panoh berishni so‘rayman. Agar taqvodor bo‘lsang... dedi” U “Men Rabbingning elchisiman xolos, senga bir pok o‘g‘ilni hadya etish uchun keldim” – dedi. 20. “ (Maryam): “Qanday ham menda, qayoqdan o‘g‘il bo‘lsin, menga bashar tegmagan bo‘lsa, men buzuq ham bo‘lmasam” – dedi. 21. U: “Ana shunday rabbim aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilmish uchun hamda bizdan rahmat bo‘lsin, bu ish hukmi chiqib bo‘lgan ishdir” – dedi. So‘ngra Jabroil maryamga yo‘liqdi-da, uning ko‘ylagi yoqasidan pufladi. 22-Bas, unga homilador bo‘ldi. So‘ngra u bilan uzoq maskanga chitlandi. (15; 76-80)
Shu tariqa Iso alayhis salom dunyoga keldi. Nasroniylar isoni “Xudo” desalar, yahudiylar “valodi zino” deb ixtilofga tushdilar. Nasorolar hozirgacha Iso alayhis salom haqida ixtilofdalar. Ulardan ba'zilari: iso Allohdir, u yerga tushib xoxlagan qavmini tiriltirib, xoxlagan guruhini o‘ldiradi, so‘ngra yana falakka chiqib ketadi” – deyishadi. Boshqa birlari: “Iso Allohning o‘g‘li” – desa uchinchi guruh vakillari esa: “Iso Ota, o‘g‘il va Muqaddas ruhdan iborat uchlikning biridir” – dedi. To‘rtinchi toifa vakillari: “Iso ota xudo” xudodan biri – bola o‘g‘il xudo,deydilar. Ularning orasida: “Iso alayhis salom Allohning bandasi, rasuli, ruhi va kalimasi” - deydiganlar ham bor.
Bu iftiloflar hozirgi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.
Islom dinida Masih Ollohning bandasi va rasuli deb tan olinadi. Unga berilgan Ilohiy Kitob “Injil” ekanligi uqtiriladi. Va iso Masih charmixga mixlab o‘ldirilmagan, balki Alloh uni o‘z huzuriga ko‘targan, deb qarashadi. Hozirda (manbalarning ma'lumotiga ko‘ra) Iso alayhis salom xolavachchalari Yaxyo payg‘ambar bilan birga ikkinchi tabaqa osmonda makon tutgandirlar. Aytishlaricha, qiyomat yaqinlashganda iso alayhis salom islom dinini butun yer yuziga yoyishi uchun Suriya shahriga tushib, shariat ahkomi bo‘yicha hukm yurgizar ekanlar.
Iso Masih xususidagi firklarimizni baytlar tahlili jarayonida davom ettiramiz.
“G‘aroyibus - sig‘ar” devonining 110- betida keltirilgan na'ьt – g‘azal tarkibida shunday misralar uchraydi.
Iso damidin o‘lgankim, ruh topar erdi,
Bilgachki, topar diling, jon topti, bo‘lub xursand.
Alloh tollo o‘z payg‘ambari Iso alayhis salomni bir necha mo‘'jizalar bilan qauuvatladi. Loydan qush yasab, unga puflasa, alloh izni bilan unga jon kirib, ucha boshladi. Iso Rasulullohga o‘liklarni (o‘lgan odamni) tiriltirish kabi buyuk mo‘'jiza ham berilgan edi. Iso alayhis salomga bunday mo‘'jizalar berilishining sababini bayon qilib, ba'zi ulamolar: “Bu mo‘'jizalar Insonning zamonasidagi holat va odamlarga xos mo‘'jizalar edi. Chunki ular ruhning borligini inkor etishardi. Shuning uchun ahm, Iso o‘zining payg‘ambarligini isbotlash uchun bir necha g‘ayritabiy mo‘'jizalar ko‘rsatish bilan birga, ruhning borligi ham isbot etdi” – deyishadi. (29; 87)
Zero o‘lib quruq jasadga aylagan tanani Iso alayhis salom nidosi tufayli Allohning izni bilan bu nidoga javob berishi, bularning barchasi moddiy jasaddan tashqari yana bir narsa, ya'ni ruhning borligini isbot etish edi. Iso Masih ana shu mo‘'jizalar orqali insonlardagi ruhni tarbiyalab, qiyomatgacha iymon keltirishga va u dunyodagi haqiqiy hayotga ishonishga hamda u haqiqiy dunyoda har bir bir kishi o‘zining qilgan barcha yaxshiyu yomon amallari uchun javob berajagiga ishonishiga da'vat etdi.
Yuqoridagi ko‘chirgan misralar orqali shoir qanday fikr bayon qilmoqchi?!
O‘tgan jasad, jism Iso dini – nafasida ruh topar edi. Sen keltirgan Islom dinini topgan (shu dinga kirgan) kishi ham, xuddi o‘lik jonga o‘lik tanaga ruh kirgan insonga o‘xshaydi. Chunki eng so‘nggi din – bu eng pok, eng muqaddas dindir. Islomiy hayot kechirgan odam butunlay pok – Ilohiy olamda yashaydi. Uning jismi (tani) ruhi, zohiriy va botiniy olami pokiza bo‘ladi.
Me'roj tasviri berilgan na't g‘azallar tarkibida ham ikki buyuk payg‘ambar darajasining bir – biriga qiyosi keltiriladi va Hazrati sarvari koinotning martabalarini buyuk ekanligi ifoda etiladi:
Uruj oqshomi tegrangda oyu kavkablar,
Masih girdida andoqki, bir necha xaffosh. (20; 177)
“Uruj aqshomi” – me'rojga chiqish kechasi. Payg‘ambarimizni, Madina shahriga hijrat qilmaslaridan burun Alloh taolo isror va meroj martabasiga erishtirildi. Rasulullohning makkadagi masjidi Haromdan Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro' deb, shu kuni kechasi osmonga chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa, me'roj deb ataladi. (37; 64)
Shoirning ta'riflaricha, ushbu muborak kechada Buroqni mingan, yetti qavat osmondan o‘tgan zot atroflarini oy ila son – sanoqsiz yorqin yulduzlar qurshab oldi. Iso Masihning atrofida esa bir necha xaffosh ed. (xaffosh – ko‘rshapalak degani).
Muqaddas iso Masihni yerga urib Rasulullohni ko‘klarga ko‘tarishmi?
Asosiy maqsad, ikki buyuk payg‘ambar siymosini yonma – yon qo‘yish orqali qay biriga Alloh taolo bayukroq mavqe – martaba ato etgan, shuni ta'kid etmoqdir.
Masih (yunoncha Xriston, arabcha ) masih – asl ma'nosi, moy bilan surtilgan” demakdir. Tavrot davrida muqaddas narsalarga, Xudo xizmatiga bag‘ishlangan kishilar (masalan, payg‘ambar) boshiga moy surtish odati bo‘lgan. Yana “Masih” so‘zining “xudo tayinlamagan” degan ma'nosi ham bor.
Endi Iso Masihni Hazrati Muhammad haqlaridagi fikrlariga quloq tuting. Banoba Injilning 44-sahifasida Iso alayhis salomning 44 – sahifasidada iso alayhis salom shunday deganlar: “Sizga aytayapman, Allohning rasuli butun maxluqotga rahmatdir. U farosatli, zukko va tasalli beruvchi, hikmatli va qudratli, qalbi Allohga bo‘lgan Ishq va qo‘rquv bilan to‘la, daqiq va yumshoq rahmat va yordamsevarlik ruhi, adolat va achinish hissi bilan nazokat va sabr ruhi bilan harakat qiladi. Janobi Haq butun maxluqotiga berganining uch barobarini unga bergan. U bu dunyoga kelgan davr Saodat davridir. Bunga ishoning - Alloh sen bilan birga bo‘lsin va men seni oyoq kiyimingning bog‘i bo‘lmish sharofiga muyassar qilsin”. Agar men bu murodimga erishsam, Allohning eng muborak quli va buyuk bir payg‘abari bo‘lmagan va Hazrati iso alayhis salom shu so‘zlarni aytib bo‘lib, allohga shukr etdi”. (8; 40-41)
Endi Hazrat Navoiyning mana bu baytlariga e'tibor bering.
Senga ummat o‘lmog‘in istab rusul,
Vam biz sarafroz o‘lub homiyo (22; 10)
Barcha payg‘ambarlar sening ummating bo‘lmoqlikni orzu qiladilar. Buni ular sharaf deb biladilar. Men sea men tufayli boshimni baland ko‘tarib yuraman. – deya ta'kid etadi ulug‘ shoir. Hazrati Iso alayhis salom esa Muhammad rasullullohga ummat bo‘lish u yoqda tursun, hattoki muhaamad ummatining ortida turib namoz o‘qishni orzu qilgan ekanlar. Shu bois bo‘lsa kerak, islomiy manbalar iso Rasullullohning oxirzamon bo‘lganda yer yuziga tushib, butun dunyoni Islomiy da'vat etishi xususidagi fikrlarini bayon qiladi.
Ne nutqi dilkash erur, vah ne dilrabo alfoz
Masih nutqida yo‘q bo‘yla jonfizo alfoz. (20; 206)
Shoir aytayotirki, Sarvari koinotning nutqi, suhbati dilni tortar edi, shu qadar jozibali gapirar ediki, masih nutqida bunchalik jonfidolik (jozibali gapirish) yo‘q edi. “Shamoyili muhammadiya” da o‘qiymiz. “Hojati” yo‘q so‘zlarni qilmas erdilar. Va so‘zlarni Xudo nomi ila boshlab, xudo nomi ila tamom qilur erdilar. Va so‘z qilsalar, butun og‘izlari ila qilar erdilar. So‘zlarni oz ma'nolari ko‘p bo‘lur erdi. So‘zlari bir – biridan ajratilgan (ravshan) bo‘lur edi. Na anda hojatdin ziyoda alfoz va na kamchilik bo‘lur erdim. (35; 47)
Alloh taolo “Ahzob” surasining 70-oyati karimasida shunday marhamat qiladi: “Ey mo‘'minlar, Ollohdan qo‘rqinglar va to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar!” (42; 297)
Chin mo‘'min bo‘lmish Nabiy arabiy Parvardigorning ana shu buyrug‘iga butun umrlari davomida amal qilganlar va bugun biz “tilimiz va dilimizdagi gaplar bir xil bo‘lsin” deymizu, ammo ko‘nglimizga o‘zga har turli fikrlar kechadi.
Fikru mulohazalarimizni yana Navoiyning botiniga asoslangan holda davom ettiramiz.
Gung etti Masihatona tor etti quyoshni
Ul nutqi dilorom ila ul husni diloro. (21; 11)
“Gung etmoq” bu yerda lol, hayron aylamoq ma'nosida kelgan. Baytda ta'kid etilayotgan nutqi dilga orom baxsh etuvchi, hamda Yusufning jamolidanda go‘zal husn sohibi payg‘ambarimiz so‘zlayotganlarida, nafaqat Iso Rasullulloh, balki boshqalar ham sehrlangandek lolbo‘lib tinglar edilar.
Muhammad alayhis salom va iso masih haqlaridagi fikrlarimizga yakun yasar ekanmiz, qur'oni karim “Baqara” surasining 253- oyatida aytilgan fikrlarni keltirmoqni o‘rindi deb bildik. “O‘sha payg‘ambarlarning ayrimlaridan afzal qildik. Ularning oralarida olloh (bevosita)” so‘zlagan zotlar bor. Va ularning ayrimlarini Ollohni yuksak darajaga ko‘tardi. (42; 31)
Demak, fazilat va maqomiga ko‘ra, payg‘ambarlar o‘rtasida ham farq bo‘lgan. Shu ma'noda payg‘ambarlarning eng oliy rutbaga ko‘tarilganini Hazrati payg‘ambarimiz muhammad alayhis salomdirlar.
Tasavvufda anbiyolik maqomlari va payg‘ambarlar taqdiriga alohida ahamiyat berilgan.

Download 202.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling