Ayn ul-hayot
“ Ayn ul -hayot”da qur’oniy g`oyalarning badiiy talqini va ularning tarjimada berilishi
Download 202.37 Kb.
|
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH
3.2 “ Ayn ul -hayot”da qur’oniy g`oyalarning badiiy talqini va ularning tarjimada berilishi.
So’z mulkining sultoni- Alisher Navoiyning original kompozitsiya va uslubga ega bo’lgan, katta ijtimoiy mazmun tashuvchi “Tuhfat ul-afkor” (“Sittayi zaruriya”) qasidasi sharq adabiyotining nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Qasidaga o`ziga xos bo`lgan an’anaviy unsurlarga har bir so’z san’atkorining ijodiy yondashgani, unga o’zicha sayqal bergani shak-shubhadan xolidir. Alisher Navoiyning she’riy asarlarini chinakam ma’nolar xazinasi ta’riflasak, mubolag’adan xoli bo’lmaydi. Alisher Navoiyning “ Ayn ul - hayot ” qasidasi o’zining falsafiy, ijtimoiy-axloqiy va badiiy ko’lamining kengligi, ularning a’lo darajada idrok etilib, amalga oshirilgani jihatidan nazirayi benazir, ya’ni o’xshash- o’xshamas bir badiiy kashfiyotdir. Bunda shoirning shohlik va uning fazilatlari, jamiyatdagi turli toifa sifatlari, faqr va faqrlikning naqshbandiya suluki nuqtayi nazaridan talqini va uning zabardast murshidi Abdurahmon Jomiyning olijanob fazilatlari haqidagi kuzatishlari falsafiy va badiiy uslubda bayon etilgan. O‘tmish faylasuflaridan biri “Agar barcha insonlar barobar bo‘lsaydilar, ularning hammasi halok bo‘lar edi”, - degan ekan. Bu gap hatto payg‘ambarlarga ham tegishli. Maьlumki, Muhammad alayhissalom bir necha takrorlanmas sabablarga ko‘ra boshqa payg‘ambarlardan yuksak, ularga nisbatan faxrli maqomga erishganlar. Ulardan bittasi Me'roj, ya'ni ko‘kka ko‘tarilib,Olloh huziriga yetishishlaridir. “Ayn ul hayot “ qasidasidagi ushbu misrani tahlik qilsak: Bo niyozu ajz regi biyobon beshtar Ro’di sayli ashk so’yi regi Batho afganand . Alisher Navoiy biyobon qumlaridan ham ziyoda iymon e’tiqodli kishilarning Allohga munojot bilan ko’zlaridan yosh selini oqizib .Makka vodiysiga din-u dunyo qiblagohiga yurib borishlari tasvirlanadi . Bu o’rinda ziyoratchilarning son jihatidan ko’pligi biyobon qumlarining chek –chegara bilmasligi bilan qiyos qilingan. Ayni paytda ushbu tashbehda mubolag’ayi g’ulu ham ifodalangan . Batho-Makka vodiysining qadimgi nomi. Xudddi shunday ushbu misralarga o’xshash 90 – baytda keltirilgan Az ahodisat sahihiro ravot andar raqam, Boru bob az haddi Batho to Buxoro afganand. Qasidaning bu baytidagi “Az ahodisat sahihiro” iborasi uning mazmuniga ishira qilib turibdi.Unda Navoiyning Buxoroga islom markazlaridan biri sifatidagi kata rag’bati anglashiladi. Ma’lumki, islom olamining yirik namoyondalaridan Imom Buxoriy Muhammad payg’ambarning muallifligi tasdiq etilgan hadislarini jam qilib ,”Sahihi Buxoriy “ ,”Al Jome’ as-sahih “ kitobini tartib bergan . Shu munosabat bilan Imom Buxoriy kitobiga bo’lgan e’tiqod kuchaygan edi. Navoiy yuqoridagi baytda shu holni qalamga olib “Hikmat egalari sening asl hadislaring miqdori haqida so’z borganda –ular Batho (Makka) eshigidan Buxorogacha yozilgudekdir deb aytadilar “ tarzida g’oyat nazokatli bir fikrni ifodalaydi. “Ayn ul hayot” qasidasining turli nashrlaridagi tafovutlarni solishtirish davomida qasidaning ushbu 3 ta nashrini o’zaro yonma yon qo’yib ,ularda so’z va harf o’zgarishlari bunday o’zgarishlarning ma’noga ta’sirini aniqlashga harakat qildik . Quyida o’zgarishlar aniqlangan baytlarni havola etamiz va tahlil qilamiz: So’z mulkining sultoni- Alisher Navoiyning original kompozitsiya va uslubga ega bo’lgan, katta ijtimoiy mazmun tashuvchi “Tuhfat ul-afkor” (“Sittayi zaruriya”) qasidasi sharq adabiyotining nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Qasidaga o`ziga xos bo`lgan an’anaviy unsurlarga har bir so’z san’atkorining ijodiy yondashgani, unga o’zicha sayqal bergani shak-shubhadan xolidir. Alisher Navoiyning she’riy asarlarini chinakam ma’nolar xazinasi ta’riflasak, mubolag’adan xoli bo’lmaydi. Alisher Navoiyning “ Ayn ul - hayot ” qasidasi o’zining falsafiy, ijtimoiy-axloqiy va badiiy ko’lamining kengligi, ularning a’lo darajada idrok etilib, amalga oshirilgani jihatidan nazirayi benazir, ya’ni o’xshash- o’xshamas bir badiiy kashfiyotdir. Bunda shoirning shohlik va uning fazilatlari, jamiyatdagi turli toifa sifatlari, faqr va faqrlikning naqshbandiya suluki nuqtayi nazaridan talqini va uning zabardast murshidi Abdurahmon Jomiyning olijanob fazilatlari haqidagi kuzatishlari falsafiy va badiiy uslubda bayon etilgan. Amir Nizomiddin Alisher Navoiyning ham ko‘pchilik na't-g‘azallarida yo me'roj tasvirini yo bu ulug‘ hodisaga ishoratlarni uchratish mumkin. Shu boisdan, rejamizda bu mavzuga alohida o‘rin ajratilib, “Na't-g‘azallarda me'roj bayoni.”, deb nomlandi. “Ahli sunnat val-jamoat aqoidi” kitobida 17-masala qilib,payg‘ambarimizning me'rojini haq deb bilmoq lozimligi uqtiriladi. (3;16) “Kimki Me'roj voqlasini va Isro' borasidagi oyatlarni rad etsa, kofir bo‘ladi,” –deb yoziladi yuqoridagi asarda. “ G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 7-raqamli na't g‘azal 9 baytdan iborat bo‘lib, u butunlay Me'roj tasviriga bag‘ishlangan. Quyida shu na't- g‘azalining ba'zi baytlarini tahlil qilamiz.g‘azal matni quyidagicha: Anga do‘zax aro o‘tdek durur dunyovu mo fiho. (19; 29-30) G‘azal matla'sidagi “javlongoh” so‘zi ot maydoni, ot chopar degan ma'nolarni anglatadi. “Av adno” - “Qur'oni karim” “Najm” surasining 8-oyati karimasidan olingan iqtibosdir. Oyati karima quyidagicha: “Fa kaana qoba qavsayni av adna” (41;493) O‘zbekcha izohli tarjimada: “Bas, (Muhammad alayhms salomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib; “- degan ma'noni anglatishi yoziladi. (42;384) Tasavvufshunos olimlarimizdan biri Sayfiddin Rafiddinov “Majoz va haqiqat” kitobida bu atama xususida quyidagilarni yozadi: “Ba'zi arbobi ishorat aytibdurlarki, qavsayn-ikki qoshdin kinoyadur. Av adno-ko‘zni oqu qorasini bir-biriga yaqinligidin ishoradur, ya'ni On Hazrat Sallolohu alayhi vasallamning qurbatlari ikki qoshni yaqinligidekdur, balki, andin yaqinroqki, ko‘zni oqu qorasini bir-biriga yaqinligidekdur.” (31;67) Buroq esa Hazrati Muhammad mingan otdir. Baytni shunday tahlil qilish mumkin: "Alloh Me'roj kechasi Muhammad alayhis salom va unga vahiy yetkazadigan Jabroil farishta oralaridagi masofani ikki yoy, balki undan ham yaqinroq masofaga keltirdi. On Hazrat sallollohu alayhi vasallam jannatdan keltirilgan Buroqni minib, gunbazdan oshib, Tangri taolo huzuriga oshiqdi. Falak qolib Buroqingdin emas vasfi falaksur'at, Qamar yorib jamolingdin, emas na'ting qamarsiymo. Baytda Buroq ismi otning tez choparligi nazarda tutilyapti. Alouddin Mansurning yozishicha, payg‘ambarimiz Me'rojga chiqib ketayotib, hujralarining eshigini yopganlarida qimirlab qolgan eshik halqasi qaytib tushganlarida ham silkinib turgan ekan. Bu holat nimadan dalolat beradi: Demak, Rasululloh juda oz fursatda (albatta bu dunyo hisobida) Me'rojga chiqib tushganlar. Haqiqatdan qancha fursat bo‘lganliklarini Alloh bilur. Shuni qayd etmoq joizki, On Hazratining oz fursat soniyalar ichida Tangri huzuriga bo‘lishlarini ta'min etgan vosita-bu Buroq, uning tezlik chaqqonlik bilan harakat qilganligidir. Ikkinchi misra xususida “Payg‘ambarimizning mo‘'jizalari” qismida kerakli fikrlar bayon qilingan edi. Falak vodiylari qat'ig‘a azming gun surub markab, Xirod paykigaam avval qadamda ranj o‘lub paydo. Lirik qahramon – shoir aytmoqchiki, markabing bilan yetti qavat falakdan o‘tib borar ekansan, xirod paykiga (ya'ni xabar yetkazuvchilar-payg‘ambarlar) huzuriga ham qadam ranjida aylading “Al-jomi' as-sahih” (Ishonarli to‘plam) 2-jildining 567-569-betlarida Sarvari koinot 1-osmonda Odam alayhis salomni, 2-falakda Yahyo va Isoni, 3-ko‘kda Hazrati Yusufni, 4-tabaqada Idris alayhis salomni, 5-qavatda Horun alayhis salomni, 6-qavatda Hazrati Musoni, 7-qavatda esa Hazrati Ibrohim alayhis salomlar bilan uchrashib, ular bilan muloqotda bo‘lib, so‘ngra sidrat-ul-muntaqoga yetganliklari qayd etilgandir. Qilib bu sayr aro ma'shuq vasli ko‘yida manzil, Tilab sargashta ushshoqig‘a ham raxmat o‘yin ma'vo. Ma'shuq-Tangri taolo. Oshiqning murodi ma'shuqning vasliga erishmoqdur. “Ishq”, “Oshiq”, “Ma'shuq”-badiiy adabiyotimizda eng ko‘p qo‘llanadigan obrazlardan hisoblanadi. Bu tungi sayrda Hazrati Muhammad Tangri taolo manzili sari bordi. Hojatravo Ma'shuqdan Sargashta oshiqlari (ummatlari) uchun rahmat uyidan boshpana-panohgoh berishligini tiladi. Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy shunday yozadilar: Haqqa qarab qo‘ydi qadam Rasululloh, Haqdin o‘zga hech kim yo‘qdur anda hamroh, Mundog‘ maqom hech kimga yo‘q, valloh-billoh, Chin ummatsin eshitib durur ayting, do‘stlar. (39;209) Mana shu hech bir payg‘ambarga nasib etmagan buyuk maqom, sharkat va tasavvuf ahli uchun Haqqa yovuqlanishi, Olloh bilan “muloqot”da bo‘lmoq, Uning buyuk in'om va marhamatiga sazovor bo‘lishdir. “Qisasul anbiyoi turkiy”da yozilishicha, Sarvari koinot 5-osmonga yetganlarida o‘tlug‘ kursida o‘tirgan, og‘iz-burnidan o‘tlar sharora urib turgan, boshida o‘tlug‘ toj,egniga o‘tlug‘ libos kiygan haybatlik farishta-Moliki do‘zaxni uchratadilar. “Ul farishta manga hargiz iltifot qilmadi,”-deydilar anbiyolar sarvari. Qachonki, ruhl-quds-Jabroil alayhis salom Rasulullohni unga tanitdi, Moliki do‘zax uzr aytib, Habibullohga salom qildi. Shunda habibi Iloh Moliki do‘zaxga aytdilarki, manga do‘zaxni ko‘rsatgil,-deb. U aytdi: “Farmoni Iloh bo‘lmaguncha do‘zaxning sarpo‘shini ko‘tarmasman.” Hazrati Jabroil aytdilarki: “Ey Molik, farmoni Olloh budurki Muhammad harna desa, ani qilg‘il. Moliki do‘zax farmonga bo‘ysundi.” Risolatpanoh do‘zaxda atalari Abdulloh va volidalari Aminani ko‘rib, behush bo‘ldilar. Ular: ”Ey farzandim, gunohimizni so‘rang,”-deya iltimos qildilar. Xitobi Hazrati iloh bo‘ldikim: “Ota-onangni dermusan, yo ummatingni?” Nola va zori bilan arz qildilarkim: “Ey bor Xudoyo, osi jofi ummatlarimni derman...” Hazrati Muhammad Hazrati Muhammad haqqi hurmatlari uchun me'roj tunida yetti do‘zaxdagi azoblar to‘xtatildi. Tamug‘larning o‘ti o‘chirildi. Chunki Habibi Iloh faqat ummatlari uchun yengillik, mehru-shavqat, mag‘firat, barcha yomonliklardan panoh tiladilar. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy bu misralar orqali payg‘ambari oxirzamonning o‘z ummatlari uchun nechog‘li jon fido, mehribon bo‘lganligini z'tirof yetadi. Ayni shu buyuk xislatga ega Inson chin insoni komildir. Boshqa payg‘ambarlarda ko‘rinmaydigan bu fazilatlarning Hazrati Risolatpanohda mujassam ekanligi, u kishining navadar mavtovga sazovor Inson bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Sarvari koinotning me'rojlari, xususan ko‘tarilishning tan va ruh bilan birga sodir bo‘lganligi, “tungi sayr” jarayonida sodir bo‘lgan voqealar xususida diniy va tasavvufiy asarlarda turli xil fikrlar bildiriladi. Ba'zi olimlar Hazrati Muhammad Me'rojga ham ruhan, ham jismonan ko‘tarilgan desalar, ba'zi birlari esa, Rasululloh faqat ruhiy parvoz qilgan, deyishadi. So‘fi Olloyorning aytishlaricha, Rasululloh Me'rojga ham ruhan, ham jismonan ko‘tarilganlar. Bu chin haqiqatdir: Yaqin bilgan ani Me'rojin ey yor, Tani birla edi, ham erdi bedor. Muhammad Mustafo Me'rojdan qaytganlaridan so‘ng, bo‘lgan voqealarni atrofdagilarga aytganlarida, e'tiqodi butun kishilarning iymoni ziyoda bo‘ldi, munofiqlar esa g‘azabga to‘ldilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq esa: ”Agar Muhammad aytgan bo‘lsa, rostdir, “-deb ishonch bildirdilar. Hazrat Navoiy bu fikrlarni lo‘nda qilib shunday bayon etadilar: Hashrg‘a tegru me'rojing afsonasi, Xayli xayl maloyik aro mojaro. Shoir aytmoqchiki, to qiyomatgacha Sening Me'roj me'rojing xususida bahsu munozaralar qilurlar. “Qissasi Rabg‘uziy”dan o‘qiymiz:” Muhammad Rasululloh yonib arshga tegdi ersa malau'la'lo farishtalari aytdilar:” Bu Muhammad Mavlo taolog‘a, bas, aziz vul turur. Bu maqomg‘a oshti, qiyomatg‘a tegi o‘zga kelgusi yo‘q. Biz o‘tru yurib salom qilaming, qutlug‘ diydorini ko‘raming, qutlug‘ so‘z eshitaming. Qiyomatg‘a tegi farishtalar orasinda bizga mufoxarat quvanch bo‘lsun,”-deb yo‘lin saqlab turdilar. Haqiqatan ham, farishtalar Haq Mustafoning Me'rojiga shohid. Zero, Nabiyi arabiy falaklardan ko‘tarilib chivar ekanlar, toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan va bajargan ibodatlarining savobini Muhammad ummatlariga baxshida etayotgan, to ro‘zi qiyomatgacha shu maqomda turadigan yaratilgan maxluqotlar-farishtalarni ko‘radilar. Ular bilan mulovotda bo‘ladilar. Olimlar bir yoqda tursin, hattoki Me'roj shohida bo‘lgan farishtalar ham bu xususda bahsu munozaralar yuritadilar. Endi mana bu misralarga diqqatingizni qarating: Haq o‘zin qildi muhib, sen oyni mahbub, ey habib, Ul muhibqa, sen kabi mahbub erur xo‘b, ey habib. Rog‘ib erding ul muhib vaslig‘a, chun shomi uruj, Topting, ulkim xotiringg‘a erdi marg‘ub, ey habib. (21;34) “Muhib”-sevgili, “Mahbub”-sevikli, ma'shuq, yor demak. “Shomi uruj”- me'roj kechasi, “Rog‘ib”-istovchi, intilovchi. “Marg‘ub”-yoqimli, sevimli. Shu lug‘at asosida baytlarning quyidagi ma'nosi kelib chiqadi: Olloh o‘zini sevilgan (Muhammad alayhis salom tomonidan) bildi, Sen oyni (Hazrati Muhammadni Mir Alisher Navoiy ko‘p hollarda Oyga qiyo etadilar) mahbub, ya'ni O‘zi uchun sevimli yor, ma'shuq ayladi. Demak, Xudo oshiq, Muhammad alayhis salom esa ma'shuq. Oshiq va ma'shuqni bir-biriga bog‘laydigan narsa esa Ishqdir. “Ey habib”-Habibulloh Nabiyi arabiyning ismlaridan biri. Sevimli, sevilgan uchun sevikli yor yarashadi. Uruj oqshoьida sevimli Muhibning vasliga yetding(rog‘ib erding). Tangri taolo Sen uchun marg‘ub(yoqimli, sevimli) erdi. Ayon bo‘layotirki, azamiy oshiq(Olloh) va Ma'shuq(Muhammad alayhis salom) me'roj tunida bir-birining vasliga erishmog‘i(suhbatlashmog‘i) xususidagi fikrlar bayoni keltirilgan. Alisher Navoiy “Lison ut-tayr”da shunday yozadilar: Ham ko‘rib jonon jaьolin ko‘z bila, Vaslidin ham bahra topib so‘z bila. (24;26) Demak, ulug‘ shoir o‘z asarlarida fikr-mulohazalarni takror-takror, turli xil usullar bilan ifoda etgandirlar. Maqsud Shayxzoda Navoiyning lirik qahramoni fazilatlari haqida yozadi: “Navoiyning lirik qahramoni birinchi navbatda otashin va mundarijali oshiqdir. Shoir ishqning azaliy va abadiy qudratini biladi, ishq mavzusining “bunyodi olam”dan e'tiboran lirikaga besh mavzu bo‘lib kelganini e'tirof etadi.” (31;75) Navoiyning lirik qahramoni-oshiq Komil Inson(Hazrati Muhammad)ni madh etar ekan, sevimli kishisiga aloqador narsalar, voqea-hodisalarga ham ijobiy, mehr ko‘zi bilan qaraydi. Chunki sevimli kishining sevganlari ham suyuklidir. Quyidagi baytda Muhammad alayhis salomning buyuk martabaga erishuviga vosita bo‘lgan, u Zotni Tangri huzuriga olib borgan ulov-Buroq ismli otning ham ta Muhammad alayhis salomqdirlanishi yoziladi: Ham raf'atingg‘a arshi bag‘rinda makon, Ham Buroqingg‘a xuldibarinda charo. (21;11) Izohtalab so‘zlardan biri “raf'at”dir. Bu so‘z aslida “rif'at” bo‘lib, ikki ma'no kasb etadi. Birinchisi: “ko‘tarilish”, “balandlash.” Ikkinchisi: “yuqori martaba.” Yuqoridagi misramiz uchun har ikkala ma'no ham ahamiyatlidir. “Arsh”-os monning eng yuqori joyi. Falaklarning ulug‘i-taxt. Diniy tasavvurlarga ko‘ra, arsh to‘qqizinchi ko‘kdadir. Tasavvuf ta'limoti bo‘yicha, “arsh”-Tangri qudratining tajalli joyi. “Xuldibarinda charo” birikmas esa, “abadiy, mangu jannatda o‘tlatish”, degan ma'noga ega. Shularga tayanib, baytning mazmunini quyidagicha bayon qilish mumkin: “Me'roj tunida shu darajaga yetdingki, eng oliy maqom- Arshga-Tangri huzuriga yetishmoqqa muyassar bo‘lding. Senga xizmat qilgani va buyuklikka erishuvingga vosita bo‘lgani bois, Buroq ismli otingg‘a ham Olloh abadiy jannatini ato qildi. Bu iltifot ila karamlarning bari Sen uchundir, ey Habibi Olloh!” “Qissai anbiyoi turkiy”da shunday rivoyat bor Me'roj: “Jabroil alayhis salom Buroq kelturdilar, yuzi odamning yuziga o‘xshar. Tevadin kichik, otdin cho‘ng... Mingali hayol qilib erdilar, Buroq tezlik qildi.” So‘ngra Jabroil alayhis salom Buroqqa bu Zot Muhammad alayhis salom ekanliklarini, u kishiga beodoblik qilmoqlik gunoh sanalishini uqtiradilar. Shunda Buroq shunday deydi: “Bir hojatim bor. Yo Rasululloh, qiyomat kuni mendek yuz ming Buroqlar bor. Mendek yuz hissa yaxshi. Agar kelur, manga navbat tegmas. Shul kuni xam manga shafoat qilib, minsalar, men ham izzat-obro‘ topsam.” Rasululloh qabul qildilar. (16;66) Hazrat Navoiy ayttgan fikrlarning tub ildizi mana shu rivoyatga borib taqaladi. Hazrati Muhammad Me'roj tunida Me'roja nafaqat Tangri taolo, payg‘ambarlar, farishtalar bilan, balki kelgusida o‘z ummatlari orasidan yetishib chiqadigan avliyoullohlarning ruhlari bilan ham suhbat quradilar. Muhammad Siddiq Rushdiyning “G‘avsul a'zam” kitobida “Me'roj kechasi On Hazrat Muhammad alayhis salom Sallallohu alayhi vassallamg‘a G‘avsul a'zam arvohlarining muloqot bo‘lganlari” bobida Rasulullohning yetti tabaqa osmondan o‘tganlari, Arshning nihoyatda ulug‘ va balandligi bois, yuqorilay olmay turganlarida Hazrati G‘avsul a'zam Muhyiddin Sayyid Abdulqodir Giloniy arvohlarining kelishi, hamda zaboni botin birla arz qilib: “Mening gardanimga muborak qadamlarini qo‘ysalar,”-deya so‘zlashlari yoziladi. O‘undan so‘ng Habibi azamiy, Mahbubi Lash azamiy – Hazrati Muhammad alayhis salom Arsh uzra chiqqanlar... G‘avsul a'zamga “Avliyolar sultoni” unvoni ham shu barokatli kecha- Me'roj tunida beriladi.(33;23) Hazra Alisher Navoiyning yozgan na't g‘azallarida bu kabi hodisalarga ishoratlar bormi? Ulug‘ shoir bu voqealarni qay yo‘sinda talqin etadilar? “Favoyid ul-kibar” devonining 10-11-betlarida keltirilgan 6-g‘azal tarkibida shunday bayt uchraydi: Urujungda aynul yaqin aqlining, Ko‘ziga g‘uboring bo‘lib to‘tiyo. Izohlanishi lozim bo‘lgan so‘zlardan biri “g‘ubor”dir. Uning “chang”, “to‘zon “ , “ gard ” kabi ma'nolari mavjud. “To‘tiyo” esa –ko‘z dori. Endi “aynul yaqin” xususida fikr yuritmoq joiz. Avvalo, “yaqin”ning tasavvuf adabiyotida izohi qanday degan savol tug‘iladi. Yaqin-ochiq, oydin, aniq va shubhayu gumondan mutlaqo holiligi demakdir. Imom G‘azzoliyning yozishicha, “din sarvatining butun, demakdir. Imom G‘azzoliyning yozishicha, “din sarvatining butun sarmoyasi “Ilmi yaqindir,” Yaqin ilmning boshlang‘ichi bo‘lib, unga erishilgach, qalbda barcha narsani fahmlamoq va anglamoq imkoni ochilar ekan. Ahli kalom “yaqin” kalimasini “bilish” ma'nosida tadbiq etganiga shak-shubha yo‘qdur. Tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, “qay zamonki nafs biror narsani tasdiqlashga tarafdor bo‘lib, o‘sha narsa nafsdan g‘olib kelib, istalgan shaklda nafsni tasarruf eta olsa, yaqin nomi berilur.”(imom G‘azzoliy) Yaqinning uch maqomi bordur: 1. Ilmul yaqin. 2. Aynul yaqin. 3. Haqqul yaqin Aynul yaqin ahli avliyoullohlardir. Aynul yaqin-shariat ahkomini ixlos ila ado aylab umr kechirish va haqiqatga tayanmoq erur. Bu fikrlardan xabardor bo‘lgan holda, Mir Alisher Navoiyning yuqoridagi baytlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Shoir aytmoqdaki, urujing shomida Sening jamolingni bir ko‘rmoq, xizmatingni bajarmoq uchun avliyoullohlarning ruhi poklari mushtoq bo‘lib turdi. Markabingning to‘zoni, gardi ular uchun to‘tiyo kabi edi. “To‘tiyo” so‘zidan foydalanish orqali shoir “iyhom” san'atini yuzaga chiqargan, chunki bu so‘zning ikki turli ma'nosi bor: 1. Ko‘z dori. 2. Aziz, qadrli, qimmatbaho narsa. Birinchi ma'no asosida bayt tahlilini quyidagi kabi ham berish mumkin: Xuddi ko‘zi ojiz odam to‘tiyo(ko‘z dori)ni ko‘ziga surtib, shifo topganidek, Me'roj tunida avliyoullohlarni Sening xizmatingni ado aylashi, ular uchun buyuk baxt-qalb intiqligining davosi edi. Sening lutf ila inoyatingdan bahramand bo‘lmoq “karomat sohiblari”ning asl muddaosidir. Tasavvufshunos olimlar Ibrohim Haqqul hamda Sayfiddin Raf'iddin nashr qildirgan. “Me'rojnoma” to‘plamining 35-betida “Hazrati Muso alayhis salom bilan Imom Muhammad G‘azzoliy olami ruhonida va On Hazrat sallollohu alayhi va Olihi vasallamni huzurlarida munozara g‘ilg‘onlari.” qismida quyidagi ma'lumotlar keltiriladi: Muso alayhis salom Rasulullohning “Ummatimning ulamolari Bani Isroil payg‘ambarlaridekdurlar,”-deb aytganlarining ma'nosini va qaysi bir ummatingizda bu martaba bor,”-deya savol qiladilar. Shunda Sarvari Olam aytadilar: “Ey, Muso alayhis salom, Harna so‘zlabman haq so‘zlabman. Ummatlaringdan bir olimni sening huzuringga hozir qilay sen uni sinab ko‘rgin.” Ollohning izni bilan Imom G‘azzoliyning ruhlari hozir bo‘lib, Muso alayhis salom bilan baxsga kirishib ul zotni mulzam etadilar. Shunda Hazrati Muso g‘azab va qahr ko‘zi bilan Imom G‘azzoliy joniblariga(tomon, taraflariga) qaraydilar. Shul zaxotiyoq mehribon payg‘ambarimiz bo‘lajak buyuk din olimining ruhlarini orqalariga pinhon qiladilar(yashiradilar). Zero, avliyolar payg‘ambarlarning qahr g‘azablarida kuyar ekanlar. Hazrati Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”larini o‘qir ekanmiz, quyidagi to‘rtlik diqqatimizni jalb qiladi: Ayo do‘stlar, quloq soling aydug‘umg‘a, Ne sababdin oltmish uchda kirdim yerga. Me'roj uzra Haq Mustafo ruhin ko‘rdim, Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga. (40;23) Shunday to‘rtliklardan iborat olti hikmatda davom ettirilgan fikrlarda Rasulullohning Jabroildan: “Bu nechuk ruhni, tanaga kirmay kamol topmish?”-deya savol qilishlari, Ruhul-qudsning: “Bu sizning ummatlaringizdandur, u ko‘kda maloyakalardan saboq oladur. Olloh taoloning oshig‘idurki, bir nolasidan yetti osmon larzaga keladi,”-deya bergan javoblari hikoya qilinadi. So‘ngra Habibulloh bu muborak ruhning to‘rt yuz yildan keyin tug‘ilishi,hamda unga o‘n to‘rt ming mujtahid (Islom qonun-qoidalarini mukammal biluvchi, mas'ala aytuvchi kishi) xizmat qilmoqligining bashoratini beradilar. Pir Yassaviyni Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam farzandlikka ham shu tunda qabul qiladilar. Demak, Nabiyulloh uruj oqshomida aynul yaqin aqlidan uch kishi: G‘avsul a'zam, Imom G‘azzoliy, Hoja Ahmad Yassaviylarning ruhi muboraklari bilan muloqot qilganliklari xususida ma'lumotlarga ega bo‘ldik. Me'roj inson aqli yetmaydigan Ilohiy bir hodisadir. “Tungi sayr”da sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning hammasini qalam anglata olmaydi. Unda zamon, makon chegarasi, masofa o‘rtada yo‘q bo‘lgandir. Me'roj Muhammad alayhis salomning Ilohiy inoyatga erishuvidir. Bu aytgan va aytmoqchi bo‘lgan fikrlarimiz dengizdan bir tomchidir. Mumtoz adabiy asarlarimizda tasvir bayon etilgan “Me'roj” hodisasini yanada chuqurroq, ilmiy, islomiy va tasavvufiy manbalar asosida o‘rganmoq va o‘quvchilarga taqdim etmoq galdagi vazifalardan biridir. Alisher Navoiy na't-g‘azallarining badiiy xususiyatlari. Na't-g‘azallarda qo‘llanilgan badiiy san'atlar. Islom nuri asrlar davomida o‘zbek adabiyotini yoritib kelgani barcha allomalarimiz, jumladan Mir Alisher Navoiy ijodida ham o‘z aksini topgan. Mumtoz adabiyotimizda asarlarning boshlanishida muqaddimaviy qismlarning kelishi an'anaga aylangan edi. Misralar tarkibida “Qur'oni karim” oyatlari, hadisi shariflardan iqtiboslar keltirish o‘sha davr uchun xos edi. Ilohiy Kitob birinchi navbatda ilhom manbai bo‘lsa, ikkinchidan, Alisher Navoiy yashagan davrdagi mafkura Islom dini asosida ish ko‘rar edi. Hazrat Navoiy Kalamullohni yod bilganlari va uning mazmunini teran tushunganlari bois, misralar tarkibida Qur'oniy oyatlardan parchalar umuman o‘rinsiz keltirilmaydi yoki baytning ma'nosiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Navoiyning quyma misralarini bir shoda, bir tizim marvaridga qiyos qilsak, Qur'oniy oyatlar “duru gavharlar” bo‘lib, uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Baytga diqqat qilinsa, talmehdan tashqari, tazod(qarshilantirish) san'ati ham ko‘zga tashlanadi: “Quyosh va uning yog‘dusi,” ya'ni yorug‘ kun bilan, “ Borliqni zulmatiga chulg‘ab kelayotgan” qora tun tazod san'atiga misol bo‘la oladi. Badiiy adabiyotimizdan tazod san'atining o‘zi “Qur'oni karim”dan olingan. She'rlarning taxlilini san'atdan emas, mavzudan boshlash kerak, degan qoidaga amal qilgan holda, diplom ishining ilk boblarida asosiy maqsad mavzuga qaratilgan edi. Shu bois, birinchi boblarda badiiy san'atlar va misralarning qofiyasi va vazni xususida oz fikrlar bildirildi. O‘tmish ijodkorlardan ba'zilari “lafz”ni, ba'zilari esa “ma'ni”ni ustun qo‘yganlar. Maqsad ma'nini qay lafzda ifodalash ya'ni, ma'no shaklni ifodalaydi(belgilaydi). Ma'no lafzning ichida o‘zining qanaqa ifodasini topadi-biz uchun muhim bo‘lgan narsa ana shu. “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 322-sonli g‘azalning mana bu baytlariga e'tibor qiling: Ey, deb sifatingda ahli idrok, Lav loqa la-mo Xalaqt-ul-aflok. Aflok nechukki xoki rohing, Ul yo‘ldaki, ojiz o‘ldi idrok. Desam aflok erur tufayling, Basdur guvahing hadisi “lav lok.” (19;261) Talmeh san'ati bu yerda Ilohiy hadisdan namuna keltirish orqali yuzaga chiqqan. Ikkinchi misraning ma'nosi quyidagicha: “Agar Sen bo‘lmasang, men falaklarni yaratmas edim.” Tangri oldida Hazrati Muhammadning martabalari shu qadar buyukki, hattoki to‘qqiz falak ham ul zoti muborakning sharofatlari tufayli yaratilgandir. Navoiy deydilarki, Olloh taolo to‘qqiz osmonni sening tufayling yaratdi. Agar menga bu aytgan gapingga guvoh keltir desalar, “lav lok.” Hadisini shohid keltiraman. Na't-g‘azallar tarkibida hadislardan namunalar keltirish aytilayotgan fikrning tasdig‘ini oshirishga, baytlarning badiiy qimmatini ta'minlashga xizmat qiladi. Ey nubuvvat xaylig‘a xotash baniy Odam aro, Gar alar xotash, sen ul otkim, bo‘lur xotam aro. (19;29) Ko‘chirganimiz iki misrada Rasulullohning eng so‘ngi payg‘ambar ekanliklari, bundan buyon qiyomatga qadar yer yuziga Olloh o‘z elchisini yubormasligi haqida so‘z boradi. Ayni choqda, “Eng so‘ngi Rasul ekan-da,”-deydilar Hazrat Navoiy, - “Sen payg‘ambarlar guruhi, to‘dasining boshida turasan.” (Bu yerda, “Nuri Muhammad Muhammadiy”ga ishora bor.) “Takrir” – ma'lum bir so‘zning bir misra yoxud, baytda ikki yoki undan ortiq miqdorda qo‘llanilishi bo‘lib, “xotam” so‘zining uch karra ishlatilganligi bu sa'natni yuzaga chiqargan. “Tanosib”-bir yerda, bir jumlada, bir-biriga munosabati, bog‘liqligi va yaqinligi bo‘lgan so‘zlarni jamlash, ularni o‘zaro aloqaga kirishtirib tasvirlash. Misol: Tilab ummat gunohin, har kishi istab istab topib baxshii, Zihi soyil, zihi bozil, zihi rif'at, zihi me'roj. (22;70) Me'roj tunida Ollohdan o‘z ummatlarining gunohlarini tilagan payg‘ambarimizning sifatlari kelgan bo‘lib, “soyil”-ummat gunohini tilovchi, “bozil”-saxiy himmatli inson, “rif'at”-yuqori martaba sohibi, “me'roj”-Olloh huzuriga ko‘tarilish va bu sharafga erishgan inson kabilar anglashilmoqda. Ushbu tunda Hazrati Muhammad alayhis salom har ne tilagan bo‘lsalar, Tangri uni ado etdi. Manbalarda yozilishicha, Janobi Haq qush Muhammadga bu maqomda uch narsani baxsh etdi: sherik 1.”Baqara” surasining oxiri (Amonar rasuli). 2.ummatidan Ollohga sherik qo‘shmaganlarning jannatga kirishi mujdasi. 3.Me'roj hadyasi sifatida besh vaqt namoz. (36;48) Shu bois, “Namoz-mo‘minning me'rojidir,”- deydilar. “Tajoulul orif”-shoir tasvirlayotgan narsasining xarakter va xususiyatini bilsa-da, o‘zini bilmaslikka solib turadi: Yuzu ko‘zungda muayyan kamoli sun'i iloh, Ne yuzdurur bu, ne ko‘z Lo iloha illalloh. (19;404) Shoir Hazrati Muhammadning barkamol, to‘liq, mukammal tashqi qiyofasi Tangrining ishi (sun'i iloh), uning go‘zal yaratmasi ekanligini bilib, sezib tursa-da, “bu qanday yuzu ko‘z ekan-a?”-deya o‘zini bilmaslikka soladi. Hech qachon bir baytda bitta yoki ikkita badiiy san'at uchraydi deyish to‘g‘ri emas, chunki san'atlar qorishiq holatda keladi ko‘p hollarda. “Lo Iloha Illalloh” kalimai toyiba bo‘lib, Ollohning yakkayu yagonaligini e'tirof etadi va bu “talmih”ga misol bo‘la oladi. “Tashbeh”-bu san'at orqali shoir sifati va biror xususiyati bilan o‘xshash bo‘lgan ikki yoki undan ortiq narsa, voqea va hodisani o‘xshatadi, qiyoslaydi. Tashbeh o‘xshagan narsa, o‘xshatilgan narsa, o‘xshatish vositasi, o‘xshatish sabablari ishtirokida yaratiladi. Yusuf payg‘ambar go‘zallik timsoli bo‘lganligi bois, Mir Alisher Navoiy Rasulullohni ko‘p hollarda unga qiyos etib, Muhammad alayhis salom Yusufdan-da go‘zaldir, degan g‘oyani ilgari suradilar: Yusufni, jamol ichra ma'dum edi monandi, Topmadi malohatda husnini sanga monand. (19;110) Yusufning jamoliga monand, o‘xshash go‘zal inson ma'dum (yo‘q) edi. Biror kimsa yo‘qki, husn borasida Yusuf ham ga teng bo‘la olmas. Lekin malohatda (yoqimlilik, muloyimlik) hatto Yusuf ham, senga yenglasha olmas. Yoki: Yusuf ermas bu malohatda jamolingg‘a shabih, Husningg‘a ani moliq o‘lmag‘ay etsam tashbih. (20;379) Hazrat Navoiy bildirgan har bir fikr asosli. Ulug‘ shoir bekorga go‘zallik timsoliga aylangan Yusufning jamolidan, Nabiyi arabiy ko‘rku tarovatini ustun qo‘yiaydi. Bir kuni Oysha roziyallohu anhu Hazrati Muhammaddan so‘radilar: “Ey Rasululloh, Siz chiroylimi yoki Yusuf payg‘ambar chiroylimi?” Rasululloh dedilar: “Yusuf payg‘ambar mendan chiroyliroq, ammo men undan chiroyliroqman. Chunki u olamga fitna edi, men esam raxmatdurman. Yusuf ne kursa sevunch anga harom bo‘lur edi, kim mani ko‘rsa qazg‘u(qayg‘u, alam) anga harom bo‘lur edi.” (30;130) Janobi Haqning shunday amri ham bor: “Eng buyuk payg‘ambarlarimizning eng oliy sifatlari Habibim Muhammadda jash' bo‘lsin!” Shu bois, Hazrati Yusufga ato etilgan eng ulug‘ ne'mat-go‘zal husn ila ko‘rku tarovat Muhammad alayhis salomda yanada kamol topib, oliy tariqada zuhr etdi. Klassik poeziyada vazn, undan to‘g‘ri foydalanish, vazn tufayli leksik va grammatik xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik shoirdan katta mahorat va so‘z boyligi ega bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun shoirning kuchini sinashda asar vaznini tekshirishning ham o‘ziga xos ahamiyati bor. Aruz sistemasi bo‘g‘inlarining talaffuzdagi cho‘ziq-qisqaligiga asoslangandir. Aruz nuqtayi nazaridan bo‘g‘in uch xil-qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq bo‘ladi. Qisqa bo‘g‘inning sxematik belgisi “V”, cho‘ziq bo‘g‘inniki “-”,o‘ta cho‘ziq bo‘g‘inniki “~” shaklida bo‘ladi. Quyida na't qasidalarning vazni hamda qofiyasi xususida fikr yuritamiz. Download 202.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling