Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar.
- 17-mavzu.Qadimgi Eron, Finikiya, Osuriya va Falastin madaniyati va san’ati. (2 soat) Reja
Foydalanilgan adabiyotlar.
Avdiyev V.I.Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent. “О‘rta va oliy maktab” davlatnashriyoti. 1964 yil. 2.Yemelyanov V.V.. Drevniy Shumer. Ocherki kulturi. Spb.: Izdatelstvo «Peterburgskoye Vostokovedeniye», 2001, 368 s. 3.Belitskiy Marian. Shumeri.Zabitiy mir / Per. s polskogo. — M.: Veche, 2000. — 432 s. . 4. Yemelyanov V. V. Gilgamesh. Biografiya legendi. — M.: Molodaya gvardiya, 2015. — 358 s 5.Kramer Samyuel. Shumeri. Pervaya sivilizatsiya na Zemle.ZAO Sentrpoligraf, 2002. — 384 s. 6.Meletinskiy YE. M. Proisxojdeniye geroicheskogo eposa: Ranniye formi i arxaicheskiye pamyatniki. — 2-ye izd., ispr. — M.: Vost. lit., 2004. 7.Eliade M. Gilgamesh v poiskax bessmertiya // Istoriya veri i religioznix idey. — M.: Kriterion, 2001. 8.Ergashev SH.Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent:. O”ZBEKISTON.2016 yil Nazorat uchun savollar. 1.Ikki daryo oralig‘i xalqlari madaniyatining Shumer-Bobil madaniyati deb atalishiga sabab nima? 2.Qadimgi Shumeriylarning huquqiy madaniyati. Xammurapi kodeksi. 3.Qadimgi Shumer-Bobilliklarning diniy qarashlari nimasi bilan sharqning boshqa xalqlari diniy e’tiqodidan fraqlanib turgan? 4.Qadimgi Shumeriylarning xalq og‘zaki ijodi. 5.Qadimiy Shumeriylar san’ati qaysi jihati bilan ajralib turgan? 6.Qadimgi Shumer va Bobilning ta’lim tizimi qaysi jihati bilan farqlanib turgan?. 17-mavzu.Qadimgi Eron, Finikiya, Osuriya va Falastin madaniyati va san’ati. (2 soat) Reja: 1Qadimgi Eron madaniyatining jahon madaniyatida tutgan о‘rni. 2.Qadimgi Finikiya va Falastin madaniyati. 3.Qadimgi Osuriya madaniyati. Eron madaniyatining yuksalishida qadimgi Misr, shuningdek, bitta mintaqada joylashgan qadimgi Mesopatamiya madaniyatlarining ta’siri, shuningdek, qadimgi Eron madaniyati boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishi va mukammal darajaga erishuvida ham muhim rol о‘ynagan. Eron atamasi oriylar tarixi bilan shug‘ullangan olimlarning ta’kidlashlaricha, “Eron” atamasi aynan oriylar nomidan, ya’ni “Orianam” – “oriylar mamlakati”, degan ma’noni anglatadi. “Eron atamasi” siyosiy, diniy va madaniy tushuncha sifatida miloddan avvalgi III asrda sosoniylar tomonidan kiritilgan. Sosoniylar imperiyasining barham topishi bilan “Eron” siyosiy atama sifatidagi mavqeini yо‘qotadi va “Parsa”, “Pars” nomlari bilan yuritilgan. 1934 yilga kelgach, “Eron” atamasi qayta tiklanadi. Eron atamasi qachondan boshlab muomalaga kiritilgan va qanday ma’noni anglatadi? Eronlik hukmdorlar turli davrlarda Liviyadan to Hindistongacha bо‘lgan hudularni о‘z ichiga qamrab olgan yirik davlatchilikni boshqarganlar va insoniyat tarixida о‘chmas iz qoldirgan madaniy boyliklarni yaratganlar. Ularning hukmronligi davrida qadim-qadimdan turli xalqlar tomonidan yaratilgan boyliklar nafaqat ular hukmronlik qilgan hududlar xalqlari, shuningdek, qо‘shni davlatlar, masalan antik dunyo falsafiy dunyoqarashining shakllanishiga, xristianlik va islomdagi esxotologik (esxotolgiya grekcha, esxaton – sо‘nggi va logos sо‘z, bilim), ya’ni olam va insoniyatning sо‘ngi taqdiri, oxirat va qiyomat tо‘g‘risidagi ta’limotlarning paydo bо‘lishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Albatta, har bir xalqning madaniyati о‘rganilayotganda uning о‘tmishi, ya’ni tarixiy bosqchilariga, shuningdek, uning insoniyat madaniy taraqqiyotiga kо‘rsatgan ta’siriga ham nazar tashlanadi. Agar qadimgi Eron tarixiga nazar tashlasak, 1-bosqich – Elam sivilizatsiyasining paydo bо‘lishi va gullab-yashnashi (mil.avv. IV ming yillik oxiridan mil.avv. VII asrgacha); 2-bosqich - midiyaliklar davri (mil.avv. VII asr о‘rtalaridan - mil.avv. VI asr, ya’ni 550 yili Kir II tomonidan zabt etilgunga qadar bо‘lgan daavr; 3-bosqich axomoniylar davri (mil.avv. VI asr – mil.avv. 330 yilgacha); 4-bosqich parfiyaliklar davri (taxminan mil.avv. III asr о‘rtalaridan milodiy eraning 224 yiligacha) davrlarni bosib о‘tganligini kо‘rishimiz mumkin. (Qarang: Ergashev SH. Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON. 2016 yil, 141-bet.) Eron tarixining yuqorida kо‘rsatilgan bosqichlarida hukmronlik qilgan har bir hukmdor nafaqat eron madaniyati yuksalishiga, shuningdek, boshqa xalqlar madaniy hayotining rivojlanishigagina emas, balki yuksalishiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsata olgan. Eron madaniyatining nihoyatda yuksak darajadaligini, Aleksandr Makedonskiyning Eronni bosib olgach, uning madaniyatidan, ayniqsa, Sharqning о‘ziga xos urf-odatlari va an’analaridan hayratlanishi, uning о‘zini sharq hukmdorlariga о‘xshab kiynishiga, maishiy hayotini sharqona tartib asosida tashkil etishga, xalqni boshqarishda sharqona meyorlarga amalga qilishga harakat qilganligida kо‘rish mumkin. Amerikalik Sharqshunos va Ossuriyashunos Albert Olmsted (1880-1945) ta’kidlaganidek, “Aleksandr о‘zining dastlab istilo qilingan yerlarini fors satrapliklari namunsida tashkillashtirdi. Misrda u xudoning о‘g‘li, demak о‘zi ham Shoh-xudo ekanligini bildi. Aleksandr borgan sari kо‘proq Sharq e’tiqodlari ta’siriga tushib qoldi va tez orada forscha dabdabalikni qabul qildi. U aslida fors hamda yunon xalqlari va madaniyatlarini birlashtirishni orzu qilgan edi. Lekin Sharq о‘zining shafqatsiz istilochisi ustidan g‘alaba qozondi”. Tadqiqotchilarning fikriga kо‘ra, qadimgi Eron san’ati qо‘shni davlatlar, masalan, qadimgi Ossuriya san’atiga nisbatan ancha progressivroq, ya’ni arxeologlarning ta’kidlashlaricha, mazkur topilmalarda shafqatsizlik deyarli kо‘zga tashlanmaydi, kо‘proq dunyoviylik bо‘rtib kо‘rinib turadi. Qadimgi saroylar qoldiqlaridan topilgan devoriy suratlar, sopol lavhalar va qabrlar tepasiga qо‘yilgan tosh lavhalarda asosan, jangchilar, hayvonlarning tasvirlari - birinchi navbatda qanotli buqalar, sherlarlarning tantanali yurishlari va tulporlar tasvirlari tushirilgan relyefli suratlar kо‘zga tashlanadi. Eronning mil. avv. IV asrda Aleksandr Makedonskiy (miloddan avvalgi 356-323) tomonidan bosib olinishi bilan ellinlar san’atining ta’siri ancha kuchayadi. Demak, Aleksandr Makedonskiy istilosi natijasida eron madaniyatida ellinlar madaniyatining ta’siri ancha kuchaygan. Lekin, Iskandar mamlakatda shakllangan turmush tarzi va dunyoqarash tizimini о‘zgartirishga intilmadi, hatto о‘zi ham shaharning bosh ibodatxonasida Bobil podsholari singari taxtga о‘tirish marosimini о‘tkazgan. Iskandarning vafotidan sо‘ng, Qadimgi Mesopotamiya, shu jumladan Eron madaniyatida tanazzul jarayoni boshlanadi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab, bu hududlarga Rimlik-larning kirib kelishi, nafaqat Eron, shuningdek, qadimgi Bobil va qadimda mashhur bо‘lgan boshqa mamlakatlar madaniyatida tushkunlik paydo bо‘ladi. Ilgari gullab-yashnagan mashhur shaharlar vayronaga aylana boshlaydi.1 Bobilning mashhur, yetti iqlimning yetti mо‘jizalaridan biri bо‘lgan osma bog‘lar xarobaga aylana boshlaydi. (Ma’lumki, Bobilning muallaq bog‘lari VI asrda hukmronlik qilgan Novuxodonosar II tomonidan о‘zining sevgan xotini - Midiyalik malika sharafiga bunyod etilgan. Uning gzlalligi va tarovati shu darajada yuksak bо‘lganki, hatto Aleksandr Makedonskiy mazkur bog‘ni о‘zining yozgi qarorgoi sifatida tanlagan. Sosoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan sulola hukmdorlari о‘zlarini xudolar naslidan ekanliklarini isbotlashga intildilar va shu maqsadda ularning buyrug‘i bilan g‘alabali bosqinchilik urushlari manzaralari tasvirlangan ulkan relyefli san’at asarlari paydo bо‘ladi. Ammo taxt talashishlar forslar uchun muvaffaqiyatli kechmadi. Sosoniylar tomonidan vujudga keltirilgan kо‘plab yodgorliklar tolo-tо‘plar olovi natijasida vayronaga aylanadi. Sosoniylarning yuksak san’atidan faqat saroy va ibodatxonalarning xarobalari, bir necha о‘nlab oltin va kumush idishlar, ipak matolar va gilamlar qoldiqlarigina saqlanib qolgan. (Qarang: Kinjalov R.V., Lukonin V.G. Sosoniylar Eronining madaniy yodgorliklari. - L .: Davlat Ermitaj nashriyoti, 1960 yil.) Saroylar devorlari zodagonlar, saroy gо‘zallari, musiqachilar, xudolar suratlari tasvirlangan freskalar bilan bezatilgan. Sosoniylar Eronida davlat dini zardushtiylik bо‘lib, bu din asoschisi Zaratushtra (eroncha transkripsiyada, yunoncha transkripsiyada — Zardusht) nomi bilan atalgan. Zaratushtraning tarixiy shaxs ekanligi ishonchli tarixiy manbalar orqali aniqlanmagan, ammo kо‘pchilik olimlar uni haqiqiy tarixiy shaxs sifatida talqin qiladilar. Kо‘pgina “Avesto”shunos olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi XII-X asrlar oralig‘ida yashaganligini ta’kilab о‘tadilar. Sosoniy hukmdorlar zardushtiylik diniga homiylik qilganlar. Mamlakat bо‘ylab kо‘plab olov ibodatxonalarini bunyod etganlar. Zardushtiylik ta’limotining asosini uch ezgulik –ezgu fikr, ezgu sо‘z va ezgu amal tо‘g‘risidagi ta’limot tashkil qiladi. Ahmoniylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy institutlar va madaniy an’analar jahon tarixida katta rol о‘ynab, kо‘p asrlar davomida saqlanib qolgan Iskandar Zulqarnayn, Salavkiylar, Ptolemeylar, Parfiyaliklar, Sosoniylar va boshqalarning davlatlari-ga xizmat qilgan. Bobilning huquqiy qarashlari (Xammurapining kodeksi), Ahamoniylar davrida о‘z taraqqiyotining eng yuqori chо‘qqisiga chiqadi, salavkiylar va parfiyalik hukmdorlar davrida yanada rivojlanib, Rim huquqshunosligining shakllanishiga о‘z ta’sir kо‘rsatdi. Dastlab Kichik Osiyoda forslarga bо‘ysungan holda ularning ta’sirida paydo bо‘lgan va rivojlangan Bobil astronomiyasi, Misr tibbiyoti va yunon falsafa-sining yutuqlari haqli ravishda qadimgi madaniyatlarning eng katta yutuqlari hisoblanadi. Fors ustalari tomonidan 2000 yildan kо‘proq vaqt oldin yaratilgan san’at asarlari syujetlarning о‘ziga xosligi va shakllarning mukammalligi bilan hali hanuzgacha kishilarni hayratlantirib kelmoqda. Qadimgi Eron badiiy madaniyati yodgorliklaridagi ravshanlik kishilarga ma’naviy-estetik ta’sir kо‘rsatishda muhim rol о‘ynagan. Fors shohlarining saroylaridagi tasvirlarning ravshanligi qadimgi Misr saroylari, piramidalari, maqbaralaridagi tasvirlarning yarim qorong‘ulik Fors shohlarining saroylaridagi tasvirlarning ravshanligi bilan tо‘ldirilgan. Arxitekturadagi tasvirlarning ravshanligi kishilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish bilan birga, hayotga kо‘tarinki ruh bilan qarashga, yashashga, bunyodkorlikka chorlagan. Aynan, qadimgi eron san’atida ana shu tamoyil qadimgi Misr, qadimgi Mesopatamiya san’atining keyingi davr badiiy ijodiga о‘z ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmagan. Qadimgi fors madaniyatida chuqur iz qoldirgan “Zardushtiylik”ning muqaddas kitobi “Avesto”ning “Vendidod” kitobida yorug‘likni ifodalovchi ezgulik, qorong‘ulikni ifodalovchi yovuzlikka qarshi qо‘yilganligi ham bejiz emas edi. Aynan zardushtiylik ta’limotidagi ana shu axloqiy-estetik tamoyil keyingi davr Sharq va G‘arb badiiy tafakkuri va ijodiga о‘z ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmagan. Hatto, Yevropa falsafiy tafakkuri, shuningdek, badiiy ijodiga zardushtiylik e’tiqodidagi – ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va о‘lim kabi kо‘plab axloqiy va estetik tamoyillar о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Aynan ana shu omil, kishilarning Eron Ahamoniylar madaniyatiga bо‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirgan. Eronning qadimgi madaniyatini tadqiq etishda Ahamoniylar sulolasi davrining (mil.avv. 558-330 yillar) jamiyatning siyosiy va madaniy hayotini о‘rganishda Eronning mixxatlari asos qilib olingan. Eroniylarning mixxat yozuvlari orasida Kerman shahrining sharqidagi Bexistun qoyasiga о‘yib yozilgan katta xat, shuningdek, Behistun qoyasidagi Doro I, Naqshi Rustam, Bobil va Misr yozuvlari qadimgi Eron madaniyati tо‘g‘risida muayyan ma’lumot beradi. Eronning eng qadimgi poytaxti Persepolda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Eron xalqlarining arxitekturasi, tasviriy san’ati, hunarmandchiligi tо‘g‘risida muayyan tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi eron xalqlarining tosh, sopol buyumlar yasashi, tо‘qimachiligi yuksak darajada rivojlanganligini kо‘rsatadi. Forslar mixxatni isloh qiladilar. Undagi ortiqcha alomatlarni olib tashlab, 42 belgini qoldiradilar. Idora ishlarini olib borishlarida aramey alifbosidan foydalanishadi. Pigment, papirus, sopol parchalari yozuv materiali hisoblangan. Qadimgi Eronda suv muqaddas bо‘lib, Vorukash kо‘li tо‘g‘risidagi tasav-vur suvga e’tiqod qilishning asosiy unsuri hisoblangan. Bundan tashqari qadimgi eroniylar о‘rtasida suv ruhi Apam- Napatga, samoviy oliy xudo Ahura Mazdaga, uning о‘g‘li-olov Atarga (keyinchalik uning о‘rnini Mitra egallaydi), yer, suv va hosildorlik ma’budasi Anaxitaga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Qadimgi Eron madaniyati о‘zining eng gullagan davrini mil.avv. V asr asr boshlarida Doro I davrida boshdan kechirgan. Eron podsholari uchun qurilgan saroylar Osuriya me’morchiligi ta’siri ostida barpo etiladi. Masalan: Persepoldagi shoh saroyi tepalik ustiga qurilgan bо‘lib, unga bо‘rtma suratlar tushirib, bezatilgan keng zinapoyadan chiqib borilgan.. Ulkan darvoza devorlaridan Ahamoniylar davlatiga bо‘ysungan 33 elat urug‘ vakillarining shohga turli xil sovg‘alar olib kelayotganligini tasvirlovchi suratlar tushirilgan. Suratda ularning kiyimlari va etnik qiyofalari aniq detallarda aks ettirilgan. Saroyga 17 metrli tо‘rtta ustun kо‘tarib turuvchi darvoza orqali kirilgan. Darvoza yon tomonlarida odam boshli qanotli hо‘kizlarning haykallari о‘rnatilgan. Shoh qabulxonasining maydoni nihoyatda nafis naqshlar va suratlar hamda haykallar bilan bezatilgan. Ustunlarning muqarnas qismiga muqaddas hо‘kizlarning bosh qismi bilan bezab chiqilgan. Eron arxitekturasining buyuk mо‘jizasi hisoblangan bu saroy Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida yunonlarning g‘alabasi nashidasi sharafiga tashkil etilgan bazm paytida yonib ketgan. Albatta, qadimgi eron san’ati va arxitekturasi taraqqiyotida unga bо‘ysundirilgan kо‘pgina xalqlarning hissalari ham beqiyos bо‘lgan. Masalan, eron podsholarining turli davrlaridagi poytaxtlari – Persepol va Suza shaharlaridagi shoh saroylarining qurilishida unga tobe bо‘lgan Sо‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm, Marg‘iyona, Parfiya va boshqa joylardan kelgan mohir me’morlar, tasviriy san’at ustalari, duradgorlar qatnashganlar. Saroy devorlariga chizilgan suratlarda kо‘proq Mesopatamiya, Old Osiyo tasviriy san’atining uslublari sezilib turgan. Lekin Eronlik san’atkorlar boshqa xalqlar san’atiga ijodiiy yondoshganlar. Ulardan foydalanishda xalqning an’anavii uslublari unitilmagai. Shuningdek, qadimgi Eron madaniyati о‘z navbatida boshqa xalqlar madaniyatiga ta’sir kо‘rsatmasdan qolmagan. Yozuv. Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashagan. Shu tufayli Eron madaniyati xilma-xil va kо‘p qirrali kо‘rinishga ega bо‘lgan. Mil.avv. III ming yilliklardayoq elamliklar 150 belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bо‘lganlar. Mil. avv. XXIII-XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon yozuvidan foydalanganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Ular mil.avv. VI asrda shumer-akkad mixxatini о‘zlashtirib va takomillashtirib 42 belgidan iborat о‘z alifbolarini yaratganlar. Ayni paytda ular aramey yozuvlaridan ham foydalangan. Doro I va uning о‘g‘li Kserks va boshqalar Eron mixsimon xatidan keng foydalangan. Bu jihatdan Doro I ning Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga mixsimon alifboda о‘yib yozilgan katta xatlari muhim ahamiyatga egadir. Adabiyot. Qadimgi eronliklar о‘zlarining boy xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ega bо‘lgan. Ular kо‘plab xalq maqollari. ertaklar, hikoyalar. qо‘shiqlar va yozma adabiyotning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bu jihatdan xalq og‘zak i ijodiyoti bilan sug‘orilgan “Avesto” va Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni alohida ahamiyatga ega. “Avesto” va “Shohnoma”da Eron va Turon xalqlarining qadimgi tarixi, xо‘jaligi, diniy, e’tiqodi va madaniyatining kо‘p tomonlari bayon etilgan. “Shohnoma”ning kо‘p dostonlari о‘z davrining moddiy madaniyatini yaratuvchilari - katta dehqon hikoyalari asosida yaratilgan. Eroniylar mavsumiy, xususan Navrо‘z bayramiga ham alohida e’tibor berganlar. Ahamoniy shohlari davrida Navrо‘z umumdavlat, umumxalq bayramiga aylangan. Navrо‘z bayrami vaqtida Eron shohlari bayramda qatnashish uchun polvonlarni. chavandoz va о‘yinchilarni taklif etganlar. Tasviriy san’at. Tasviriy san’at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik. rassomlik. toshga qabartma (relyefli) rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma’budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba’zan haybatli hayvonlarning haykallarini ishlaganlar. Me’morchilik ham Eronda erta shakllanib, Ahamoniylar davrida rivoj topgan. Me’mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibodatxonalar, harbiy qal’alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino - zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal’asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi. Persepoldagi shoh Doro I saroyi va Kserks saroyi qadimgi Eron me’morchiligining ajoyib namunalaridir. Suzaning Dur-Untash shahridagi mil. avv. XIII asrga oid zikkuratga kiraverishda sher, buqa, grifon, xudo va podshohlarning oltin va kumushdan ishlangan haykallari ham kishini hayratga soladi. Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir. Saroy darvozasiga shoh saroyini qо‘riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan. Saroy devorlari shohga turli xil sovg‘alar olib kelayotgan xiroj tо‘lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan. (Qarang: Kabirov A.Qadimgi Dunyo tarixi. Toshkent.Tafakkur. 2010.247 b) Erondagi Behistun qovasidan Shoh Doro I va turli о‘lkalardan bog‘lab olib kelinayotgan qabila sardorlarining qabartma tasvirlari bugungacha saqlanib keladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy san’atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi. Qadimgi Eronda matematika, astronomiY. tarix, geografiY. tabobat, veterinariya va boshqa bilimlar rivoj topgan edi. Ammo Eron shohlari misrlik va yunon tabiblarini saroylarga tez-tez chorlab turganlar. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh о‘simlik va mevalardan keng foydalangan. Bemorlarni davolashda ilon zahari qо‘llanilgan. “Avesto”da jom va ilon tasviri tabobat ramzi hisoblangan. Xuloca kilib shuni ta’kidlash lozimki, qadimgi Mesopatamiya, Yakin Sharq, Kichik Osiyo va Eron madaniyatlari yaxlit bir organizm sifatida bir biridan quvvat olgan va tо‘ldirib borgan. Ularning diniy e’iqodlari falsafiy tafakkuri, fani, adabiyeti va san’atida bir-biriga о‘xshash jihatlari mavjud bо‘lib, birinchidan, har xil urug‘ va qabilalarning bir-biriga singib ketishi natijasila yirik va qudratli elat, sо‘ngra millat sifatida shakllanishiga ikkinchidan, milliy ruh va milliy qiyefalarning tarkib topishiga uchinchidan, boshqa qо‘shni xalqlarning ishlab chiqarish munosabatlarining, yozuvi, dinii e’tiqodlari, falsafasi, fyani, alabiyoti va san’atining rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan, ularning hozirgi avlodlari tomonidan umumjahon madaniyatining nodir bir qismi sifatida saqlanib qolgan. Suriya va Falastin tog‘li mamlakat bо‘lib, unda yirik daryolar mavjud emas. Bu davlatlarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga mazkur davlatlar hududidan о‘tgan yirik karvon yо‘llari о‘z ta’sirini о‘tkazgan. Suriya va Falastin hududlaridan Mesopatamiyadan Misrga, Arabistondan О‘rta Yer dengizi sohillari va Kichik Osiyoga boradigan karvon yо‘llari о‘tgan. Bu karvon yо‘llari, birinchidan, qadimgi Suriya va Falastinning iqtisodiy yuksalishiga yordam bergan bо‘lsa, ikkinchidan, mehnat qurollari, uy-rо‘zg‘or buyumlari va qurol-yarog‘larning takomillashuviga, uchinchidan, axoli etnik tarkibining turli-tumanligiga olib kelgan. Mil avv VII-IV ming yilliklar oralig‘ida Suriya, Falastin va Fini-kiyada lexkonchilik rivojpangan. Eneolit davriga kelib, baland devorlar bilan о‘rab olingan shahar-davlatlar vujudga keladi. О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlaridagi unumdor yerda joylashgan Ugarit (Finikiyadagi shahar) boshqa hududlarga nisbatan iqtisodiy jixatlan ancha ilgarilab ketgan. Chunki, Ugarit, birinchidan savdo yо‘li ustida joylash- gan bо‘lsa, ikkinchidan, Kipr, Krit-Mikena bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan, uchinchidan esa, rivojlangan dehqonchilik madaniyatiga erishganligi uchun qam iqtisodii jihatdan yuksalgan. Finikiyaliklar eng mashqur kemasoz ham bо‘lganlar. Qadimgi podsholik davridayoq misrliklar kema turlaridan birini – “Bibl kemasi” (Finikiyadagi shahar nomidan olingan)deb ataganlar. “Finikiyaliklar” deb ataluvchi qabilaning kemasoz degan ma’noni anglatishi “Fenexu”sо‘zi-dan kelib chiqqan, degan taxminlar mavjud. Finikiya yozuvining vujudga kelishida Bobil mixxati, va ayniqsa, Misr iyeroglif yozuvi kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Finikiya yezuvida 22 belgi mavjud bо‘lib, uning afzalligi alifbo belgilaridan iboratligi hisob-langan. Yaxudiylar va arameylar о‘zlarining alifbolarini Finikiya alifbosidan olganlar. Arameylar tuzgan alifbo esa, keyinchalik biroz о‘zgartirilgan holda Sharqning uzoq mamlakatlari, jumladan, Hindiston va Markaziy Osiyo hududlarigacha keng tarqalgan. Ayrim manbalarda qadimgi sanskrit, koreya, yapon va boshqa xalqlarning yozuvlari ham ana shu aramey alifbosi asosida vujudga kelgan degan, taxminlar mavjuddir. Keyinchalik, Finikiya yozuvining ta’siri ostida qadimgi yunon alifbosi vujudga keladi. Natijada Finikiya yozuvi butun yevropa yozuvlari uchun asosiy manba bо‘lib xizmat qilgan. Suriyaliklar esa, о‘z yozuvlarini vujudga keltirishda bobilliklarning mixxatini ancha soddalashtirib о‘zlarining 24 belgidan iborat mixxatlarini vujudga keltiradilar. Qadimgi Suriya va Finikiya qabilalarining dinii qarashlari deqqon-chilik e’tiqodi bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Finikiyada xudolarga atab hashamatli ibodatxonalar qurilgan. Xudolar tо‘g‘risida kо‘plab afsonalar yaratilgan. Masalan, afsonada hikoya qilinishicha, о‘luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi Vaalni о‘lim xudosi Mot о‘ldiradi. Vaalning xotini, hosil-dorlik ma’budasi Anat eri uchun о‘ch olib Motni о‘ldiradi.Vaal tiriladi va tabiat uyg‘onadi. Bu afsona hamda о‘luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi e’tiqodlari keyinchalik Suriya va Finikiyada keng tarqalgan Adonis e’tiqodining kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Falastinda yashovchi aholining asosiy qismi eneolit davridan boshlab semit guruhining xanaan qabilasiga mansub bо‘lganlar. Mil.avv.II ming yil-likda Janubi-Sharqdan xabiru qabilasi kо‘chib keladi. Natijada Falastin hududida turli qabilalar ittifoqi vujudga keladi. . Mil.avv. XIII asrga kelib habiru qabilasi orasidan bani Isroil va yaqudiylar ittifoqi ajralib chiqadi. Bu qabilalar dastlab о‘zlarining chorvalari bilan Sinay chо‘llarida kо‘chmanchilik hayot tarzida yashaganlar Misr hududlarida ham bir muncha vaqt istiqomat qiladilar. Rivoyatlarga kо‘ra, bani Isroil qabilasi xudo Yaxve amri bilan Muso payg‘ambar boshchi-ligida Falastin yerlariga qaytadilar. Bani isroilliklar Falastinning kо‘pchilik qismini, ayniqsa, dehqon-chilik va bog‘dorchilikka boy bо‘lgan shimoliy qismlarini egallaydilar. Yahudiylar esa janubiy hududlarda chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Isroil davlatining asoschisi Dovud Quddusni bosib olgach, qurilish ishlariga alohida e’tibor beradi. Mohir ustalarni Finikiyadan taklif filadi. Quddus (Iyerusalim)da xudo Yaxvega atab mahobatli va hashamatli ibodatxona qurdiradi. Bu ibodatxona mil.avv. 586 yili Bobil podshosi Novuxodanosar tomonidan yakson qilingan, ya’ni о‘t qо‘yiladi. Yahudiy adabiyotida nafaqat diniy asarlar asosiy о‘rnini egallagan, balki “Qо‘shiqlar” nomli xalq dostonlari, “Ayyub kitobi” nomli falsafiy asar, “Debora qо‘shig‘i” nomli qahramonlik dostonlari ham mashhur asarlar hisoblangan. Mil.avv.II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlariga kelib Dajla daryosining ikki irmog‘i (Katta Zab va Kichik Zab) hamda Frot daryosining Xabur irmog‘i oralig‘ida harbiy qabila demokratiyasi shaklidagi yangi davlat Assuriya (Osuriya)dvvlati vujudga keladi. Osuriya davlati qadimgi Shumer, Akkad, Bobil, Xett va Misr singari davlatlarning zaiflashuvi davrida maydonga keladi. Miloddan avvalgi I ming yillikning dastlabki choragiga kelib yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatga aylanadi. Va о‘zidan oldin hukm surgan barcha kuchli davlatlarni bо‘ysundiradi. Osuriya davlatining iqtisodiy-madanii jihatdan rivojlanishiga, birinchidan, tabiat boyliklarining kо‘pligi va qulay geografik sharoitga egaligi, ikkinchidan, Eron va Mesopatamiyadan Urartu, Kichik Osiyo va О‘rta Yer dengizi mamlakatlariga boradigan eng maqbul yо‘llar ustida joylashganligi, uchinchidan, dehqonchilik, ayniqsa, don yetishtirish va bog‘dorchilikning taraqqiy etishi о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Qadimgi Osuriya (Ashshur shahri nomidan olingan bо‘lsa kerak)ning Etnik birligi asosan xurriylar va Akkaddan kо‘chib kelgan semit qabilalarining birga qо‘shilishidan vujudga kelgan bо‘lishi mumkin. Chunki Osuriyaliklar Akkad tilining osur shevasida gaplashganlar. Osuriya madaniyati dastlabki davrlada Akkad, Ur, Bobilliklar madaniyati ta’siri ostida shakllangan. Osuriyaliklar mixxatini, diniy e’tiqodlar tizimini (ba’zi xudolarning nomlarini, ularga sig‘inishni, ibodatxona qurilishi uslubini) adabiyot va san’atning xarakterli jihatlarini, ilmiy bilimlarni Mesopatamiyaning qadimgi xalqlaridan olganlar. Ayniksa, Bobil madaniyatining tasiri mil.avv. XIII asr – Osuriya Bobilni bо‘ysundirganidan sо‘ng, yanada kuchayadi. Natijada Bobilliklarning diniy adabiyotlari, dunyoning yaratilishi tо‘g‘risidagi dostonlar, Enlil va Marduk singari xudolarga bag‘ishlangan madhiyalar Osuriyada keng tarqaladi. Shuningdek, Osuriyaliklar uzunlik о‘lchovlari va tarozilarni hamda davlat idorasini tashkil etish va boshqarishni ham bobillikardan о‘zlashtiradilar. Bobil podshosi Nabupalasar mil.avv. 612 yilda bu saroyga о‘t qо‘yganda bu kutubxona saroy vayronalari ostida qolib saqlanib qolgan. Sopol lavhalarga tushirilgan “tavba qasidalari” yoki “kо‘ngilga taskin beruvchi nolalar”da qadimgi muallif boshiga og‘ir musibat tushgan, о‘zini qarib va gunohkor deb hisoblagan kishining g‘am-anduhlarini, ichki ruhiy kechinmalarini mazkur nola-qо‘shiqlarda mohirlik bilan tasvirlab beradi. Birgina ana shu matnlarning о‘zi Osuriya adabiyoti yuksak darajaga kо‘tarila olganligini kо‘rsatadi. Sargon II ning Dur-Sharrukin shahrida joylashgan saroyi Osuriya arxitekturasining noyob yodgorligi hisoblangan. Saroy shumer hukmdorlari saroylari singari baland tepalik ustiga ustiga qurilgan, uning balandligi taxminan 14 metrlar chamasi bо‘lib, 210 ta zal, 30 ta hovlini birlashtirgan. Saroy bezaklarida turli xil bо‘rtma (gorelyefli suratlar), monumental haykallar, turli xil ornament va koshinlardan foydalanilgan. Saroy zallarining devorlariga saroy hayotiga oid ov lavhalari, podshohning harbiy yurishlari, afsonaviy qahramon Gilgameshning jasoratlarini tasvirlovchi suratlar tushirilgan (Qarang. Avdiyev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. T.: 1964 yil. 526-bet) Osuriyada yо‘l qurilishi texnikasi nihoyatda rivojlangan (yо‘l qurilish texnikasini dastlab eronliklar, sо‘ngra rimliklar Osuriyaliklardan olganlar). Yо‘llar nihoyatda obod bо‘lib, muayyan masofaga belgilar qо‘yilgan. Yо‘llarni maxsus soqchilar otryadlari qо‘riqlab turganlar. Ular muhim (tezkor) xabarlarni yetkazish uchun olov signallaridan foydalanishgan. Buning uchun esa, maxsus baland minoralar qurilgan. Osuriyaliklar kо‘priklarni yog‘och hamda toshdan qurishib, Gerodot kо‘rsatib о‘tganidek, temir va qо‘rg‘oshindan foydalanganlar. Rivoyatlarga kо‘rsa, osuriyaliklarning maxsus yо‘lnomalari bо‘lib, unda yо‘l bо‘yidagi manzilgohlarning oraliqlari va bu masofani qancha vaqtda bosib о‘tish mumkinligi kо‘rsatilgan. Birinchi “,injenerlik”(“sapyorlik”) askariy qismlari ham qadimgi Osuriyada paydo bо‘lgan. Ular tog‘lardan yо‘l ochish, kо‘priklar, muntazam qо‘shinlar uchun maxsus manzillar qurish bilan shug‘ullanganlar. Shuningdek, Osuriyada qal’alarni ishg‘ol qiluvchi ,,artilleriya”kurtaklari paydo bо‘lgan. Osuriyaliklar qal’a devorlari yoniga taxtadan yо‘l va qamal qilish quroli о‘rnatish uchun maxsus sо‘rilar yasaganlar. Ular devor buzadigan g‘ildirakli taranlardan foydalanganlar. Bu moslamaning devorni urib ag‘daradigan qismi temir bilan qoplangan va zanjirga osilgan uzun hamda yо‘g‘on yog‘ochdan iborat bо‘lgan. Osilib turgan yog‘ochni askarlar tebratib qal’a devoriga urib, devorni buzganlar. Moslamaning askarlar turadigan qismining tepasi bekitilgan. Bundan tashqari Osuriyaliklar tosh va yonib turgan qatron tо‘ldirilgan og‘zi bekitlgan savatlarni tez yoziladigan qayish tasmalar bilan harakatlanadigan tirsaklar orqali otishgan. Xullas, Qadimgi Osuriya madaniyati qо‘shni davlatlar madaniyatidan kuch olib rivojlangan va ma’lum vaqt ichida Sharq madaniyati an’analarini boyitib keyingi davr Urartu, Eron va boshqa qо‘shni davlatlar madaniyati rivojida muhim rol о‘ynagan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling