Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
-mavzu.Qadimgi yunon madaniyati va san’ati.(2 soat)
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
20-mavzu.Qadimgi yunon madaniyati va san’ati.(2 soat)
Reja: 1.Qadimgi yunon madaniyati rivojining bosqichlari. 2.Qadimgi yunonlarning falsafiy tafakkuri. 3.Qadimgi yunonlarning afsona va rivoyatlari. 4.Qadimgi yunonlarning ilm-fani. Qadimgi yunon san’ati. Madaniyat tarixi, ayniqsa, adabiyot va san’at tarixi bilan qiziquvchi kishilar uchun qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mifologiyasi bilan tanishish о‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, Yevropa Uyg‘onish davridan boshlab ijodkorlar – yozuvchilar, dramaturglar, rassomlar va haykaltaroshlar qadimgi yunonlar va rimliklarning mif (asotir)lari, dramaturgiyasi, badiiy tasvir san’ati, haykaltaroshligi va arxitek-turasidan о‘z asarlari uchun syujet tanlashda keng foydalana boshladilar. Grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan о‘zining ohangrabo qudraitiga ega bо‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Qadimgi yunonlar о‘ta faol, qat’iyatli, serg‘ayrat xalq bо‘lib, garchi unda insonga tahdid soladigan, unga dushman bо‘lgan jonztlar mavjud bо‘lsa-da, real dunyoni bilib olishdan tap tortmaganlar. О‘zini qurshab turgan dunyoni bilib olishga bо‘lgan cheksiz tashnalik noma’lum, kо‘zga kо‘rinmas xavf-xatar oldidagi qо‘rquvdan ustun kelgan. Yunonlar о‘z xudolarinini kishilar timsoliga о‘xshatib yaratarkanlar, antropomorfizmga ancha erta о‘tishgan, ularga gо‘zallik, istagan qiyofaaga kirish san’ati, о‘zgarmas va о‘tkinchi bо‘lmagan sifatlarni, eng asosiysi, umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunonlar о‘z xudolari obrazini yaratarkanlar, ularni odamlarga о‘xshatib, mard, olijanob va rahmdil, lekin gohida zolim, qasoskor va dog‘uli qiyofali qilib yaratganlar. Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib, keyingi davr umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bо‘la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qо‘shni davlatlar, ayniksa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bо‘lgan. Qadimgi yunonlar insoniyatning keyingi taqdirini belgilab bera oladigan hayot yо‘lini kо‘rsatib berganlar. Insoniyat adashib yurgan chakalakzordan yо‘l ochib, pastu-blanadliklardan oshib ravon yо‘lga chiqish yо‘lini kо‘rsatib berganlar. Insoniyatning keyingi taqdirini belgilab beruvchi hayot yо‘lining xilma-xilligi: demokratiya, siyosat, xususiy mulk, inson erkinligi va fuqarolik burchi kabi zamonaviy hayot yо‘lining xilma-xil kо‘rinishlardan iborat bо‘lishi mumkinligini kо‘rsatib berdi. Yunonlar podsholikdan ortga, urug‘-jamoa davriga bir qadam tashlab, demokratik tartib ustunlik qilgan uyushma – polislani yaratishga erishdilar va о‘zini-о‘zi boshqarishning demokratik namunasini hayotda kо‘rsatib berdilar va bu namuna keyinchalik adolatli jamiyatni yaratish ustida о‘ylagan mutafakkirlar uchun о‘rganish obyektiga aylandi. Polis odatda juda kichkina 5-10 ming aholi yashaydigan davlat bо‘lib, uning tarkibiga shahardan tashqari atrofdagi kishloqlar ham kirgan. Eng katta polislar Sparta va Afina polislari bо‘lib, ularda 200 minggach ahali yashagan. Har bir polisni boshqarishda aholining davlatni boshqarish tо‘g‘rsidagi fikri muhim bо‘lgan. Polisning har bir a’zosi (albatta qullardan tashqari) davlatni boshqarishga oid fikrlarini ochiqdan ochiq shahar markazidagi xalq tо‘planadigan joydagi minbarga chiqib aytish imkoniyatiga ega bо‘lganlar. Tarixda ilk bor yunonlarning erkin jamoasida ilmiy tafakkur olamni bilishning usuli sifatida shakllangan, Yunonlar olamga idealistik va materialistik qarashlarning dialektik birligi tarzidagi falsafa fanining asoslarini ishlab chiqanlar. Aynan ular о‘tmish, bugun va kelajakning ahamiyatini anglab, tarix fanini yaratdilar. Etika va psixologiya, geografiya va trigonometriya, fizika va anatomiya kabi kо‘plab fanlarning nafaqat nomi emas, paydo bо‘lishi ham yunonlar bilan bog‘liq.(Qarang: Ergashev SH.Qadimgi sivilizatsiyalar.Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil. 239-240-betlar.) Qadimgi yunonlar insoniyat hayotining ibtidoiy davr, ya’ni tumanlikdan chiqib, yorug‘likka chiqish yо‘lini kо‘rsatib berdilar. Qadimgi yunon madaniyati о‘zining ulug‘vorligi, nafisligi, qamrab olgan kо‘lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratga solib kelmoqda. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga ketirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini kо‘rsatib berdi. Hozirgi zamon san’ati va adabiyotining kо‘pgina tur va janrlari-ning shakllanishiga sabab bо‘lgan. Yunon madaniyati о‘sha davr kishilarining his-tuyg‘ulari, intilishla-ri-yu, orzu umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllan-gan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi xislatlarni madh etishib, pastkashlik, qо‘rqoqlik, sotqinlik kabi illatlarni qoralaganlar. Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday chо‘qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari о‘z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan О‘rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan. Uyg‘onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr (“antik” sо‘zi lotincha sо‘zdan olingan bо‘lib, “qadimgi” degan ma’noni anglatadi) madaniyatidan madad olib butun Yevropani chulg‘ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar. Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari tо‘g‘risida tо‘liqroq tasavvurga ega bо‘lish uchun uni davriylashtirib о‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir tarixiy madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi kо‘zga tashlanadi. Qadimgi yunon madaniyatini о‘rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning madaniy hayoti va ma’naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz. 1.Krit-Mikena yoki Egey madaniyati (mil.avv. III ming yillikdan to mil.avv. XII asrlargacha bо‘lgan davr) 2.Gomer davri madaniyati (mil.avv.XI-VIII asrlar) 3.Arxaika davri madaniyati (mil.avv. VII-VI asrlar) 4.Klassika davri yoki grek demokratiyasi davri madaniyati (mil.avv.V asr IV asrning 40 yillarigacha bо‘lgan davr) 5.Ellinizm davri madaniyati (IV asrning oxiri va I asrlar oralig‘i). Albatta bu davrlar madaniyatining о‘ziga xos jihatlari, rivojlanish qonuniyatlari mavjud bо‘lib, umumjaxon, ayniqsa, Yevropa madaniy taraqqiyotida muxim rol о‘ynaydi. Yuqoridagicha, davriylashtirish shuni kо‘rsatadiki, qadimgi yunon madaniyati uzoq davrlarni bosib о‘tib rivojlangan va insoniyat madaniya-tining umrboqiyligiga aylangan. Qadimgi yunonlar о‘zlaridan keyingi avlodlarga shunday madaniy meros qoldirganlarki, bu madaniy boyliklar minglab yillar о‘tsa-da, о‘z jozibasini, nafisligi-yu, nafosatini hanuzgacha yо‘qotmagan va kо‘rgan kishini beixtiyor xayratlantiradi. Qadimgi yunon madaniyatining yuksalishida Peloponnes yarim oroli О‘rta Yer va Egey dengizlarida joylashgan orollar, shuningdek qadimgi Sharq madaniyatidan baxra olgan Kichik Osiyoning G‘arbiy sohillarida yashagan kо‘pgina qabilalar madaniyati muhim rol о‘ynagan. Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi “Krit-Mikena” yoki Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming yilliklarda juda katta yuksalishga ega bо‘lib, bir muncha sodda kо‘rinishda bо‘lsa-da arxitektura, tasviriy san’at haykaltaroshlik va diniy qarashlarda о‘z aksini topgan. Krit madaniyati mil.avv. III-II ming yilliklarda shakllanish jarayonini boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi xududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Krit orollari va quruqlik-Elladada (Mikena- deb ham yuritiladi) olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan kо‘plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini kо‘rsatadi. Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena”deb atalishiga asosiy sabab, ingliz arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini olib boradi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikenada topilgan madaniy qatlamdan ham kо‘ra qadimiyroq bо‘lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning birinchi о‘n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan kelib chiqib, “Krit-Mikena madaniyati” atamasi ishlatila boshlangan. Taxminan mil.avv. II ming yillikda qurilgan Knos saroyi qoldiqlari qadimgi Kritda arxitektura, tasviriy san’at ancha rivojlanganligini kо‘rsatadi. A.Evansning kо‘rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto tо‘rt qavatli qilib qurilgan. Saroy markazida xalq yig‘inlari о‘tkazilib turiladigan zal mavjud bо‘lgan. Sopol quvurlar orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Saroy binolarining devorlariga о‘simliklar, g‘aroyib hayvonlar suratlari va saroy ahlining hayotini tasvirlovchi rasmlar chizilgan. Krit arxitektorlari yuqoriga kengayib boruvchi ustunlardan ustalik bilan foydalanganlar. Bu esa saroy xonalarining hashamdorligini yanada oshirgan. Kritliklar madaniyati rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri-kritliklar kо‘proq dengizda suzish uchun kо‘plab qayiqlar, sо‘ngra yirik kemalar qurishga majbur bо‘lganlar. Natijada hunarmandchilik yanada rivojlangan. Boshqa tomondan esa ular kemalarda suzishib Shimoliy Afrika, Misr va Old Osiyo hududlari bilan madaniy va savdo aloqalarini о‘rnatganlar. Mazkur aloqalar natijasida kritliklar Sharqning keng rivojlangan madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lganlar. A.Evans qazishmalari natijasida topilgan kо‘plab piktografik va iyeroglif yozuvlar tushirilgan sopol lavhachalar kritliklar о‘z yozuv belgilarini yaratishda mil.avv. III ming yillikda, Shumer, Finikiya, Misrda keng tarqalgan suratli va belgili yozuvlardan foydalanganliklarini kо‘rsatadi. Natijada kritliklar taxminan mil.avv. XVII asrlarga kelib о‘zlarining bо‘g‘in chiziqli yozuvlarini vujudga keltirganlar. Kritliklarning diniy qarashlari bir muncha sodda kо‘rinishda bо‘lgan. Shu sababli ular yirik-yirik ibodatxonalar qurmaganlar. Diniy topinish markazlari kichik-kichik sajdagohlar va mehroblar shaklida bо‘lgan. Ularning dastlabki diniy qarashlari totemistik kо‘rinishda bо‘lgan. Keyinchalik Kritda xudo Zevs tо‘g‘risidagi tasavvurlar vujudga kela borgan. Muayyan davr ichida bu tasavvurlar sistemalashib, turli xil afsona-larning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bir afsonada kо‘rsatilishicha, yunon-larning bosh xudosi, mabudlar ma’budi Zevs Kritda tug‘ilgan. Sо‘ngra Zevs dengiz tо‘lqinlaridan о‘tib Finikiya malikasi gо‘zal Yevropani Kritga olib keladi. Ulardan Kritning eng odil hukmdori Minos tug‘iladi. Mil.avv.II ming yillikdayoq oltin va emaldan mashhur Krit zargarlik buyumlari yasalgan. Kritlik kulollar sopol idishlarni nihoyatda bejirim qilib yasaganlar va ularningtashqi tomonidan о‘simliksimon naqshlar bilan bezaganlar. Shuningdek, kulollar pishiq loydan ma’bud va ma’budalarning, odamlar va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklar davri materlk (quriqlik) uchun ellada davri deb, orollar uchun kiklada davri deb atalgan. Shuningdek, ellada davri mikena davri deb ham yuritilgan. Mikenadagi kо‘plab saroylarning ichki binolari har xil freskalar (devor yuzasiga tushiriladigan rang tasvir surat) bilan bezatilgan. Shuningdek, ayrim suratlarda urush manzaralari tasviri ham uchraydi. Mikena (Tirinf)da joylashgan shoh Atrey maqbarasi arxeologlar tomonidan о‘rganilganida u yerdan oltin vaza, kabutarlarning bо‘rtma suratlari tushirilgan oltin qadah va boshqa buyumlar topilgan. Bu buyumlar Mikena hunarmandchiligi va xalq amaliy san’ati ham nihoyatda rivojlanganligini kо‘rsatadi. Umuman, Krit-Mikena davri madaniyati qadimgi yunon madaniyatining sodda kо‘rinishda rivojlanish bosqichi bо‘lib, keyingi davr arxitektura, tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati va diniy qarashlarining shakllanishiga samarali ta’sir kо‘rsatgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling