Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.17 Mb.
bet49/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

Arxaika davri madaniyati.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya’ni antik quldorlik shahar-davdatlarning shakllanishi hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi.
“Arxaika” sо‘zi grekcha “arxayos” sо‘zidan olingan bо‘lib, “qadimgi” degan ma’noni anglatadi. Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan О‘rta Yerdengizi sohillarida о‘rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlaridagi davlatlar, va ayniqsa Misr madaniyati yutuqlaridan foydalanishib, о‘zlarining takrorlanmas san’at asarlarini yaratadilar.
Bu davrga kelib Gerklarning siyosiy-iqtsodiy va madaniy ta’sir doirasi О‘rta Yer dengizi bо‘ylari, Marmar va Qora dengiz qirg‘oqlarigacha kengayadi. Greklarning vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘usi ustun kela boshlaydi. Shu boisdan, “fanlarning fani” hisoblangan filasafa, diniy e’tiqod va san’ti qayerda bо‘lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda о‘zlarining grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta’sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql jihatidan ustunlik qilishini unutmaganlar.
Qadimgi yunonlar qо‘shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari natijasida о‘zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissini uyg‘ota olganlar. Bu hissiyot natijasida о‘sha davr kishilari aql bovar qila olmaydigan san’atlarini yaratib, bunyodkorlik ishlarini amalg oshirishgan, aqliy-ma’naviy tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-axloqiy tizimni yuzaga keltirganlar.
Greklardagi vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda maktablarni roli beqiyos katta bо‘lgan. Shu boisdan, Gretsiyaning turli shaharlarida maktablar tashkil etilgan. 7 yoshga tо‘lgan har bir о‘g‘il bolaning maktabga qatnashi shishart bо‘lgan. Badavlat kishilarning 18 yoshga tо‘lgan farzandlari gimanaziyalarda о‘qishni davom ettirganlar. Hunarmandlar va dehqonlarning farzandlari о‘qish va yozishni bilish bilan chegaralangan.
Arxaika davrida puxta о‘ylangan arxitektura uslublari vujudga keladi. Bu davr me’morchilik san’ati shaharlarning qurilishi bilan bog‘liq bо‘lgan. Xudo va ilohiylashtirilgan qahramonlarga atab qurilgan ibodatxona oldidagi maydonlar shaharlarning muhim ijtimoiiy markazi hisoblangan. Bu maydonlarda muntazam ravishda xalq yig‘inlari va bayramlar о‘tkazib turilgan. Shaharlarning tepalik (akropol) qismida polis (shahar davat)ning xaloskori hisoblangan ma’budaga atalgan ibodatxona, akropol yonbag‘rida esa turar joy binolari qurilgan. Grek me’morchiligida bir necha order (lotincha “ordo” – “tuzilish”, “tartib” degan ma’nolarni ifodalaydi) ayniqsa, doriy, ioniy korinf orderlaridan foydalanilgan.
Dorny orderi Shimoldan kо‘chib kelgan doriy qabilalari arxitektu-rasining asosiy elementi hisoblaigan. Ioniya orderi esa, kichik Osiyo sohillarida yashagan qabilalar arxitekturasi uslubi hisoblangan.
Ion orderi mil.avv. VII asr oxirlarida paydo bо‘lgan va doriy orderidan о‘zining nafisligi, bejirimligi va hamda tag tomonidan tosh asosga qо‘yilgan tagkursining mavjudligi bilan ajralib turgan. Ion orderida tarnovchali usutnning kapitel (muqarnas) qismini ikki tomonga buralib turgan jingalak sochni eslatuvchi shakl tashkil etgan.
Korinf orderi bir muncha kechroq-klassika davrida paydo bо‘lgan
U ion va doriy orderiga nisbatan jimjimador va kо‘rkam kapiteli akanf daraxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi. Qadimgi yunon arxitekturasining ana shu uchchala orderlari nafaqat antik dunyo arxitek-turasida, balki Uyg‘onish va yangi davr Yevropa me’morchiligida ham keng qо‘llanilgan va rivojlangan.
Taxminan mil.avv. VII asrga kelib grek haykaltaroshligi taraqqiy etadi va unga о‘ziga xos haykaltaroshlikda haykalning bо‘shliqdagi kо‘lami, ya’ni joylanishi, a’zolarining mutanosibligi va harakatning tabiiyligi kabi uch о‘lchovga qat’iy amal qilish asosiy tamoyilga aylanadi. Dastlabki haykallar turli musobaqalar g‘oliblari sharafiga yaratilgan bо‘lib, dastlab stadionlar va gimnasiyalar hovlilariga о‘rnatilgan. Bu davr haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bila birga vokealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar kо‘rsatilgan. Qadimgi yunon pahlovonlari Persey va Gerakllarning qahramonliklariga, xudolar hamda gigantlar jangiga bag‘ishlangan kompozitsiya haykallar ana shu davrda yaratilgan
Greklarning polis-shahar - davlat fuqarosi tо‘g‘risidagi tasavvurlari kiyimsiz holda tasvirlangan kuroslar - yigitlar obrazida namoyon bо‘lgan. Dastalbki yaratilgan kuroslar haykallari kam harakatli va bir muncha qotib qolgan tarzda tasvirlangan bо‘lsa, keyinchalik kuch va jasoratni aks ettiruvchi san’at asariga aylana borgan Gavda, tana, bosh, qо‘l, oyoq nisabatlari tо‘g‘ri olina boshlagan.
Arxaika davri plastikasining kiyimda tasvirlangan qizlar - koralar xaykalida namoyon bо‘ladi. Koralar haykallari о‘zining his-tuyg‘uga boyligi, ayollarga xos latofat, iffat va nazokatni ifoda etganligi bilan ajaralib turgan. Kiyimlarning jimjimali va buklanib turishlari, ularga xamoxang bо‘lgan sochlarning taralishi haykallarning tabiiyligini yanada oshirgan. Kuroslar va koralar haykallariga jamlangan gо‘zallik va ulug‘vorlik qadimgi greklarning axloqiy ideali tо‘g‘risidagi tasavvurlarini ifodalagan.
Qadimgi yunonlar о‘z shaharlari, ibodatxonalari, saroylari va turar-joylarini turli xil haykallar bilan bezashga harakat qilganlar. Haykallarni yog‘och, marmar va bronzadan yasaganlar. Sо‘ngra inson tanasi rangida bо‘yaganlar yoki fil suyagi bilan qoplaganlar. Yunon haykaltarosh-lari birinchi haykalga inson tanasining tabiiy kо‘rinishini berishga a’tibor berganlar.
Mil avv. VII asr oxiri va VI asr boshlarida grek san’atida realistik tasvirga intilish yanada kuchayadi. Tasviriy san’at asarlarida insonparvarlik g‘oyalari kо‘zga tashlana boshlaydi. Insonni ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan takomillashtirish san’atning asosiy maqsadiga aylanadi. Inson obrazining madh etilishi ichki kechinmalarining tashqi qiyofada ifodalanishi qadimgi yunonlar xarakterining shakllanishiga yordam beradi.
Mil. avv. VII asrning boshlariga kelib Ellada tuprog‘ida shaxsiy his-tuyg‘ular va ichki kechinmalarni, sevgi-muhabbat va hayet quvonchlarini ifodalovchi lirik poeziya maydonga kelgan.
Lirik poeziyaning vujudga kelishi Elladaning ijtimoiy-siysiy va iktisodiy hayotidagi tub о‘zgarishlar bilancham barchas bog‘liqdir. “Lirika” sо‘zi о‘sha davr yunon musiqa asboblarining “shohi” deb hisoblanuvchi lira musiqa asbobi nomidan olingandir. Chunki, she’riy asrlar ana shu lira asbobi jо‘rligida deklamatsiya qilingan. Mashhur Arxilox qadimgi yunon lirikasining asosichilaridan biri bо‘lib, keyingi davr lirik asarlarning rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan va she’riy qofiyaga asos solgan. Lirik poeziyaning rivojiga ulkan hissa qо‘shgan mashhur shoira Sapfo esa maktab ochib, yosh qizlarni musiqa, ashula, raqs hamda she’r tо‘qishga о‘rgatadi.
Qadimgi shahar madaniyatining rivojlanishi savdo-sotiq va hunar-
mandchilikning taraqqiy etishiga olib keladi. Shaharda maxcvc bilim va kasb bilan shug‘ullanuvchi kishilar guruhi paydo bо‘lgan Bu guruh vakillari insonni qurshab turgan tashqi dunyo tо‘g‘risida boshqacha fikr yurita boshlaganlar Bu holat mil.avv. VII -VI asrlarga kelib yunon falsafasida yangi bir yangi bir yо‘nalish materialistik falsafaning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bu ilk falsafiy tafakkurlar stixiyali yoki sodda materialistik falsafa hisoblanadi. Sodda materialistik falsafa vakillari tashqi olam, unda joylashgan narsalar va hodisalarning asosiy manbai, kelib chiqish sabablarini aniqlashga intilganlar. О‘zlarining.
falsafiy fikrlarini ilgari surishlarida sharqda mavjud bо‘lgan falsafiy tafakkurga suyanadilar.
Agar dastalbki yunon falsafasining shakllangan geografik о‘rniga e’tibor bersak, u qadimgi Gretsiyada emas, balki uning tasarrufidagi Kichik Osiyo - Ioniyada vujudga kelganligini kо‘ramiz. Ioniya (О‘rta Yer dengizining sharqiy hududpari, hozirgi Turkiyaning О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari) geografik qulay joyda, hunarmandchilik va savdo-sotiq dastlab paydo bо‘lgan hudud hisoblanib, Eron shohlarining Kichik Osiyoni bosib olganlaridan sо‘ng Sharq bilan madaniy-iqtisodiy aloqalari kuchayib ketgan. Natijada Sharq madaniyati, sharq falsafiy tafakkuri Ioniya hududida keng tarqala bordi. Ikkinchi tomondan Ioniya zardushtiylik dini tarqalgan Midiya davlati bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqa qilib turgan. Demak, Eron va Midiyada keng tarqalgan zardushtiylik dini, uning kosmogonik (olamning paydo bо‘lishi va tuzilishi tо‘g‘risidagi) tasavvurlari Ioniyaning madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan Milet va Efes kabi shaharlarida keng tarqalgan bо‘lishi ehtimoldan uzoq emas.
Milet va Efes falsafa maktablarining vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Geraklitlar falsafiy tafakkuri asosida dunyoning moddiy asosi va uni tashkil etuvchi elementlar (unsurlar) tushunchasi markaziy о‘rinni egallaydi. Ularning olamning asosini tashkil etuvchi elementlar-suv (Fales), nomuayyan modda-appeyron (Anaksimandr), havo (Anaksimen), olov ( Geraklit) tо‘g‘risidagi fikrlari zardushtiylik ta’limotida e’zozlangan asosiy elementlar (suv, tuproq, havo va olov) bilan bir xildir.
Milet va Efes falsafa maktablari vakillari sharq falsafiy tafakkuriga asoslanishib, olamning asosi moddiy elementlardan tashkil topganligini isbotlashga harakat qiladilar. Masalan, Milet falsafa maktabining asoschisi astronom, fizik, matematik va faylasuf Fales (mil. avv. 624-574 yillar) suv barcha narsalarning moddiy asosi deb hisoblaydi, ya’ni barcha narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga aylanadi. Shuningdek Fales dunyoning jonli va ilohiyligi tо‘g‘risidagi fikrni ham ilgari suradi. Jonni esa nozik modda - efirdan iborat deb qaraydi.
Anaksimandr (mil. avv. 610-547 yil.) borliqning cheksiz fazoda paydo bо‘lganligini va uning asosi harakatlanuvchi nomuayyan modda apeyrondan tashkil topganligini kо‘rsatib о‘tadi. Uningcha, cheksiz fazoda bizning yerimizga о‘xshash dunyolar kо‘p. Anaksimandr ilgari surgan materialistik fikrlardan yana biri - barcha jonivorlarning namlikdan paydo bо‘lganligi va odamlarning ham hayvonot olami evolyusiyasi natijasida paydo bо‘lganligi tо‘g‘risidagi fikrlaridir.
Maktabning yana bir vakili Anaksimen (mil. avv. 585- 528) bizni qurshab turgan dunyodagi barcha narsalar havoning siyraklanishi (olov paydo bо‘ladi) va zichligi (shamol, bulut tuman suv, yer va boshqa jismlar) natijasida paydo bо‘lganligi tо‘g‘risidagi tasavvurlarni ilgari suradi. Yer havoda turadi, u butun mavjudotga singib boradi. Butun olam havoning quyuqlashuvidan paydo bо‘lgan.
Milet maktabi namoyondalari ruhiy hodisalarni ham materiyaning kо‘rinishlaridan biri deb hisoblaydilar. Shu sababli Fales hatto magnitning joni borligini isbotlashga urinadi. U о‘zining bu fikrini magnitning temir buyumlarni tortib olishi orqali isbotlamoqchi bо‘ladi.
Efes falsafa maktabi asoschisi Geraklit (mil. avv 544-475 yillar) ning fikricha, olamdagi barcha narsalar olovdan paydo bо‘lgan va yana qaytadan olovga aylanadi. Dunyodagi barcha narsalar doimii harakatda, qotib qolgan narsalar yо‘q. Dunyodagi barcha о‘zgarishlar kuch va harakatning bir-biriga qarama-qarshi bо‘lganligi natijasidir. Uning fikricha, olamdagi barcha narsa va hodisalar qarama-qarshiliklardan iborat. Qarama-qashiliklar о‘zaro о‘rin almashib turadi, hamma narsa о‘zgarishda, о‘zgarmay-digan narsa yо‘q. ,,Bir daryoning suviga ikki marta tushib bо‘lmaydi chunki undan doimo yangi-yangi suvlar oqib turadi”,-deb yozadi.
Albatta arxaika davri falsafiy ta’limotlarining vujudga kelishida diniy ta’limotlarning ta’siri ham muhim bо‘lgan. Ioniya falsafa maktablarning vakillari qadimgi yunonlarning xudolari tо‘g‘risidagi tasavvurlaridan, ya’ni har bir xudoning tabiat hodisalari va narsalariga hukmronlik qilishidan kelib chiqqan holda olamning vujudga kelishida xudolarning ishtirok etganligini tan oladilar. Masalan, Fales „tabiatdagi hamma narsalarda xudolarning ishtiroki bor”, deb ta’kidlaydi.
Mil. evv. VI asrga kelib qadimgi Yunonistonda materialistik falsafa bilan bir qatorda idealistik falsafa, ya’ni barcha narsa va hodisalarning asosini ideya (g‘oya)lar tashkil etishini isbotlashga uringan falsafiy oqimlar ham vujudga keladi. Masalan yunon matematika fani asoschisi Pifagor inson tafakkuri hosilasi hisoblangan son (g‘oya)larni barcha narsalarning asosi deb hisoblaidi. Uningcha, tashqi dunyo sonlar dunyosiga asoslanadi
Eley (Kichik Osiyodagi shahar) falsafa maktabi vakillaridan Parmenid borliqni birlamchi deb ta’kidlasa-da, u moddiy emas, deb tushuntiradi. U olamni xarakatsiz, shar shaklida tasavvur qiladi. „Haqiqat ta’limoti” va ,,Fikr ta’limoti” tо‘g‘risidagi falsafiy fikrlar Parmenid falsafasining asosini tashkil etadi. Uningcha, „Haqiqat ta’limoti” hisoblangan haqiqiy borliq yagona, abadiy, harakatsiz, bо‘linmas bо‘lib, ,,Fikr ta’limoti” natijasida paydo bо‘ladi va undan о‘tib turadi. ,,Fikr ta’limoti”gina harakatlanadi, qismlarga bо‘linadi, bir-biridan ajratilgan qismlardan iboratdir. Parmenid о‘zining bu fikrlari bilan insonning о‘z his-tuyg‘ulari va aqli orqali ish yuritishiga alohida e’tibor beradi.
Umuman olganda, arxaika davri falsafiy tafakkuri keyingi davr yunon falsafasi, ayniqsa, Demokrit, Platon, Aristotel, Epikurlarning falsafiy ta’limotlariga kuchli ta’sir kо‘rsatgan.
Xulosa qilib aytganda, arxaika davri ijodkorlarining dunyoqarashi ruxiy holatlari, his-tuyg‘ulari va kechinmalarini, hatto, ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiruvchi falsafiy tafakkur, san’at va adabiyotning yangidan-yangi yо‘nalishlarining shakllanishiga turtki beradi. Birgina diniy dunyoqarashning sistemalashuvi о‘ziga xos ilmiy dunyoqarash - materalistik dunyoqarashning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu esa о‘z navbatida qadimgi yunon fani asoslarining shakllanishi va taraqqiy
etishiga kuchli turtki berdi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling