Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
Ellinizm davri madaniyati
Miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya podshohi Aleksandr Makedonskiy yunon tuprog‘ini zabt etib, ellin xalqidan tashkil topgan yirik qо‘shin bilan Sharq mamlakatlariga qarshi urush boshlaydi. Tez orada eron shohi Doro III ni mag‘lubiyatga uchratadi. Aleksandr Makedonskiy о‘zining istilochilik yurishlarini davom ettirib, Hindiston chegaralarigacha bо‘lgan ulkan hududlarni, shu jumladan Markaziy Osiyoning kо‘pgina joylarini bosib olib о‘zining ulkan imperiyasi tarkibiga kiritadi. Mazkur imperiya tarkibiga kiruvchi xalqlarning yagona madaniyati va madaniy hayoti keyinchalik ellinistik madaniyat nomi bilan atalgan. Ellinistik davr о‘z ichiga mil.avv. III-I asrlarni qamrab olgan bо‘lib, bu davr madaniyatining xarakterli jihati uning grekcha tus olganligi edi. Mil.avv.1 asrga kelib greklar о‘rtasida yangi dunyoqarash paydo bо‘ladi va ellinizm davriga kelib keng kо‘lamda tarqala boshlaydi. Keyinchalik bu dunyoqarash falsafiy shaklga kiradi. Bu dunyoqarash ,,kosmopolitizm” (rp.,,kosmoplites) -,,dunyo grajdani’” degan ma’noni anglatadi)deb nomlanib, turli hududlarni о‘zining vatani yoki turli davlatlar manfaatlarini о‘z manfaatlari sifatida qarovchi grajdanlar ,,kosmopoliteslar”deb atalgan. Kosmopolitizm hukmron sinf mafkurasining muhim belgisi bо‘lib u butun ellinistik dunyoga yoyilib ketgan nisbatan oz sonli ellinlarning yoki ellinlashgan hukmron sinflarning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Turli xalqlar ustidan qilinadigan hukmronlik bora-bora ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga, sо‘ngra buyuk imperiyaning parchalanishiga olib keladi. A.Makedonskiy о‘limidan sо‘ng (mil.avv.323 yil) buyuk imperiya parchalanib ketadi. Bu esa jamiyatda turli xil ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga sabab bо‘ladi. Siyosiy va ijtimoiy huquqlarning barbod bо‘lishi, maslaksizlikning kuchayishi, vatanparvarlikning sо‘nishiga olib keladi. Bu ijtimoiy о‘zgarishlar natijasida paydo bо‘lgan siyosiy loqaydlik beparvolik va umidsizlik kayfiyatlari kiniklar, stoiklar va epikurchilik kabi falsafiy oqimlarning vujudga kelishiga olib keladi. Kiniklar mil.avv. IV asrda qadimgi Yunonistonda sokratchilar maktabining vakillari sifatida vujudga kelgan falsafiy oqimdir. Kiniklar deganda asosan mil.avv.435-370 yillarda yashab ijod etgan Sokrotning shogirdi bо‘lgan Antisfenning izdoshlari hisoblangan fayla-suflar tushunilgan. Kiniklar Sokrat maktabini yanada rivojlantiradilar va faqat ayrimlik haqidagi bilimnigina haqiqat hisoblaydilar. Ular Platonning ideyalar, ya’ni mustaqil suratda mavjud bо‘lgan umumiy tushun-chalari haqidagi ta’limotini tanqid qiladilar va faqat ayrim narsalar-ning mavjudligini tasdiqlaganlar. Ular ijtimoiy meyorlarga nafrat bilan qarashni, bilimdon, shon-shuhratdan va barcha hissiy qoniqishlardan voz kechishni baxt deb hisoblaydilar. Stoiklar falsafasi esa kо‘p jihatdan Epikur falsafasiga yaqin turadi. Bu oqimga asos solgan Zenon (mil.avv.335-265 yillar) о‘zining mashg‘ulotlarini Afinadagi peshayvon taxlit binoda о‘tkazgan. Yunoncha ,,stoya”sо‘zi ,,peshayvon”ma’nosini anglatadi. ,,Stoya”sо‘zi keyinchalik mazkur oqimning nomiga aylanib qolgan. Stoiklar asosan, shafqat, sahovat g‘oyala-rini targ‘ib qilganlar. Ularning fikriga kо‘ra odam bolasi ehtiroslarning ta’sirini yengib, takdirning izmi, tabiat qonunlari asosida ma’naviy erkin hayot kechirmog‘i zarur. Insonning baxt-soadati uning ruhiy holatla-riga bog‘liqdir. Tashqi dunyo ikir-chikirlariga parvo qilmasdan, qalb amriga quloq solib yashagan kishiga hayotning alam-sitamlari, hatto qullikning qismatlari kor qilmaydi, hech qanday musibatlar uning shaxsiy erkinligini, ruhiy halovatlarini buza olmaydi. Ruhiy erkinlikni boy bermasdan, hayvoniy ehtiroslarga qul bо‘lmaslik uchun har bir odam turmushning shodliklarini ham xо‘rlik, qashshoqlik va xastalik alamlarini beparvolik bilan tortmog‘i zarur. (Qarang: Alimuhamedov A. Kо‘rsatilgan asar. 219-220-betlar.) Stoiklar barcha narsalarni, shu jumladan fikr, sо‘z, olov kabilarni jism deb ataydilar. Ular butun olamni uzluksiz rivojlanib turadigan olov deb hisoblaydilar. Ularning tasavvuriga kо‘ra, koinot olovdan paydo bо‘lgan va keyinchalik ham uni olov yutadi va yana qayta boshdan olovdan vujudga keladi.Qaytadan paydo bо‘lgan koinotda ilgari mavjud bо‘lgan narsalar qaytadan takrorlanadi. Olamda yuz berib turadigan barcha narsalar qonuniy va zaruriy holatda rо‘y berib turadi. Stoiklar bu qonuniyatlarni taqdir va qismat deb ataydilar. Epikurchilik falsafiy ta’limoti ham ellinistik davr falsafiy ta’limoti sifatida keng tarqalgan. Uning asoschisi Epikur (mil.avv. 341-272 yillar) koinotning mohiyati va qonuniyatlarini Demokritning atomistik nazariyasiga asoslangan holda izohlaydi. Epikur koinotni bо‘shliqda harakatlanuvchi behisob atomlarning birga qshilishidan iborat deb tushungan. Epikurning ta’limotiga kо‘ra, odamlar ham barcha mavjudotlar kabi atomlarning bir-biriga qо‘shiluvi natijasidir. Shu boisdan ham odamda ruh mavjuddir. Odamlarda ruh mavjud bо‘lganligi bois uzluksiz rivojlanib turadigan tashqi dunyoni bilib boradilar. Inson sezgilari mazkur olamni tо‘la va ishonarli tarzda qabul qiladi. Sezgilarning yig‘ilishi natijasida insonda umumiy tushunchalar hosil bо‘ladi. Ellinizm davri madaniyatining asosiy jihatlaridan biri yunonlarning ilk bor Sharq madaniyati bilan chuqurroq tanishishlari va о‘z tafakkur doirasini yanada rivojlantirib, fan taraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatganliklaridir. Bu davrda yashagan olimlardan Evklid va Arximed matematika ilmini, Aristarx va Gipparxlar astranomiyani, Erotasfen geografiyani yuqori darajaga kо‘tarib, jahon ilm-fanining kelgusi taraqqiyotiga keng yо‘l ochib berdilar. Shuningdek, bu davrda mexanika, optika, tabobat, botanika kabi bir qator fanlar ham ulkan yutuqlarga erishadi. Albatta, fan taraqqiyotiga о‘sha davrning ayrim hukmdorlari ham о‘zlari tomonidan yaartib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan ulkan hissa qо‘shadilar. Masalan, Misrda hukmdorlik qilgan Ptolemey hukmdorlari Aleksandriya shahrida hozirgi zamon fanlar akademiyasiga о‘xshash maxsus ilmiy markaz – “muzey”, ya’ni muzalar (homiy farishtalar) koshonasini talkil qiladi. Ellinistik dunyoning turli burchaklaridan chaqirilgan olimlar mazkur markazda ma’ruzalar о‘qib, laboratoriyalarda turli xil tajriba ishlarini olib borganlar. Muzey huzuridagi ulkan kutubxonada о‘sha davrning eng nodir qо‘lyozmalari saqlangan. Iskandariya olimlari matematika, tabiiyot va texnika fanlari sohasida ham ulkan yutuqlarga erishadilar. Mashhur matematik Yevklid (mil.avv.III asr)о‘zining ,,Negizlar”nomli asari orqali matematika va geometriyaning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatgan bо‘lsa, Museyon (muzey) kutubxonachisi Erotasfen (mil.avv.272-208 yillar) esa, yer shari aylanasining uzunligini kо‘p darajada aniqlik bilan hisoblab chiqib, geografiyaning fizika-matematika asoslarini yaratadi. „Geografiya” terminini ham birinchi bо‘lib Erotasfen qо‘llagan. Ellinistik dunyo madaniyatining rivojida nafaqat Aleksandriya shahri muhim rol о‘ynagan, balki Orantdagi Pergam va Antioxiya kabi shaharlar ham fan va madaniyatningyuksalishiga о‘z hissasini qо‘sha olgan. Ellinistik dunyoning kо‘zga kо‘ringan olimlaridan Teofrast Afina shahrining, Arximed Sirakuza shahrining dong‘ini atrof javonibga tarata olishgan. Injener-ixtirochi hisoblangan Arximed nazariy mexanikaning, gidrostatika-ning, sferik geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratib bergan. Shuning uchun Arximed katta sonlarni hisoblab chiqishning arifmetik uslublarini takomillashtiradi va oliy matematikaning hisoblash uslublarini yaratishda dastlabki ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. U Misrda dalalarni sug‘orish uchun chig‘iriq - Arximed parragini yasaydi. Quldorlik jamiyati sharoitida texnikaning yuksalishi ellinistik madaniyatining yana bir xususiyati edi. Qadimgi Sharq va qadimgi yunonlar tajribasiga suyanish mehnat qurollari, hunarmandchilik va hayvon kuchi bilan xarakatlanuvchi nomurakkab mexanizmlarning takomillashuviga olib keladi. Harbiy va binokorlik texnikasida katta yutuqlarga erishiladi. Ellinizm davri san’atiga tо‘xtaladigan bо‘lsak, bu davr hukmdorlari о‘zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san’at namunalari bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu davrda san’atning yangidan-yangi janrlari yuzaga kelib, Park- bog‘ san’ati bilan bog‘liq bо‘lgan dekorativ haykaltaroshlik keng tarqaladi. Ijtimoiy binolar, teatr, hukmdorlarning saroy va qasrlari, turli park va bog‘lar, sport maydonlari va savdo markaz-lari vujudga keladi hamda ular о‘zining serhashamligi va serfayzligi bilan ajrapib turadi. Bu davr me’morlari devorga yopishib turgan ustun va yarim ustunlardan binoni bezash maqsadida foydalana boshlaydilar. Qadimgi Gretsiyada ibodatxona shahar markazi rolini о‘ynagan bо‘lsa, endilikda katta ma’muriy bino oldidagi maydon yoki savdo uchun mо‘ljallangan maydonlarga alohida e’tibor berila boshlanadi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yeropa madaniyatining bir-biri bilan bog‘lab turuvchi antik davr yunon madaniyati о‘z ahamiyati jihatidan umuminsoniy madaniyatning bir bо‘lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti uchun zamin bо‘lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va uning hodisa hamda voqealariga yangicha ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi kо‘pgina Yevropa xalqlari yozuvining shakllanishiga asos bо‘lib xizmat qildi. Uchinchidan, qadimgi gresiya teatr va dramaturgiyaning vatani hisoblanadi. Turtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san’ati keyingi davrlar san’atining umumtaraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar о‘rtasidagi dо‘stlik aloqalarini о‘rnatishda muhim rol о‘ynayotgan Olimpiada о‘yinlari ham dastlab ana shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, astranomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan erishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali ta’sir kо‘rsatgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling